Bola: Ovqatlar qilinadi
Bola: Sabzavotlardan salatlar qilinadi
Bola: Kompotlar qilinadi
Tarbiyachi: Ovqat pishirish uchun qanday idishlar kerak bo`ladi. Albatta qozoq kerak ovqat solingan masalliqlarni almashtirish kovlash uchun kapkir kerak bo`ladi.Qovurib bo`lgacha qozonga suv quyish uchun paqir va cho`mich kerak bo`ladi. Ovqat pishib bo`lgach kosaga suzamiz buning uchun bizga cho`mich kerak bo`ladi. Agar biz hamir ovqat qilamiz desak albatta bizga elak, hamr yoyadigan taxta, o`qlov kerak bo`ladi.
Hamr ovqatni tovoqqa solamiz, suyuq ovqatlarni qoshiq bilan, quyiq ovqatlarni sanchiq bilan iste’mol qilish qulaydir.
Tarbiyachi: Bolajonlar endi suhbatimizni honada davom etaylik. Oshpaz opalar bizga oshxonada tushlik tayyorlaydilar. Hammangiz joy-joyingizga o`tirib oldingizmi.
Bolalar: Ha
Tarbiyachi: Bolalar men hozir sizlarga topishmoq aytaman kim epchil va topqir ekan.
O`zi bitta
Qulog`i to`rtta
Bola:_Elak_Tarbiyachi'>Bola: Qozon
Tarbiyachi: to`g`ri
Tap-tap etadi
Tagidan karvon o`tadi
Bola: Elak
Tarbiyachi: tog`ri
Kosaga sho`ng`ib qaytadi
Og`izga yetib boradi
Bola: Qoshiq
Tarbiyachi: to`g`ri
Laylak uyada quyrug`i ziyoda
Bola: Cho`mich
Ro`parade turibdi
Yuzi yumshoq lo`ppi
Bir qulog`I bor, bir burni
Boshiga kiygan do`ppi
Bola: Choynak
Tarbiyachi: To`g`ri
Onalar tokchadan tushadi, bolalar yugurib keladi
Bola: Piyola
Tarbiyachi: To`g`ri. Barakalla bolajonlar sizlar hammangiz epchil, chaqqon zexnli bolalar ekansiz. Bolalar zerikib qolmadingizmi kelinglar bir o`yin o`ynaymiz.
Stol ustida turli xil o`yinchoq oshxona jixozlari, kitoblar bor.
Men oshxona idishlari va boshqa turli narsalarni nomini aytaman. Oshxona idishlarini nomini aytsam sizlar 3 marta chapak chalasizlar. Boshqa nomini aytsam oyoqlaringizni tapillatasizlar. (o`yin 3-4 marta takrorlanadi)
Rahmat bolajonlar sizlar aytgan topshirig`imni to`g`ri bajardinglar. Bolalar kelinglar hozir men sizlarga sabzavotlardan salat tayyorlab bermoqchiman. Salat tayyorlashim uchun menga pichoq, taxtakach, sabzavotlar, likopchalar mana salatim ham tayyor bo`ldi. Endi men ishlatga pichog`imni, taxtakachimni keraksiz bo`lganidishlarni yuvib artib joyiga qo`yishimiz kerak. Agar shu ishlatgan narsamni tez yuvib qo`ymasam tez yaroqsiz xolga keladi, demak oshxona idishlarini va anjomlarni extiyot qilib avaylab ishlatish kerak.
Faoliyatdavomida va yakunida bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |