Bosqich (inglizcha - Level) - MPEG-2 da tasvirning o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha bosqichlari (qiymatlari) belgilangan.
Buferli XQ - ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlovchi xotira qurilmasi. Xususan, MPEG koder va dekoderlarida kodlangan videoma’lumotlarni doimiy tezlikda uzatuvchi kanal bilan ushbu qurilmalarni moslashtirish uchun ishlatiladi.
Buyurtma bo‘yicha video (inglizcha. Video-on-land) - teleeshittirishning yangi turlaridan biri bo‘lib, abonent beriladigan dasturni buyurtma qila olish imkoniyatiga egaligi.
Veyvlet-o‘zgartirish - Ortogonal bir o‘lchamli yoki ikki o‘lchamli o‘zgartirish bo‘lib, uning natijasida dastlabki signal quyi va yuqori aniqlikdagi tashkil etuvchilarga bo‘linadilar.
Vektorli (harakat) siljish-tasvir bloki siljishini ikkita maydon koordinatasi bilan baholash natijasini ko‘rsatuvchi juft son.
Vektorli kvantlash - berilgan kriteriya bo‘yicha, signal sanoqlari guruhi yoki tasvir elementlari guruhini etalon vektor deb nomlanuvchi guruh (elementlar) sanoqlariga yaqin bo‘lganlari bilan almashtirish. Barcha etalon vektorlar oldindan kodlar kitobiga kiritib qo'yilgan bo‘ladilar.
Video konferensaloqa - haqiqiy vaqt davrida, bir necha abonentlar o‘rtasida ovoz va videoma’lumotlarni almashinishni ta’minlovchi videoaloqa tizimi.
Videotelefon - haqiqiy vaqt davrida, ikkita abonent o‘rtasida ovoz va videoma’lumotni almashinishni ta’minlovchi videoaloqa tizimlaridan biri.
Videotutashuv (Videostik) - ITU-R VT 656 Tavsiyasiga muvofiq raqamli telesignallarni uzatuvchi interfeyslar(tutashuvlar) nomi va tavsiyada parallel va ketma-ket videotutashuvlar belgilangan.
Video ketma-ketlik (inglizcha-video sequence) - MPEG-1,2 videoma’lumotlari oqimining eng yirik strukturaviy birligi. Shuningdek, “videoqator” nomi ham uchraydi.
Gamma-korreksiya - televizion signallarni nochiziqli o‘zgartirish bo‘lib, televideniye tizimining turli uzellari uzatish xarakteristikalarini nochiziqliliklarini korreksiyalash (to‘g‘irlash) maqsadida qo‘llaniladi. Ayni vaqtda gamma-korreksiya kvantlashdagi tasvir sifatiga ta’sirni kamaytirishga ham xizmat qiladi.
Gibrid kodlash - MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4 larda qo‘llaniladigan harakatlanuvchi tasvirlarni kodlash hamda ichki kadr va kadrlar aro kodlashni mujassamlashtirgan usul.
Dasturli oqim (inglizcha-Program Stream) - MPEG-1 tizim qiymatiga mos bo‘lgan, MPEG-2 ma’lumotlar oqimining multipleksirlangan (birlashtirilgan) ko‘rinishlaridan biri. Transport oqimdan farqli faqat bitta tele dasturning ma’lumotlarini uzatadi.
Dekvantlash - kvantlashga teskari amal. Dekvantlash natijasida raqamli signal yoki boshqa axborotning sanoq qiymatlarini ifodalovchi kvantlash sathi sonlari oshadi.
Dekodlash - kodlashga teskari operatsiya. Dekodlash natijasida axborot kodlashga qadar qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lsa, o'sha holatga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |