•Agar u sizni kech bo`lganda uyiga taklif qilsa yugirib ketmang
•Kasallik darajasiga yetgan yomon odatlari bor erkak bilan uchrashmang. Unga yordam
beraman den homtama bo`lmang, giyohvandlik yoki aroqho`rlik botqog`idan olib
chiqaman deb urinmang. O`z muammolarini o`zi hal qilsin. O`z tanansiga to`gri
munosabat qilolmagan erkak sizga ham yahshi munosabatda bo`lolmaydi.
•Rossa istasangiz ham haftada bir martadan ortiq unga qo`ng`iroq qilmang.
Avtojavobbergichiga uzundan uzoq hisisyotlarga to`la
dil izhorlari qoldirmang,balki
qisqa va do`stona gapiring.
• Elektron pochtasiga ham haftada bittadan ortiq hat jo`natmang. “Hissiyotlar”,
“munosabatlar”, sizda nima “yo`qligi” sizga nima “kerakligi” haqida yozmang. Bordiyu
u sizga hat yozib qolsa javob berishga hovriqmay hech bo`lmasa o`ttiz sekund sabr
qiling.
•Uni deb ovqatdan, uyqudan yoki jismoniy mashg`ulotlardan voz kechmang. Odatdagi
kun tartibingizni ushlang. Agar u siz unga ajrata olishingiz mumkin bo`lgan vaqtdan
ko`proq siz bilan birga bo`lmoqchi bo`lmasa uni o`z mashg`ulotlaringizga taklif qiling.
Masalan itingizni aylantirish yoki dam olish kunlari velosiped uchish kabi.
•Uni sog`inganingiz uchungina ohirgi daqiqada belgilangan uchrashuvga rozi bo`lmang
•Hovli atrofida maqsadsiz tentiramang, har besh daqiqada hat kelmadimi deb
pochtaga yugurmang,unga kuniga ming martalab qo`ng`iroq qilmang. Biroz tin oling,
dush yoki
vanna qabul qiling,ovqatlaning va tinchlaning. O`z ritmingizga mutanosib
yashang. U sizni o`z shahsiy hayotingiz borligi va undan mamnun ekaningizni bilishi
kerak.
•agar siz u bilan gaplashayotgan bo`lsangizu eshik qo`ng`irog`I jiringlab qolsa hecham :
“trubkani qo`ymay tur, bilaychi kim ekan undan tezroq qutulishga harakat qilaman”
demang. Unga qo`ng`iroq qilganingizda o`tgan kuningizni bittalab hisobini bermang.
•Undan mehrni tilab olmang, talab ham qilmang. Agar sevgingiz javobsiz
qolishini his
etsangiz uni izhor qilib yurmang. Agar sizga e`tibor qilmayotgan bo`lsa
diqqatini
torataman deb aylanib o`rgilavermang.
•Telefonni quliga aylanmang. Avtojavobbergichdagi uni habarlarini qayta qayta
aylantirib dugonalaringiz bilan tahlil qilib yurmang. Undan ko`ra
quyidagi savollarga
javob bering. U sizni hayotingizni to`ldirayaptimi? U bilan o`zingizni yahshi his
qilasizmi? Agar yo`q bo`lsa undan kelgan barcha habarlarni belgilab “delete” tugmasini
bosing va uni o`zini ham hayotingizdan o`chirib tashlang.
•Birinchi uchrashuvdan keyinoq telefon raqamini yod olmang. Unga qo`ng`iroq qilib
keyin bosib qo`ymang. Siz ekaningizni u juda yahshi biladi.
•Agar uni kayfiyati yo`qroq bo`lsa, uzr so`ranggu undan nari keting va o`z
yumushlaringiz bilan mashg`ul bo`ling.
• Asosiy diqqatni o`z hayotingizga qarating. Shundagina uning nazdida mag`rur
ko`rinasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: