Mening birinchi ustozim
Qalam tutib qolimga ilk bor
Yozuv chizuv o’rgatgan ustoz
Eslagayman biz sizni ko’p bor,
Ta’lim bergan birinchi ustoz.
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar
Siz uchun yaralsin bari roxatlar
O’quvchimas sizga go’yo farzandlar
Jon fido aylagan birinchi ustoz
Bizni yetaklagan kamolat sari
Bilim berganida ketmagan nari
Aylanar haqiqat bularning bari
Bilimlar chashmasi birinchi ustoz
Birinchi o’qituvchi nafaqat bizga bilim bergan,balki bizni maktabga ,o’qishga mehr uyg’otgan insondir.
Mana ta’til kunlarimiz ham tugab 4-simestr uchun o’qishga kela boshladik.Darslarimiz boshlanar ekan,ona tili o’qitish metodikasi ustozimiz Surayyo Eshonqulova o’z ustozi haqida hikoyalab berar ekan ko`zimga yosh keldi.
Bu ko’z yoshning sababchisi mening birinchi ustozim Zaripa Ismailova.Bu inson haqida qancha gapimayin shuncha oz.Birinchi marta maktabga borganimni eslayman.
Ustozim meni qo’limdan uchlab sinf xonamizga olib kirdilar.Sinf xonamizga kirar ekanman menda qo’rquv paydo bo’la boshladi.Shunki ustozim juda qattiq deyarli har doim yuzida jiddiy bo’lishiga qaramay juda samimiy va mehribon bo’lganlar.
Ustozim shunday dars o’tar ediki, hudi ertaklar olamiga tushib qolganday bo’lar edim.Darslarni qiziqarli o’tganlaridan hecham yonlaridan ketkim kelmasdi. Yaxshi o’qiganligim sabablimi,yoki harakatchanligim sabablimi ustozim meni 1-sinfdan to 4-sinfgacha sinf sardori etib tayinladi.
Ustozim majlisga yoki biron bir joyga borib kelsalar, sinfga qarab tur deb meni tashlab ketar edilar.Nazorat ishi yozsak yaxshi o’zlashtira olmaganlarga yordam ber deb aytar edilar.shunday kunlar davom etar edi. Menda esa o’qituvchilik kasbiga qiziqishim paydo bo’la boshladi.Bir kuni ustozim daftarlarni tekshirib o’tirgandan edi.Ustozimi yoniga borib ustoz men ham sizga yordam bersam bo’ladimi? Deb so’rasam menga kulib qarab Sabira sen katta bo’lsang albatta o’qituvchi bo’lasan dedi.Men hayron bo’lib qoldim.Balki o’shanda menda ustozim o’qituvchilik qobilyatini kordimi,menga har doim sen albatta boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lasan deb takidlar edi.
Mana maktabni ham tugatib 2005 yil Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kollejiga o’qishga kirdim.Kollejda ham darslar qiziqarli ,maktabga qaraganda biroz qiyinroq edi.Bir kuni o’qishdan qaytayotsam birinchi ustozimni ko’rib qoldim.Ustozimni ko’rib hursand bo’ldim.Ustozim bilan so’rashib,o’qishga topshirganimni aytdim. Ustozim eshitib Juda hursanand bo’ldi.Barakalla sendan albatta yaxshi bo’shlang’ich sinf o’qituvchisi chiqadi.Bolalik paytingda senda bu kasbga qiziqishing bor edi.Men buni sezganman dedi ustozim.
Bu ustozimning oxirgi so’zi va oxirgi ko’rishim ekan.Ustozim o’sha paytlari mazzasi bo’lmay yurganini bilmagan ekanman.Ularning vafot ekanlarini eshitib yuragimda qattiq o’g’iriq paydo bo’ldi.Ustozimga degan mehrim juda cheksiz ekan. Mana ustozim aytganday o’qishlarimni bitirib ,hozirda Yuqori chirchiq tumani 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqdaman.Mana endi maktabga ,sinfga qo’rqib kirgan qizcha boshlang’ich sinf o’qituvchisi.Ustoz bu qanday inson? Bu savolga men o’qituvchi kasbni egalab bildim.
O’qituvchi bu ikkinchi ona! O’qituvchi bitta dars beribgina qolmay o’quvchilarni o’z farzandiga bergan mehrni berar ekan.U maktabga kelganida hali hech narsani bilmagan bolaga o’qishni,yozishni o’rgatib qolmay vatanga muhabat va ota onaga bolgan muhabat tuyg’usini o’rgatib borar ekan.
Hanuz sog`inaman yoshlik chog`larim
Deysiz bular mening o`quvchim
Ko`chada ko`rganda o`g`il qizlarim
Qayta o`qisaydim birinchi ustoz.
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi
O`tgan bolaligim yoddan chiqmaydi
Beg`ubor damlarim kutub tursaydi
A`lo baholar olardim ustoz.
Hozirda mana oliy ta`limda ham o`qiyapman.Shu kunlarga yetishimga boshlang`ich sinf oqituvchisi bo`lishimga sababchi bo`lgan Zaripa Ismailovaga katta raxmatlar aytaman oxiratlari obod ,joylari jannatdan bo`lsin.