Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

Pullar va boshqa hech narsa. 
Tadqiqotim  mobaynida  erkaklar  uchrashuvda  qancha  pul  sarflashlari  haqida  o`ylab 
o`tirmasliklarini  aniqlab    hayron  qoldim.  Ularni    e`tiborini  qaratadigan  narsa  ayol 
erkakka pull to`lash huquqini berayptimi yoki uni burchi deb hisoblayaptimi.  
Agar  erkakdan  qandaydir  majburiyatini    bajarishini    kutayotgan  bo`lsangiz,  u  o`z  sayi 
harakatini      qadrlanmaganidek  his  etadi.  Agar  u  to`lasa,    shunday  qilinki  siz  bunga 
e`tibor berganingizni va uni bu harakatini qadrlashingizni tushunsin. 
Ayollar  tomonidan  minnatdorchilikning  yo`qligi  va    komili  ishonch  bilan  uni  to`lashga 
majbur deb hisoblashlari g`azabni qo`zg`atishini  erkaklar bot bot ta`kidlashdi. Shunday 
ayollar  ham  borki  erning  tug`ilgan  kuniga  restoranga  borib  va  jimgina  o`zi  to`lashini 
kutib  turishadi.  Ko`pchilik  erkaklar  tug`ilgan  kunlarida  va  boshqa  bayramlarida 
ayollarini  hamma narsaga o`ziga pul to`latganlarini alam bilan hikoya qilib berishdi.  
Bir  ayol  esa  erni  tug`ilgan  kuniga  anchagina  mehmon  aytib  va  tug`ilgan  kun  egasini 
hisobni  to`lashini  kutdi.  Ofitsiant  hisobni  olib  keldi  mehmonlar  karmoniga  qo`l 
uzatganda  ayol  hammani  to`htatib  “yo`q  kerak  emas,  Mark  hamma  uchun  to`laydi” 
dedi. (Bu gap Markni juda hursand qildi deb bo`lmaydi).Bu erni yerga urish edi. 
Gullar  va  sovg`alar  bilan  ham  huddi  shunday  bo`ladi.  Sovg`alardan  quvonasizmi? 
Minnatdorchilik  bildirasizmi?  Yoki  ming`irlabqilib  rahmat  aytib  gullarni  suvli  bankaga 
tiqasizmi?  Agar  yoringiz    supermarketda  arzon  biroz  uringan  gul  olib  kelgan  bo`lsa, 
burningizni jiyirmang. Kulib minatdorchilik bildirib uni suvga solib qoying.  
Agar u sizga biror narsa sovg`a qilsa, do`konga qaytib borib boshqa tuzukroq narsaga 
almashtirib  kelishini  buyurmang.  Bordiyu  shunday  qilsangiz  siz  ortiq  etibor  kutib 
yurmang.Agar  qo`lingizdan  kelsa  uni  boshqa  o`hshashiga  almashtiring  va  yoringizga 
o`sha o`zi sovg`a qilgani ekaniga ishontiring. 


Agar  yoringiz  sizga  qimmatbaho  taqinchoq  sovg`a  qilishini  istasangiz  uni  bu  fikrga 
bosqichma  bosqich  va  kishi  bilmas  qilib  olib  boring.  Agar  sizda  sobiq    eringiz  yoki 
qaylig`ingiz sovg`a qilgan tilla taqinchoq bor bo`lsa uni hozirgisiga aytib yurmang. 
Minnatdorchilik  erkaklar  uchun  juda  muhim.  Hatto  meni  bir  tanishim  o`zi 
uchrashadigan qiziga sovg`a berganida uni minnatdorligini his qilmagani uchun u bilan 
uchrashishni  to`htatgan.  Jon  o`zi  uchrashadigan  qizi  Keytni  uyidaligida,  qiz  undan 
televizorni  boshqa  honaga  olib  chiqib  berishini  so`radi.  Bu  televizor  Keyt  uchun  juda 
qadrli edi chunki uni  marhum otasi sovga qilgandi. Shunda Jon behosdan televezorni 
tushirib yubordi va u sindi. Mana keyin nima bo`ldi. : “Men o`zimni judayam yomon his 
qildim.    Shuning  uchun  ham  darrov  do`konga  borib  ikki  yarim  ming  dollarga  sterio 
ovozli  ajoyib  televizor  va  ko`ngilochar  markaz  sotib  oldim.  Bir  haftadan  keyin 
do`stlarimiz mehmonga kelishdi va : “ Wow, buncha zo`r televizor!” deyishdi , shunda 
Keyt  zaharhanda  qilib  :  “Shunchaki  Jon  meni  eski  televizorimni    sindirdi”  dedi.  Men 
o`tirgan joyimdan yiqilb ketay dedim.” 
Shu kuniyoq Jon Keytnikidan ketdi va u bilan  boshqa hecham ko`rishmadi. 
Erkaklar o`z hisiyotlarini ifodalashga o`rganishmagan, shuning uchun ham ayollar ularni 
ketkazgan puliga achinmaydi yoki osongina pul topadi deb o`ylashadi. Agar erkak sizga 
biror  narsa  sovg`  qilsa  siz  albatta  unga  hurmat  bilan  minnatdorchilik  bildiring.  Agar 
sizga  yahshi  munosabatda  bo`lishlarini  istasangiz,  unda  har  yo`l  bilan  erkakni 
rag`batlantiring. Agar u sahiylik va bag`rikenglik ko`rsatsa,  shunday qilingki  u siz uchun 
alohida  va  ahamiyatli  inson  ekanini  anglasin.  Yo`qsa  yana  shunday  qilishga  unda  na 
hohish va na rag`bat bo`ladi. 
Vinni  tabiatan  sahiy  inson,  u  Shonna  ismli  ayol  haqida  gapirib  berdi.  Ular  qimmat 
restoranlarga  borishganda  Shonna  har  doim  lobster  buyurardi.  Vinni  :  “Uni  lobster 
buyurishiga  qarshiligim  yo`q,  ammo  u  hecham  ularni  yemasdi.  Shonna  ovqatni  vilka 
bilan kavlab,keyin menga aytardi : “Bilasanmi men mutlaqo och emasman” Bu menga 
hecham yoqmasdi” 
Bu  ayol  o`zini  shunday  tutdiki  go`yo  erkaklar  unga  qarzdor.  U  avtomatik  ravishda 
erkaklardan  sahiylik  va  yahshilik    kutadi  va  evaziga  hecham  minnatdorchilik 
bildirmaydi. Ko`pchilik erkaklarga ta`minotchi deb qarashlari yoqadi, qachonki ularning 
bergan narsalari qadrlansa. 


Agar  erkak  sizga  eshik  ochib  bersa  minnatdorchilik  bildirish  esdan  chiqmasin.  Siz  uni 
jentelmenligiga  qoyil  qolishingiz  bilan  munosib  taqdirlagan  bo`lasiz.  Shu  yo`sinda  uni 
siz uchun yoqimli bo`ladigan hatti harakatga undaysiz. 
Pullar  erkakning  maqsadi  qanday  ekanini  aniq  aytib  beradi.  Meni  dugonam  Karla  
uchrashuvda mutlaqo unga pul to`lash niyati bo`lmagan bir yigit bilan uchrashdi. U har 
doim nega to`lay olmasligini tushuntirardi. Qachon biror joyga borishsa har kim o`ziga 
to`lardi. Yigit buni adolatdan ekanini va hamisha shunday bo`lishi kerakligini ta`kidlardi. 
Bir kun Karla shu yigit bilan barga bordi u yerda yigitni do`stlari bor edi. Uni hayratda 
qoldirib  yigit  hamma  uchun  o`zi  to`lashini  aytdi.  Yigirma  daqiqa  ichida  hammani  ikki 
hissadan  ichimlik  bilan  siyladi,  sakson  dollar  harj  qildi.  Vaholangki  u  shu  tong 
nonushtada Karladan omlet uchun yeti dollar talab qilgandi. 
Karla shu  zahotiyoq uni  qanday  munosabatda  ekanini  tushundi  va  qayta  uchrashmay 
qo`ydi.  Agar  yigit  birinchi  uchrashuvdayoq  qizga  o`zi  uchun  o`zi  to`lashi  kerakligni 
ko`rsatib qo`ysa,bu uni shu qiz bilan munosabatini mutlaqo qadrlamasligini ko`rsatadi. 
Ayni  vaqtda  ayrim  ayollar  erkaklarni  ular  uchun  to`lashi    va  eshik  ochib  berishini 
istashmaydi.  Ularni  “sotib  olishlarni”  hohlashmaydi.  “Yomon  qizlarda”  bunday 
muammo  yo`q.  Agar  erkak  kishi  unga  berishni  istasa,  u  qabul  qilishni  o`ziga  ruhsat 
beradi. Erkakdan hech qanday sovg`a yoki kechki ovqatni qabul qilishga o`ziga ruhsat 
bermagan yahshi qiz o`zini uni oldida qarzdor deb his etishdan qo`rqadi. Yahshi qizga 
bunday komplekslar notanish. U  odob bilan minnatdorchilik bildiradi, va bir daqiqiaym 
o`zini  qarzdor  deb  his  etmaydi.  Va  to`langan  kechki  ovqat  uni  o`z  prinsiplaridan  voz 
kechishga yoki hohishiga qarshi borishga majbur eta olmaydi. 
Agar siz talaba yoki kam ta`minlangan odam bilan uchrashayotgan bo`lsangiz va u sizni 
ko`nglingizni  olmoqchi  bo`lsa,  u  sizga  qimmat  bo`lmagan  nimanidir  taklif  etadi.  Hech 
qancha turmaydigan ko`ngilhushliklarni hamisha topish mumkin.  U arzon sharob sotib 
olib  parkda  piknika  sizni  taklif  etishi  mumkin.  Birga  kinoga  borishingiz  yoki 
do`stlarinikidagi kechalarga taklif qilishi mumkin. Agar yigit sizni deb esdan og`ayotgan 
bo`lsa,  u  hecham  kechlikka  o`zingiz  to`lashingiz  yoki  chiqimlarni  ikkiga  bo`lishingizga 
ruhsat etmaydi. 
Meni  tanishim  Syuzen  Jorj  bilan  birga  yashaydi.Ularni  ikkoviyam  shifokor.Syuzen 
endigina  universitetni  tugatgani  uchun  uning  maoshi  oddiy  hamshiranikidan  ham 
kam.Jorj esa aksincha allaqachon o`z mavqeini tiklab olgan va daromadi juda yahshi. 


Ular  birgalikda  haqqi  deyarli    to`lab  bo`lingan  shahsiy  uyda  yashashadi.  Shunga 
qaramay Jorj qizga  har oyda ijara haqqi sifatida yahshiina pul to`lashini talb etadi. Ular 
hamma harajatlarni teng ikkiga bo`lishadi, elektrga, gazga, suvga va oziq ovqatga. Bitta 
narsagagina    butunlay  Syuzeni  o`zi  to`laydi  bu  mushukni  ozuqasi.  Ahir  mushuk 
Syuzenga tegishlida. 
 
Maftunkorlik omili 84 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish