Oddiy misol. Siz u bilan ko`proq vaqt o`tkazish uchun dam olish kunlari
biror joyga
borishni taklif etdingiz. U esa “Yo`q iloji yo`q. Men ishlashim kerak” deb javob beradi.
Odatda siz shu paytda “yetarli vaqt ajratmayapsan” deb arralashni boshlaysiz.
U ham
sizdan aynan shuni kutadi. Endi siz boshqacha yo`l tuting, shunda siz
uni haqiqiy
qiziqish va e`tiborini tortasiz.
Agar siz osongina u bilan vaqt o`tkazish fikridan qaytsangiz u havotirga tushib qoladi.
Ko`pchilik erkaklar ayollarning “qaniydi u bilan doimo birga bo`lsam” deb orzu
qilishini istashadi. Sizdagi bu o`zgarishni ko`rib u havotirga tushadi. Agar
siz hammasini
tushuntirib o`tirmay, go`yiki unutib yuborgandek o`zingizni ko`rsatsangiz, u o`ylab
qoladi: “Meni bu gaplarim uni asabini buzishi kerak edi, u nega bunchalik hotirjam”
Sizni hotirjalmligingiz uni battar
shubhaga soladi, haliyam “uniki” ekaningizga
shubhalanib qoladi. Agar shunga loyiq bo`lsayyu ayol uni arralamasa, nima bo`lganini
tushuna olmagani uchun erkak havotirga tushadi.
Aytaylik u siz bilan haftada ikki martta uchrashadi, dam olish kunlari
esa uni shahsiy
ishlari bor. Ayrim hollarda dam olish kunlarini birga o`tkazish sizga nasib bo`ladi,
qolgan vaqtlarda esa u do`stlari bilan birga vaqt o`tkazish uchun sizni tashlab ketadi.
Uni shunday shartlariga ko`nishni va shunig uchun ham o`zingizni ahmoqdek his
etishni hecham hohlamasdingiz.
Endi unga qulay bo`lgan munosabat meyorlarini hech qanday tushuntirish,
ogohlantirishlarsiz o`zgartirasiz. Siz ham u ishlatgan usuldan foydalaning. U
hohlaganidan ko`ra ikki martta kamroq uchrashing. “ Sen bilan uchrashishni judaym
hohlardim. Ammo seshanba kuni biram ishim ko`p keyin esa sportzalga borish kerak.
Men judaym charchaganman kelasi hafta uchrasha qolamiz.” Shu ikki og`iz gap
bilan
bir umr arralagan va zorlanganingiz bilan erisha olmagan narsalaringizga erishasiz. Siz
so`na boshlagan cho`g`ni bir zumda alangalatib yuborasiz.
Ikkinchidan esa u bir hillikdan va uni o`zgartirishga urinish fikridan tiyiling. U siz bilan
uchrashmaslik uchun bahona qidirish o`rniga birga vaqt o`tkazish uchun biror
qiziqarli
mashg`ulot topishga urinadi.Shundagina siz u bilan uchrashishni yana hohlab
qolishingiz uchun. Ayolga erishish mushkul bo`lganida ,u bilan vaqt o`tkazish uchungina
erkak hamma ishni qiladi.
Istalgan to`tiqush o`rgatuvchidan qushlarni qanday qo`lga o`rgatishni so`rasangiz, u
eng avvalo qush o`tiradigan tayoqchani yelkangiz balandligida ilishingizni aytadi. Hech
qanqasiga tayoqchani o`zingizdan balandga ilmang,yo`qsa to`tiqush o`zini sizdan
afzalman deb o`ylab qoladi. U sizni qanchalik sevishidan qatiy nazar boshini silash
uchun uzatgan barmog`ngizni tishlab oladi. Erkaklar ham o`zlarini huddi shunday
tutishadi.Bordiyu qushchani yerga qo`ysangiz u o`zini juda zaif sezadi. Qush
o`rgatuvchilar uni o`rtada ushlashni maslahat berishadi. Agar barmog`ingizni tortib
olsangiz u nafaqat tishlamaydi balki sizga ergashadi va yelkangizga qo`nishni istab
qoladi. Agar yoringiz o`zini huddi sizdan afzalroqdek tutayotgan bo`lsa, darrov uni
yerga tushiring shunda munosabatdagi yo`qotilgan muvozanatni tiklaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: