Mening hayot falsafam



Download 78,1 Kb.
Sana07.11.2022
Hajmi78,1 Kb.
#861802
Bog'liq
x.mening hayot falsafam





Xurshid Farmonov
MO-61

“Mening hayot falsafam”


Men Farmonov Xurshid Jamshid o'g'li.2004 -yili 5-avgustda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tugʻilganman va Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Xomrabot M.F.Y., 91-uyda istiqomat qilaman. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 1-kurs talabasiman. Hozirda akam bilan kvartirada yashayapmiz. Sentabrdan oʻqishga kelgan boʻlsam 1oy davomida tanishlar ortirdim, Universitet atmosferasiga moslashdim, darslarga qatnashdim va hozirda rus tili kursiga boryapman. Universitet darslari soat 12:00dan keyin boshlanadi. Shuning uchun qolgan vaqtimni mazmunli oʻtkazish uchun rus tili kursiga boryapman. Dars soat 9:00dan 11:00gacha davom etadi.Har kuni ertalab soat 6:00da uyqudan turaman va 20minut yuvinishga sarflayman va 30minut ertalabki badan-tarbiya bilan shugʻullanaman.Ertalab soat 7:00da nonushta qilaman va undan keyin yo rus tili darsiga ketaman yo universitet darslarini qilaman. Soat 13:30da tushlik qilaman va undan keyin jadvaldagi darslarga qarab universitet darslariga qatnashaman.Darsdan chiqishim bilan har kuni ota-onam bilan telefonda gaplaman. Undan keyin kvartiraga kelib ozgina dam olaman va soat 19:00da kechki ovqat tayorlayman. Keyin akam bilan ovqatlanamiz.
Oilada 7 kishimiz: buvim dadam, onam, opam, men va 2 ta singlim .Buvim biz bilan birga turadi.Tog'risi ajdodlarim haqida uncha koʻp maʼlumotga ega emasman.Dadam tomondan Buvim uy bekasi bo’lgan, bobam paxta zavodida buxgalter boʻlib ish yuritgan. Onam tomondan Buvim oʻqituvchi,bobom harbiy boʻlgan hozirda pensioner.
Men badiiy kitoblarga yoshligimdan qiziqaman. Uyimda 30-ga yaqin matematika va ingliz tiliga oid kitoblarim va undan tashqari 40 ga yaqin badiiy kitoblarim bor.Ularni asrab avaylayman. Matematika va ingliz tili kitoblar menga o’qishga kirishga yordam bergan.Eng yaxshi ko'rgan badiiy asarim Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asari. Oilaviy ahvolimiz yaxshi. Moddiy boyliklar inson falsafasiga ijobiy taʼsir qiladi deb oʻylayman.Chunki inson qancha ko'p kitob oʻqisa shuncha dunyo qarashi kengayadi.
Menga hozir hayotim juda yoqadi va baxtliman. Buning uchun ota-onamdan juda ham minnatdorman.Oilamizda har xil tadbirlar boladi.Misol uchun, oila aʼzolarimning har birining tugʻilangan kunlari keng va mehmonlar chaqirilib nishonlaymiz va har oyda 1marta har xil koʻngil ochar joylarga borib turamiz.Mening qoʻshnilar va qarindoshlarim bilan munosabatim juda yaxshi va samimiy munosabatda boʻlaman . Mahallam menga juda yoqadi. Chunki odamlari juda mehribon va bir-birini hurmat qiladi. Har xil odamlar uchun sharoitlar yaratilgan . Bolalar maydonchalari, stadionlar va kechki sayr uchun bogʻlar mavjud. Mahallada juda koʻp doʻstlarim bor ular bilan yoshlikdan birga boʻlganman.

Menda hech qanaqa daromadim yoq. Men shunchaki ota-onamdan pul olib kunimni oʼtkazaman. Agar sarf harajatglarimni hisoblaydigan boʻlsam 1oyga 2500000 ga yaqin boʻladi.


Ular:
Rus tili kursiga: 400000 soʻm
Haftalik yeb-ichish : 300000soʻm va 1oyda 1200000 soʻm mingdan koʻp boʻladi.
Yoʻl kira ,metro, taksi, avtobus:200000 soʻmga yaqin.
Va kutilmagan , hisoblanmagan voqealar uchun 400000 soʻm.

Hayotda mening orzular juda koʻp. Universitetni tamomlagach Buyuk Britaniyadagi nufuzli universitetlarda magistraturani oʻqish uchun ketmoqchiman. Keyin esa o'sha mamlakadagi kompaniyalarda ishlab ish o'rganmoqchiman va o'z mamlakatimga kelib yurtimga kerakli kadr boʻlmoqchiman. Va shundan so'ng uylanmoqchiman. Uylanayotganda sevgi muhabbat katta ahamiyatga ega deb hisoblayman.Chunki , oilaning yaxshi va hech qanday buzilmasdan oʻtishiga sevgi muhabbat sababchi boʻladi deb hisoblayman.Men boʻlajak turmush oʻrtogʻimni hislatlarini onamga oʻxshashini xohlayman. Men 5 ta farzandim boʻlishini xohlayman : 3 ta oʼgil va 2 ta qiz.Oilada erning vazifasi pul topish va oilani boshqarishdan iborat deb oʻylayman.Xotinni vazifasi esa uy ishlari va erni hursand qilish, farzandlarga tarbiya berishdan iborat deb oʻylayman. Va eng muhimi bola tarbiyasiga ikkovi ham masʼul deb hisoblayman. 10yildan keyingi lovozimimga yaxshi oʻqish , oqilona fikr yuritib va eng muhimi ota-onam duolari va koʻmaklari bilan erishaman nasib bolsa. Hozirgi mutahasisligim menga juda yoqadi. Chunki men iqtisodchiman va iqtisodchilarga har yerda talab katta.Men kelajakda o'z kasbimning ustasi bo'lmoqchiman va tashqi ishlar vazirligida ishlamoqchiman. Mening hayot falsafam oilani eʼzozlash va yaxshi hayot kechirishdan iborat.Men hayotda dadamga oʻxshashini hohlayman.Chunki dadam oilamiz uchun hamma narsaga tayyor va nafaqat menda balkim boshqa kishilar ham eʼtirof etadi. Menda eng yaqin 2ta doʻstim bor.Ular bilan yoshlikdan birga oʻynab katta boʻlganmiz va bir birimizni va qadrlaymiz. Biz bir-birimizga har doim har qanaqa vaziyatda boʻlishimizdan qatʼiy nazar yordam beramiz. Biz ahl doʻstlarmiz. Oʻzbekistonda hozirgi islohotlar menga yoqmoqda. Ayniqsa taʼlim sohasiga berilayotgan eʼtiborlar nafaqat menga balki deyarli hammaga yoqmoqda.Men ham kelajakda yurtimni innovatsion gʼoyalim bilan rivojlantirishga harakat qilaman.





Download 78,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish