Mening jonajon O`zbekistonim


- bola: Anor  Tarbiyachi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/230
Sana19.09.2021
Hajmi0,87 Mb.
#178156
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   230
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

1- bola: Anor 
Tarbiyachi: Qizil gulday, gul emas, 
 
 
 Hidi guldan kam emas. 
 
 
 O`zi dumaloq tuxum emas, 
 
 
 Yesang shirin, asal emas. 
2-bola: olma  
Tarbiyachi: Juda to`g`ri bu olma edi, olma haqida she’r ham bilasizlarmi. 
1-bola: Ha 
 
Xoy olma, olma, olma  
 
Meni ovora qilma 
 
Bir oz bo`y cho`zay 
 
Olmalaringdan uzay 
2- bola: 
 
Olchaxonga ustozman, 
 
Nordonlikdan halosman. 
 
Undan katta bir oz man, 
Sizlar sevgan gilosman  
3- bola: 
 
Olmadir mening ismim, 
 
Biram yoqimli ism, 
 
Ne’mat ichra a’loman 
 
Yetmish dardga davoman 
Tarbiyachi: Raxmat barchangizga. Sabzavotlar haqida ham bilasizlarmi? 
1-  Bola:  Ha,  men  aytsam  maylimi.  Anvar  Obidjonning  “Kartoshka”,  she’rini  aytib 
beraman.  
 
Goh uxlayman turbada, 
 
Goh pishaman shorvada. 
 
Qovurmada qaynayman, 
 
Mastavada yayrayman. 
 
Lag`monda ham men mehmon, 
 
Hamma joyda tayyorman. 
 
Ko`rinmasam shovlada, 
 
Erinmasdan kovla-da 
 
Tarbiyachi:Rahmat  she’r  juda  qiziqarli  ekan  ,  bolalar  bilasizlarmi  sabzavotlardan 
foydalanibonajonlarimiz,  bog`chamizda  oshpaz  opalarimiz  sizlarga  shirin  va  mazzali 
taomlar  tayyorlab  beradilar.  Sabzavotlarni  mazzali  bo`lib  yetishtirishda  dehqonning 
mehnati katta, sabzavot ekishda oldin, dehqon yerga ishlov berish kerak, keyin tabiiy 
ozuqa  solib,  yerni  yumshatadi,  so`ng  pushtalar  tirtilib,  urug`lar  sepib  chiqiladi.  Ular 
ko`karib chiqishi bilan tez-tez tagini yumshatib turiladi, sug`orib turishi kerak, vaqti – 
vaqti  bilan  begona  o`tlardan  tozalanib,  chopiq  qilinadi.  Bobo  quyosh  bu  ekinlarni 
serhosil va shirin – shahar bo`lib o`sishi uchun nimalarni ayamay sochadi. So`ng mo`l 
hosil yig`ishtirib olinadi. Mevalarni yetishtirishda bolalar bog`bonning xissasi katta.  
 


21 
 
Tarbiyachi:  Endi  sizlarga  Abdulla  Avloniy  “Aqlli  bog`bon”  hikoyasini  o`qib 
beraman.  
 
 
Bir bog`bonning uch o`gli bor edi. Ular dangasa va ishyoqmas edilar. Bog`bon 
bir  kuni  kasal  bo`ldi.  O`g`illarini  ishga  solmoq  uchunyoniga  chaqirib  “O`g`illarim 
mening ajalim yetganga o`xshaydi. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog`ning ichiga 
bir  ko`za  oltin  ko`mib  qo`yganman.  Mendan  so`ng  ozingiz  kavlab,  topib,  bo`lishib 
olarsiz” , - dedi. Oradan bir necha kun o`tmay, bog`bon dunyodan o`tdi. O`g`illari oltin 
axtarib, bog`ni chunon qazidilarki, tuproqlari kul bo`lib ketti , lekin tokning ildizidan 
boshqa  hech  narsa  topolmadilar.  Ammo  shu  yil  tok  chunon  uzum  qildiki,  aqchasi 
necha  ko`za  to`ladurg`on  oltin  bo`ldi.  So`ngra  bu  yalqovlar  bildilarki,  yerdan  emas, 
ishlovdan ekan. 
 
Hissa:  Hamma  yomonliklarning  onasi  dangasalik,  qo`rqoqlik  esa  otasidir. 
Bolajonlar hikoya yoqdimi, endi hammamiz boqqa sayohatga chiqamiz. 
Markazlar: Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish