Maftunkorlik omili №54
Munosabatingizda turgunlik paydo bo`lganda u sizni huddi onasidek yahshi ko`radi.
Demak u hademay sizga tabiy holdek qarashni boshlaydi.
Do`konda navbatda turganingizda bolasi izmidan chiqmaydigan onalarga ahamiyat
bering. Ular bolaga nimalarnidir uqtiravermaydi,urishvermaydi, bitta gap yoki ma`noli
qarashni o`zi kifoya. Bola bunday onani hurmat qiladi, chunki kelasi daqiqada nima
bo`lishini bilmaydi, natijada u o`zini risoladagidek tutadi. Erkak sizga qanday
munosabatda bo`lishini tushuntirib qoyish uchun gap soz mutlaqo kerak emas. Oddiy
sukut yoki o`zni chetga olishni o`zi yetarli.
Ayrim holalarda mahbuba rolida yosh bolaga to`gri keladigan shartlar qo`yishingizga
to`gri keladi. Nega? Chunki sizni sevgilingiz erkak. Va har bir erkak ichida uch yashar
go`dak yashaydi.
Biz bu bobda ta`kidlayotgan sizni hatti haraktlaringizdagi o`zgarishlar hotirjam, jozibali
va har jihatdan maftunkor bo`lishingiz imkonini beradi. Muhimi unga ona bo`lishni
yig`ishtirib sekin asta haqiqiy mahbubaga aylanish.
Erkakalar yorga bo`lgan muhabbati bilan onaga bo`lgan mehrini hecham bog`lay
olishmaydi. Bu borada ehtiyot bo`ling. Unga mahbubaligingizni saqlab qolaman
desangiz uni hecham bo`shashishiga, bamaylihotir bo`lishiga imkon bermang. Bunday
munosabat uni sizga bo`lgan qiziqishini oshiradi va usizni ta`qib qilishda davom etadi.
Sizni unga ona bo`lganingizdan ko`ra sevgilisi bo`lishingiz ko`proq yoqadi. Ha unga
divanda yotish yoqadi chunki u qulay. Ammo unga sizni ona bo`lib olishingiz yoqmaydi
aks holda u o`z sevgilisini yo`qotadida.
Siz bunday hatti harakatni shaklantirishingiz va shunday muvozanatni topishingiz
kerakki u sizni bir umr izingizdan qolmasin. Erkak tabiatan ovchi. U yahshi qizdan
mustahkam, ishonchli onalarcha mehrni olganda uning seksual mayllari pasayadi. U
hecham onasini ta`qib etmaydi. Yahshi qiz unga mehr va sadoqat ko`rsatish bilan,
munosabatni zerikarli va odatiy turmushga aylantiradi. Ayollar ko`pincha erkaklarga
bo`ysinish va sadoqatli ekanliklarini isbot qilish bilan ularni ko`ngliga yo`l topmoqchi
bo`lishadi. Ammo yomon qiz usiz ham bemalol kunini ko`ra olishini bildirish bilan
erkaklar ko`nglini osongina zabt etadi.Bu yomon qizning eng asosiy jihati. Ogoh
bo`ling, erkak sizni huddi tabiy holdek qabul qilishiga, hurmat va pisand qilmasligiga
yo`l qo`ymang. Keling hamasini boshidan boshlaymiz.
Retsept:Erkakka do`stdek munosabatda bo`ling.
Yoringiz bilan endi tanishgan paytlaringizga qaytamiz. U vaqtlar siz bunday arra emas
edingiz. Unda siz do`stona munosabtda edingiz. Ikkovingiz ham hotirjam quvnoq va
birga o`tkazgan vaqtlaringiz juda maroqli edi.Erkak siz uchun hali olamingiz markaziga
aylanib ulgurmagandi. Shunda hammasi yengil edi.
SIz uni arralay boshlashingiz bilan unga :Men seni har bosgan qadamingni bilib
yuribman” Shu sababli faqatgina shu sababli sizni arralashingiz unga berilgan mukofot.
Chunki sizni onalarcha koyishingiz bu unga g`amho`rlik qilishingiz va o`zingizni fido
qililayotganingizdan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |