296
Pilsbury bilan to’qnashish
Yangi Angliya shtatlarida muzqaymoq savdosini olib borish uchun Ben
Dari-Farms’ga murojaat qildi. Kompaniya vitse-prezidenti Ben va Djerrining
biznes noodatiy munosabatiga qaramay, ularning muzqaymoq “zahira”sining bir
qismini olishga rozi bo’ldi.
O’sha paytda bozordagi yuqori sifatli muzqaymoq savdosida etakchi yirik
amerika kompaniyasi Pilsbury Corporationga tegishli Haägen Dazs edi. Uning
yillik tovar oboroti 4 mlrd dollardan ko’p bo’lib, bunda oziq-ovqat mahsulotlari
hissasi yuqori edi. Haägen Dazs bilan bir qatorda yana Green Giant (sabzavotlar
savdosi) va Burger King (Fast food) kompaniyalari turardi. Kevin Xeli, Haägen
Dazs prezidenti, kompaniya asoschisi Ruben Metyusning kuyovi edi. Metyus
Haägen Dazs’ga 1959 yil Nyug’Yorkda asos solgan. U jarangdor olmoncha nomni
ekzotik evropacha uslubga qiziqish uyg’otish uchun saqlab qolgan edi. 1984 yilga
kelib, Ben va Djerri kompaniyasi bilan to’qnashganda, Haägen Dazs yuqori sifatli
muzqaymoqlar bozorida 70% hissaga ega edi.
Haägen Dazs’ning distribyutorlari bo’lmish Dari Farms va Paul’s
kompaniyalari Ben & Gerry mahsulotining distribyutorlari bo’lishganini eshitgan
Xeli ularga telefon orqali o’z noroziligini bildiradi. Xelining fikricha, uning
distribyutorlari uning raqiblari bilan, Ben & Gerry bozorda juda kichik ulushga ega
ekanligi qaramasdan, hamkorlik qilmasligi kerak edi. Xelining aytishicha: “Biz
distribyutorlarga Ben & Gerry mahsulotlari sotmang, -deganimiz yo’q. Faqat
ikkala kompaniya mahsulotini bir vaqtning o’zida sota olmasliklarini va birini
tanlashlari kerakligini aytdik”. “Ular yoki Biz” kabi shart distribyutorlarni
sarosimaga solib qo’ydi.
Chak Grin: “Ben & Gerry mahsuloti bozorda arzimagan bir hissaga ega bir
paytda, Haägen Dazs kabi yirik kompaniyaning bunday chiqishidan hayron qoldik.
Ular biz bir qarorga kelishimizni talab qildilar.” Bunday xabar topgan Ben va
Djerri distribyutorlar bilan maslahatlashish uchun uchrashdilar. Distribyutorlar Ben
& Gerry’ning salohiyatini yuqori baholab, ularning mahsuloti bilan
shug’ullanishdan voz kechmoqchi emasdilar, ammo Haägen Dazs’dan ham voz
kechish ayanchli ahvolga olib kelishini bilardilar. Uchchala tomon ham
Pilsbury’ga qarshi borganlari taqdirda yuridik xizmatlarga ehtiyoj sezib
qolishlarini bilib, bunday muammolarni hal etish bo’yicha katta malakaga ega
advokat Xovi Fagetuga murojaat qilishdi.
Xovi ham Ben va Djerri kabi antiqa shaxslardan edi. Aytishlariga qaraganda,
u o’zining tashqi ko’rinishiga uncha e’tibor bermas, ba’zan yirtilgan poyafzal ham
kiyib yurardi. Haqiqatan ham, Pilsbury o’zini g’alati tutganligiga qo’shilib, u bu
muammoga o’z fikrini bayon etib xat yozadi.
Bu kabi hattig’harakatlarga qarshi chiqib, Pilsbury boshqaruv hay’atiga
quyidagicha xat yozadi: “Sizning kompaniyalarizdan bo’lgan Haägen Dazs
ma’muriyati Ben & Gerry kompaniyasini sindirib, uning o’sishini bo’g’ib,
faoliyatini to’xtatishni istagan ekan. Ben & Gerry – tadbirkorlik muvaffaqiyatining
yahhol namunasi va uning egalari kurashadilar. Haägen Dazs bozorda mahsuloti
bilan raqobatlashishni o’rganishi kerak. Amerikacha biznes yuritishning asosi ham
shunda, aynan shu orqali raqobat mavjuddir.”
297
Ben & Gerry’ning haqligi ravshan bo’lsada, yuridik ustivorlik ular tomonda
emas edi. Agar Haägen Dazs kompaniyasini yuridik jihatdan engolmas ekanlar,
boshqa bir qurolni ishga solishga qaror qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: