Mening Institutim



Download 17 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi17 Kb.
#453092
Bog'liq
2 5192686903350006332


Mening Institutim

Talabalik – oltin davr. Talabalikning har bir kuni unutimas lahzalarga boy bo‘ladi. Shuning uchun ham yillar o‘tsada talabalik yillarimizni, qadrdon institutimizni sog‘inaveramiz!


Men Jizzax Davlat Pedagogika Institutining Boshlangʻich taʼlim fakultetida oʻqiyman. Men talabalik baxtiga 2019- yilda musharraf boʻlganman. Maktabdagi 11 yillik taʼlimni tugatib bolalikdan orzu qilgan kasbim oʻqituvchilik kasbini egallash maqsadida Jizzax Davlat Pedagogika Institutiga hujjat topshirdim. Boshlangʻich taʼlim fakultetini tanlashimdan sabab esa boshlangʻich taʼlim oʻquvchilari juda begʻubor boʻlishadi. Ularga taʼlim berish esa oʻta masʼuliyatli ish hisoblanadi. Hozirgidek esimda mandat javoblari chiqqanida ota-onamning qanchalik xursand boʻlganligi, ularning koʻzidagi menga boʻlgan ishonch, faxr tuygʻusi. Ha, bularni unutib boʻlmaydi. Barcha qarindoshlar mening talaba boʻlganim bilan tabriklashar men esa bu tabriklarni eshitib quvonardim. Men uchun eng quvonarlisi bu ota onamning "Mening qizim talaba" deb faxrlanib aytgan soʻzlari edi. Oʻsha kuni uyimizda katta shodiyona boʻlgandi. Bular men uchun unutilmas va baxtli xotiralar boʻlib qolgan.
Institutdagi talabalik davrimiz ham oʻzgacha va ajoyib xotiralarga boy boʻlib oʻtmoqda. Institutimiz biz oʻqishga kirgan yilimiz qayta taʼmirdan chiqdi. Bu bizning yana bir baxtimiz edi. Har tomonlama zamonaviy jihozlangan oliygohda oʻqish nasib etgan ekan. Bu yil manashu oliygohda oʻqiyotganimga 3 yil boʻldi. Bu vaqtda institut professor oʻqituvchilari va koʻplar doʻstlar bilan tanishdim. Institutimiz professor oʻqituvchilari juda malakali, bilimli va oʻz kasbiga sodiq insonlar hisoblanadi. Ular bizga oʻzida bor bilim va koʻnikmalarini oʻrgatishadi. Biz esa bu oʻqituvchilarimizga xavas qilib ular kabi oʻqituvchi boʻlishni orzu qilamiz.
Kursdoshlarim bir biriga juda mehribon. Ular bilan har bir oʻtkazgan vaqtim unitilmas xotira boʻlib qoladi. Axir bekorga aytishmagan "Talabalik-oltin davr" deb . Chindan ham bu davr oltin davr ekan. Buni eng koʻp karantin vaqtida his qildim. Har kuni oʻqishga shoshish, kech qolsak gap eshitish, eshik yonida tyutorlar tomonidan soʻroq qilinish darsga kirish uchun oʻqituvchiga turli xil bahonalar toʻqish, uyga berilgan vazifalarni bajarish ha bularning barchasi ajoyib. Mana hozirgi kunda yurtimizda karantin eʼlon qilingan. Biz esa oʻqishni masofaviy taʼlim orqali olyapmiz. Men esa institutimni, kursdoshlarimni, professor oʻqituvchilrimni sogʻinyapman. Shuning uchun boʻlsa kerak oʻqituvchilarimiz "Oltin davrni qadriga yetinglar" deb koʻp bor taʼkidlashar edi. Umid qilamizki tez orada yurtimiz koronavirus balosidan qutuladi va karantin bekor qilinib biz jonajon oliygohimiz bagʻriga qaytamiz! Talalik davrini mazmunli oʻtkazamiz.
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Boshlangʻich taʼlim fakulteti Boshlangʻich taʼlim va STI yoʻnalishi 306-guruh talabasi Abduvaxabova Gulmira Mansur qizi
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish