13-Mavzu. Marketing tizimida axborot ta'minoti .
KEYS STADI
O’zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasini
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 2002-2010 yillarda
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
dasturiga aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasidagi islohotlarni borishi
quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi.
Birinchidan – aloqa va axborotlashtirish sohasini yanada rivojlantirishga
qaratilgan meyoriy-xuqukiy baza takomillashmoqda:
Pochta sohasini yanada rivojlantirish maqsadida «2010 yilgacha pochta aloqa
shaxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi
to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasining 128-son qarori (2005 y. 19 maydagi 128-
son), «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-91-son
qarori (2005 y. 2 iyundagi), shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) rivojlantirishga taaluqli qabul qilingan Qonunlarni ijrosini ta’minlash
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi PQ-117-son qarori ana shular jumlasidandir.
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi elektron raqamli imzodan
foydalanish sohasida maxsus vakolatli organ etib tayinlandi. Davlat boshqaruv
organlarida
axborot
texnologiyalarni
joriy
etish
dasturi,
2010 yilgacha telekommunikatsiya va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining
rivojlanishning maqsadli yo’nalishlari xamda Milliy axborot qidiruv tizimini
yaratish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. AKT juda tez rivojlanishini xisobga
olib, u bilan birga soxadagi dolzarb muammolarni echish maqsadida, mavjud
319
kompyuter xatarlaridan ximoya qilish maqsadida davlat axborot resurslarini
shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom va davlat organlarining axborot tizimlarini
yaratish tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi. Elektron raqamli imzo sohasidagi
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish
maqsadida,
elektron
xujjat
almashinuviga, elektron tijoratga asos bo’ladigan Vazirlar Mahkamasining maxsus
“Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish to’g’risidagi” 2005 y. 26 sentyabridagi 215-son qaror kabul
qilindi.
Ikkinchidan – telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda ham bir qator
yutuqlarga erishildi.
Asosiy telefonlar soni yil boshiga nisbatan 35,4 ming donaga o’sib, 2006
yilning 1 yanvar xolatiga 1 mln. 730 mingtani tashkil etdi. Montaj qilingan
ATSlarning ishlatish koeffitsienti 88,4 foizga etkazildi. Barcha ATSlarda elektron
ATSlarning ulushi oshib, ular 66,2 foizni tashkil qildi.
Uyali telefon aloqasi abonentlari soni 1 mln. 150 mingtani tashkil etdi va yil
boshiga nisbatan 111,4 foizga ortdi.
Uchinchidan – Internet bozori va AKT sohasi tez su'ratlar bilan
rivojlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori bilan belgilangan ko’rsatkichlar
kuyidagicha:
- Internetga ulanish xizmatlarini ko’rsatuvchi operator va provayderlar soni
425 tashkil etdi, jumladan 344 tasi jamoa punktlari;
- jamoa punktlarining umumiy soni 344 ta;
- xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 143,104
MbitЂs (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga – 128 MbitЂs);
- Internetdan foydalanuvchilar soni 855 ming ta (Dastur bo’yicha maqsadli
yo’nalishlar 2005 yil yakuniga – 246,0 ming foydalanuvchi), ya'ni 1000 fuqaro
hisobiga 33 foydalanuvchi;
- 100% davlat boshqaruv organlar Internet tarmog’iga ulangan (Dastur
bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga – 33,4 %).
- respublika shaharlarini raqamli telekommunikaitsya tarmoklari bilan
qamrab olish darajasi 100% (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil
yakuniga 100%);
- tuman markazlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab
olish 84 %;
- telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qishloq joylarini qamrab olish darajasi
90 foizni (dastur bo’yicha - 89,7%), shu jumladan raqamli telekommunikaitsiya
tarmoqlari qamrab olish darajasi 52 foizni (dastur bo’yicha – 50,8%) tashkil etdi.
To’rtinchidan - Internet tarmog’idagi axborot resurslarini rivojlantirish
choralari ko’rilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2005y. 256-son «Axborotlashtirish sohasida
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida»gi qarori bilan Davlat
axborot resurslarini shakllantirish tartibi hamda Davlat axborot tizimlarini yaratish
tartibi to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlandi.
320
O’tkazilgan tahlil natijalari bo’yicha 2005 yil yakuniga o’rtacha 96,7%
respublika davlat boshqaruv organlari o’z veb-sahifalariga ega. Davlatimiz rahbari
tomonidan qabul qilingan PQ-117 son qarori asosida Internet tarmog’ida
O’zbekiston xaqidagi axborot resurslarini shakllantirish va ko’paytirish bo’yicha
ma’lum ishlar olib borildi. Bunda yaratilayotgan Milliy qidiruv tizimini yaratish va
yangilatish bo’yicha, uni turli yo’nalishlardagi axborot resusrlar bilan to’ldirish
bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda pilot loyihasi ishlab chiqildi va uni amalga
oshirish uchun tegishli kompyuter vositalari sotib olish bo’yicha tanlov o’tkazildi.
Mazkur qarorga muvofiq 58 ta axborot resurslari ishlab chiqilishi kerak edi, olib
borilgan tahlil natijasida 15 ta axborot resurslari mavjudligi va 43 ta axborot
resurslari ishlab chiqish kerakligi aniqlandi. 2006 yilda 38 ta axborot resurslari
ishlab chiqildi (88,4%), texnik tayyor bo’lganlar soni 5 tani (11,6%) tashkil etdi.
Shu bilan birgalikda Internet tarmog’ida 17 ta yozuvchi va shoirlarning hamda 3 ta
gazetalarning veb-sahifalari ishlab chiqilib, Internet tarmog’iga joylashtirildi.
Beshinchidan – Axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlarni tayyorlash
ishlari takomillashtirilmoqda.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborot xavfsizligi»,
«Elektron tijorat», «Avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni qayta ishlab
chiqishni boqarish», «Hisoblash mashinalari», «Mobil aloqa tizimlari» bo’yicha
mutaxassislar tayyorlanmoqda.
“O’zbektelekom” AK tomonidan “Koinot” OAJda ishlab chiqarilayotgan
kichik sig’imli kommutatsiya qurilmalarini bosqichma-bosqich qishloq joylariga
tatbiq etish rejalashtirilgan. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2002 yil 26 sentyabrdagi 3135-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil
27 sentyabrdagi 336-sonli qaroriga asosan “Koinot” OAJning asosiy vazifasi etib
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning o’zida
ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish belgilangan edi. Bu borada 2003 yildan buyon bir
qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. O’ndan ortiq turdagi zamonaviy
telekommunikatsiya uskunalari yaratildi, ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va ular
respublikamiz aloqa korxonalari tarmoqlarida ishlatilmoqda.
Respublikadagi qishloq infratuzilmalarini va aholisini telefon xizmatiga
bo’lgan talabini qondirish maqsadida “Koinot” OAJda 2005 yili zamonaviy va
jahon andozalariga javob beradigan kommutatsiya qurilmalarini yaratish ustida ish
boshlab yuborildi. 2006 yilning boshida Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanining
Ozod qishlog’ida sig’imi 64 raqamli kommutatsiya qurilmasi o’rnatilib, sinov
ishlari o’tkazildi. Ishlash jarayonida qurilmaning kamchiliklari aniqlanib, bartaraf
etildi. 2008 yil uchun umumiy sig’imi 42176 portli 219ta “Koinot El-SGM”
rusumli raqamli kommutatsiya qurilmalarini keltirish bo’yicha “Koinot” OAJ bilan
kompaniya o’rtasida umumiy qiymati 3,092,15 mln. so’mga teng shartnomalar
imzolangan. Hozirgi kunda “Koinot El-SGM” raqamli kommutatsiya qurilmalari
kompaniyaning barcha filiallarida ishlab turibdi. Natijada qishloq hududida
yashayotgan aholiga ko’rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati va hajmi oshdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 yanvardagi
“O’zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog’ini kelgusida rivojlantirish va
modernizatsiya qilish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Xitoy Taraqqiyot Banki va
321
“HUAWEI
TECHNOLOGIES
CO.LTD”
(XXR)
bilan
birgalikda
“O’zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va qayta
qurish” loyihasining 1-LOT doirasida “O’zbektelekom Mobayl” filialining SDMA-
450 simsiz tarmog’ini kengaytirish” bo’yicha belgilangan ishlar yakunlandi.
Jumladan, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon,
Namangan va Farg’ona viloyatlarida 70ta baza stantsiyasi ishga tushirildi.
Namangan va Toshkent viloyatlarida sig’imlari 10000 raqamga teng kommutatsiya
stantsiyalari o’rnatildi hamda Samarqanddagi kommutatsiya stantsiya sig’imi
20000 raqamga kengaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |