25-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit)
Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining
darajasi va aholining xarid qobiliyati kabi ko’rsatkichlar bilan, shuningdek,
inflyatsiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalari, aholining joriy daromadlari,
jamg’armalarining darajalari, iste'mol savatining qiymati bilan aniqlanadi. Bu
ko’rsatkichlarning o’zgarishi talabda nafaqat miqdoriy, balki tarkibiy siljishlarga
ham olib keladi.
Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi
quyidagi holatlarga bog’liq:
xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi;
qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish
miqdori;
butunlay yo’q bo’lish oldida turgan hayvonlar soni;
ozon qatlamining kamayishi va natijada "issiqxona taassuroti" vujudga
kelishi.
Yo’nalishlarning har bir muayyan ko’rsatkichlari orqali atrof-muhitning u
yoki bu tomonini tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining
ta'sirotiga ham ega.
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o’zgarishi quyidagi omillar
atrofida ro’y beradi: xom ashyoning tanqisligi (defitsit), energiyaning
qimmatlashishi, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslarning davlat
tomonidan muvofiqlashtirilishi.
Marketing nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda suv, oziq-ovqat, yog’och, neft,
ko’mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo’llanishi
katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari
bilan bog’liq. Ma'lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish
jarayonlari yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ)
energiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda.
Gap quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to’g’risida borayotir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo
takomillashtirish va o’ta talabchanlik tendentsiyasiga ega. Demak, bu sharoitda
atrof-muhitni himoya qiluvchi standartlarga rioya qilgan firmalar muammolarni
echish maqsadida kam kuch va vosita sarflanadigan yo’l va imkoniyatlarni
Korxonalar
Siyosiy muhit
Dеmografik muhit
Tabiiy muhit
Iqtisodiy muhit
Madaniy muhit
Ilmiy-tеxnikaviy muhit
139
с
amaliyotga jalb etishlari muqarrar.
Bozor kon'yunkturasi ko’p tomondan demografik tavsiflar va aholi
shakllanishining asosiy tendentsiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste'mol
tovarlariga bo’lgan talabning rivojlanishi va ishlab chiqarishga mo’ljallangan
tovarlar bozoridagi o’zgarishlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |