147
GLOSSARIY
Abstraktlashtirish (mavhumlashtirish)
- fikrlash
jarayoni, o‘rganilayotgan
hodisalarning asosiy qonuniyatlarini
aks ettirish
imkonini beradigan nazariy
umumlashtirish.
Adaptatsiya (moslashtirish)
- aks ettirishning alohida shakli,
ichki va
tashqi muhit o‘rtasida dinamik muvozanat o‘rnatuvchi jarayon.
Aksiomatika
- nazariya tuzishning shunday bir usuliki,
bunda ayrim
haqqoniy qarashlar asos qoidalar (aksiomalar) sifatida tanlab olinadi.
Asoslash mezoni
- ilmiy bilimning muhim komponenti;
bilish faoliyati
jarayonida ma’lum bilimlar, normalar va ko‘rsatmalardan
foydalanishga
asoslangan fikrlash jarayoni.
Axborot jamiyati -
«industrial jamiyat» atamasini asta sekin almashtirayotgan
kelajak jamiyati. Mavjud tizimni eng yangi ommaviy kommunikatsiya vositalari
bilan
birlashtirish, yangi axborot tartibini rivojlantirish uning o‘ziga xos
jihatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: