Tetiklashtiruvchi mashq: Tish yuvish harakatini bajaramiz. Faraz qilamiz o`limizda tish yuvish cho`tkasi bor. Chotkani erinmay pastga tepaga qarab yurgizamiz. Oldin o`ng tomondagi tishlarni so`ng chapdagi tishlarni yuvamiz. Tishlarning orqa tomonini ham tozalaymiz. Bolajonlar endi ushbu she’rni eshting.
Tishlar qo`shig`i:
O`ttiz ikki o`rtoqmiz Askarlarday saf tortib
Durdonamiz oppoqmiz Saqlaymiz odob tartib
Past-u baland joylashib Xizmatdamiz sog`liqqa
Biz tishlarmiz- tishlarmiz Sidqidildan chog`likka
Bizlar o`tkir ishchimiz Uchratganmiz ba’zini
O`z ishiga izchilmiz Yuvmas tish-u og`zini
Aytaylik shartimizdan Toza tutsa egamiz
Asranglar sovuq muzdan Dildan xizmat etamiz
Birgalikda ishlarmiz Biz tishlarmiz tishlarmiz
Tishlarmiz ishlarmiz Birgalikda ishlarmiz
- Aziz bolajonlar she’r nima haqida ekan?
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Mashg`ulotni yakunida barcha bolalar rag`batlantiriladi.
29- Mavzu: “Mening paltocham” Shaxsiy hayotdan suxbat mashg`uloti
Maqsad: Bolajonlar bilan kiyimlar haqida suhbat uyushtirish, qishki kiyimlarning ham har xil turlari borligini mavsumga moslab kiyinish ham bir san’at ekanini tushuntirish ozoda va husbichim kiyinishga o`rgatish.
Kutilyotgan natija:
Mashg`ulotning borish:
Kiyimlarning har xili. Bolalarning kiyimlari kattalarning kiyimlari yumshoq, qalin yupqa bosh oyoq va maxsus kiyimlar borligini bilib oladilar.
Kerakli jixozlar:
Rasmi tushurilgan kartochkalar.
Kichik qo`g`irchoq kiyimlari.
Turli xildagi qalin mat obo`laklari.
Mashg`ulotning borishi:
Ta’limiy maqsad: Bolalarga suvni isrof qilmaslik, tish cho`tkasidan to`g`ri foydalanish.
Tarbiyaviy: Bolalarni Vatanni sevish, o`zining milliy boyliklaridan foydalanish. Suvni isrof qilmaslikka o`rgatish.
Tarbiyachi: bolajonlar kelinglar men sizlarga topishmoq aytaman topasizlar.
Tanasi bor boshi yoq
Qo`lib or oyog`i yoq
Bolalar javobi: (Palto`)
Tarbiyachi: Bes hog`ayni ko`rpasi bir xonasi har xil
Bolalar javobi: (Qo`lqop)
Bolalar kiyimlari bizga nima uchun kerak?
Bolalar javobi:
To`g`ri biz kiyimlarsiz ko`chaga chiqa olmaymiz, kiyimlarimiz bizlarga tashki ta’sirlardan ob-havoning noqulayliklaridan asrab turadi. Yana kiyimlar insonni bezatadi, sog`ligimizni asraydi. Kiyimlar turli xildagi qalin va yuqqa matolardan tayyorlanadi. Bolalar kiyimlarni moslab kiyish maqsadga muvofiq. Bolajonlar yoz mavsumida yengil kiyimlar kiyiladi, qishda esa issiq tutuvchi qalin kiyimlar kiyiladi. Yomg`ir yoqqanda plash kiyiladi, qor yoqqanda palto` kiyiladi. Bolajonlar bugun bizning xonamizga bilmasvoy tashrif buyuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |