53-Mavzu: Navro`z bayrami
Maqsad: Navro`z baxor bayrami haqida umumiy ma’lumotlar berish dunyoqarashini
kengaytirish, kichkintoylarning suhbatida faol ishtirok etish, o`rtoqlarining javobini
bo`lmaslik, bir-biriga o`zaro hurmat hissini tarbiyalash;
E’tiborga molik jixati: Milliy qadryatlarimiz, urf odatlarimizga hurmat ruhida
tarbiyalanadi, fikrlash qobilyati rivojlanadi.
Kerakli jixoz va materiallar: Rasm, plakat, multimediyali dastur.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar, fasllar kelinchagi bo`lmish baxor fasli
ham kirib keladi. Bahor fasli uning ob-havosi haqida kim menga aytib beradi. Bahorda
havo ochiq, musaffo, iliq, quyoshli va yomg`irli bo`ladi. Yomg`ir yog`ib atrof muhitni
yam-yashil maysalar-u gullarga burkaydi. Tabiat uyg`onadi. Daraxtlar kurtak yozib
gullaydi.
Tarbiyachi: Bahor faslida birinchi bo`lib qaysi daraxt gullaydi? Bolalar : albatta
bodom daraxti aziz bolajonlar. Bahor fasli o`zining salqinligi, shirin tarovati va
go`zalligi bilan boshqa fasllardan ajralib tuiradi. Aziz bolajonlar kelinglar fasllarni bir
yodga olamiz.
Bolalar: 1) baxor 2) yoz 3) kuz 4) qish
Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz? Albatta bahorning ilk
kunlaridayoq “8-mart xalqaro hotin-qizlar” ayollar bayramini nishonlaymiz. Bu
bayramda barcha buvijonlarimiz, onalarimiz, opalarimiz va singillarimizni o`z
mehrimiz bilan ularni tabriklaymiz.
Yana shunday ulug` bayramlardan biri Navro`z bahor bayramidir. Bu bayramni
sevmaydigan, orzuqib kutmaydigan inson bo`lmasa kerak. Hammamiz ushbu
bayramni yaxshi ko`ramiz, sababi bu bayram Navro`z yangi kun yangilanish, tug`ilish
bayramidir. Navro`z bayrami o`zbekistonliklarni milliy bayramidir. Unda bizning
milliy qadryatlarimiz aks etadi. Navro`zda o`z yaqinlarini bayram bilan qutlaydi.
Doshqozonlarda sumalaklar pishiriladi, turli ko`k chuchvara, ko`k somsalar
tayyorlanadi. Adirlarda turli sayllar boshlanadi, yigit qizlar bobo-buvijonlarimiz yangi
kunga yetib keldik deb yaxshi niyyatda turli milliy ta’omlarimizni tayyorlaydilar,
barcha yaxshi kayfiyatda bayramni nishonlaydi. O`tganlarni hotirlab ular esga olinadi.
Xalqning manbai bo`lgan Navro`z bayrami keng ko`tarinki ruhda nishonlanadi.
Qizaloqlarimiz milliy matolarimiz bo`lgan atlas-u adraslarimizdan turli kiyimlar kiyib
olib bayramni nishonlaydilar, yigitlarimiz esa turli bahorgi o`yinlar jumladan Uloq,
eshak quvdi, to`p uloqtir, berkinmachoq, marraga yet, varrak uchirish, kim oladiyo
shuginaniyo, oq terakmi ko`k terak o`yinlarini o`ynab dam oladilar.
109
Tarbiyachi: Bolajonlar biz ham milliy o`yinlarimizdan biri “Varrak uchirish” o`yinini
o`ynaymiz. Buning uchun bizga ip, turli rangli varraklar kerak bo`ladi. Bolajonlar
varrak uchirish musobaqasini o`tkazamiz, Buning uchun o`g`il bolalarimiz avvaldan
tayyorgarlik ko`rishgan.Bolalar varrakni tayyorlaguncha men sizlarga Navro`z haqida
she’r aytib beraman.
Qizlar gulli ro`mol o`rar
O`zlarini qilib ko`z-ko`z
Zamin yangi ko`ylak kiyar
Kelsa Navro`z, kelsa Navro`z
Navro`z yil boshi
Navro`z yangi kun
Navro`z bu bahor
Yigitlar varraklaeni uchirish musobaqasini boshlashadi. Enf g`olib uzoqqa varragini
uchirgan bola rag`batlantiriladi.
Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar endi sizlarni bayram dasturhonimizga taklif etamiz.
Bolajonlar qareng shirin hid taralyotgan nima ekan desam, bu bahor taomi sumalak
ekan. Sumalak shirin ekan. Bolajonlar tatib ko`radilar. Dasturhonda bahor taomlaridan
ko`k chuchvara, ko`k somsa va turli pishiriqlar mavjud. Bolajonlar bahor taomlari
sizlarga yoqtimi? Endi siz bilan bahorda o`ynaladigan o`yinlardan “Kim oladiyo
shuginaniyo” o`yinini o`ynaymiz. Qizlar bilan esa maysalardan soch yasaymiz.
Bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
- Bolajonlar, Navro`z qanday bayram ekan?
- Navro`zni qachon nishonlaymiz?
- Navro`zda qanday o`yinlar o`ynaladi?
- Navro`zda qanday taomlar tayyorlanadi?
Savollarga javob olgach Faoliyatyakunlanadi.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |