Mening jonajon O`zbekistonim


Kerakli jixozlar va materiallar



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/230
Sana19.09.2021
Hajmi0,87 Mb.
#178156
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Kerakli jixozlar va materiallar: 
Buyuk  ollomalar  rasimlari,  Andijon  shahrining  hozirgi  ko`rinishiga  oid  rasmlar, 
qo`chimcha adabiyotlar va ma’lumotlar.  
 
Faoliyatning  borishi:  Bolajonlar bugun biz sizlar bilan buyuk alloma, shoh va shoir, 
davlat  arbobi  Andijon  farzandi  Z.M.  Bobur  haqida  suhbatlashamiz.  Z.M.  Boburning 
rasmi ko`rsatiladi.  
 
Bolajonlar rasmda kimni ko`ryabsiz? 
 
Juda to`gri bu buyuk alloma, shox va shoir, davlat arbobi Z.M. Bobur. Z.M.Bobur 14-
fevralda  Andijonda  tug`ilgan.  U  buyuk  sarkarda  A.Temurning  beshinchi  avlodi, 
Farg`ona hukmdori Umarshayxning farzandi.  
Bobomiz  Z.M.  Bobur  yoshligidanoq  juda  zehni  o`tkir,  ziyrak  bola  bo`lgan.  Buni  biz 
“Bobur va kabutar” rivoyatidan bilishimiz mumkun.  
 
 
Kunlardan  bir  kun  Boburning  otasi  Umarshayx  saroy  a’yonlari  bilan  saroyda 
o`tirgan  ekan.  Bir  kabutar  uchib  kelib  ayvon  peshtoqiga  qo`nibdida  “g`ulu-g`ulu” 
qilaveribdi.  Umarshayx    a’yonlaridan  “kabutar  ne  deydur”  deb  so`rabdi.  Ular  “Oliy 
hazrat, kabutar qilichlarini qindan sug`urmoq kerak deydur” deb javob berishibdi. Bir 
chekkada  jim  o`tirgan  Mirzo  Bobur  “Yoq  kabutar  unday  demaydur,  ota  u  qovun 
sayliga chaqiribdur. Jonivor hushxabar keltiribdur” debdi. Umarshayx kabutarni tutib 
keltirishlarini  buyuribdi.  Kabutarni  tutib  kelib  oyog`idagi  mis  xalqani  olib  qarashsa, 
ichidam  bir  xat  chiqibdi.  Xatda  “Oliyxazrat,  qovun  ayni  pishdi.  Kelib  qo`l  urib 
bersalar”  deb  yozilgan  ekan.  Mirzo  Boburning  gapi  to`g`ri  chiqqanidan  hayratga 
tushgan  Umayshayx  o`g`lidan  “Bunchalik  topqirligingni  boisi  nedur?”  deb  so`rabdi. 
Bobur “Ota bu kabutar o`tgan yili qovun sayli hushxabarini habar qilg`on edi, uning 
o`ng qanotida qora xoli bor edi shundan tanidim” deb javob beribdi. Yosh Boburning 
hushyorligi,  topqirligiga  qoyil  qolgan  Umarshayx  a’yonlariga  qarab  “Qilichini  emas, 
aql-idrokini ishga solmoq lozimdir” deb barchani qovun sayliga otlanishga farmoyish 
beribdi. Bolajonlar rivoyatdan ko`rinib turibdiki, u o`zining ziyrakligi, sinchkovligi va 
hushyorligi  bilan  barchani  lol  qoldirgan.  Shu  bilan  birga  bir  beozor  qushni  hayotini 
saqlab  qolgan.  Mirzo  Bobur  ana  shunday  xislatlari  bilan  bir  beozor  qushni  hayotini 
saqlab qolgan. Mirzo Bobur ana shunday xislatlari bilan bir qatorda ko`p vaqtini kitob 
oqishga, bilim olishga bag`ishlardi.  


126 
 
 
U she’r o`qishni, musiqa eshtishni yaxshi ko`rgan. Bobur komondan o`q otish va 
qilichbozlikdan  saboq  olgan.  Bobur  12  yoshida  taxtga  o`tirgan.  16  yoshidan  boshlab 
she’rlar  yozgan.  Keyinchalik  o`z  yurtini  tark  etib,  Afg`oniston  va  Hindistonga  yuz 
tutganda Bobur she’ryatida Vatan tuyg`usi, Vatan sog`inchi, unga qaytish umidi mav 
ura boshladi.  
 
Bobur o`zga yurtda shoh bo`lsa ham o`z ona yurtini sog`inib, qumsab yashagan 
va ushbu ruboyisini yozgan:  
 
Tole yoqki boshimg`a balolig` bo`ldi 
Har neyniki ayladim xatolig` bo`ldi 
O`z yurtini qo`yib Hind sari yuzlandim  
Yo rab netayin, bu ne yuzi qarolig` bo`ldi.  
 
Zaxiriddin  Muhammad  bobur  faqat  yirik  davlat  arbobi  va  mohir  lashkarboshigina 
bo`lib qolmay, balki shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir.  
 
Ilm – ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoirilm o`z-o`zidan bunyod 
bo`lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ega bo`la oladi deydi:  
 
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak 
Organgali ilm tolibi ilm kerak 
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo` 
Men bormen ilm tolibi ilm kerak 
 
Yaxshi xulq – atvor,  kishilarga  yaxshilik qilish ezgu xiclat va olijanob fazilatdir: 
Xulqingni rost etgil har sorig`aki borsang 
“Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang 
 
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo`q, kim degaylar dahr aro qoldi, falondi 
yaxshilig`.  
Bobur  xalqimizning    “qilmish  –qidirmish”  degan  gapiga  amal  qilib,  yaxshi  kishi 
yaxshilik, yomono kishi yomonlik ko`radi mazmunidagi misralarni bitadi.  
 
Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g`ariblikning hasrat va nadomat motivlari 
ham bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo`li, shodyona va alamli sargushatlari 
bilan bog`liq.  
 
Bobur  temuriylar  sulolasining  hukmronligini  halokatdan  qutqarib  qolmoqchi 
bo`ldi, biroq bunga erisholmadi. U Movaraunnahrda yirik mustahkam davlat vujudga 
keltirmoqchi bo`ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo`ldi.  
 
Ko`ngli tilagan murodga yetsa kishi 
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi 
Bu ikki muyassar o`lmasa olamda 
Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi  
 
 
 
Bobur  Afg`oniston  va  Hindistonni  egallab,  katta  imperiya  qurdi.  Biroq  u 
umrining  oxiriga  qadar  tug`ilib  o`sgan  yurtidan-diyoridan  ko`ngil  uzolmadi,  vataniga 


127 
 
qaytish  fikridan  kecha  olmadi.  U  Afg`onistondaligida  yor-do`stlariga  yozgan  bir 
ruboiynomasida:  
 
Beqayd mehu xarobi sim ermasman 
Ham mol yig`itirur laim ermasman 
Qabulda iqomat qildi Bobur dersiz 
Andoq demangizlarki, muqim ermasman, degan edi 
Mana  shu  kayfiyatlarning  ifodasi  sifatida  uning  bir  qator  mungli  va  alamli  she’rlari 
vujudga keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir.  
 
Yod etmas emish kishibi g`urbatda kishi 
Shod etmas emish ko`ngili mehnatda kishi 
Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi og 
G`urbatda sevinmas emish albatta kishi  
 
 
Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik’, “yuz qarolik’ deb biladi, 
bu ishidan qattiq pushaymon bo`ladi.  
Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi.  
 
Demak bolajonlar bizlar ham o`z ona vatanimizni sevib, e’zozlab, qadriga yetib 
yashashimiz  kerak.  Aziz  bolajonlar  endi  buyuk  bobomiz  Z.M.  Bobur  ruboyilaridan 
o`rganamiz va yod olamiz.  
 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish