Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarishi – fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning oʻz manfaatlardan, rivojlanishining tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Fuqarolarning yigʻinlari
“shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
Xozirgi kunda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish davr talabi hisoblanadi. Bizning mamlakatimiz ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq demokratik davlat barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish ga asoslangan mustaqil taroqqiyot yo’lini tanladi. Bu borada “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyiliga ogʻishmay amal qilinishi fuqarolik jamiyati institutlari- ning samarali faoliyat yuritishiga imkon berdi.
Muhtaram Yurtboshimizning oʻtgan yil 12 noyabrda boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakati- mizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” nomli maʼruzasida istiqlol yillarida sohada erishgan yutuqlar sarhisobi asosida fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida yangi vazifalar belgilab berildi
Prezidentimizning “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid ilgari surgan tashabbusi fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy hamkorligini kuchaytirish, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining joylarda ijtimoiy dasturlarni bajarishdagi hamda davlat va jamiyat qurilishiga oid muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

istiqlolning dastlabki yillarida mahallaga ikki vazifani amalga oshirish boʻyicha huquqiy vakolat berilgan boʻlsa, bugungi kunda davlat hokimiyatining mahalliy organlaridan 30 dan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatli vazifalar ular vakolatiga berildi.
Masalan, ijtimoiy masalalarni hal etish, kommunal-xoʻjalik ishlarini hal qilishda amaliy koʻmak berish, oilani mustahkamlash va uning farovonligi masalalarini hal etish orqali mahalla oʻz hududida tinchlik osoyishtalikni taʼminlaydi. Yarashtiruv komissiyasi, «Mahalla posboni» kabi samarali mexanizmlar- dan foydalanish ijobiy natijalar bermoqda.
2022-yil: Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili
Xozirgi kunda Prezdentimiz ham Mahallaga juda katta e’tobor qaratmoqdalar. Jumladan 2022-yilni ham “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” deb nomladilar. Xatto shundan ham ko’rinib turibdiki mahlla davlat uchun qanchalik kerak va zarurligi