1.4. Tadqiqot boshqaruv jarayonining boshlang‘ich bosqichlaridan biri
sifatida
Istalgan tadqiqot qator omillarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi.
Ularning eng muhimlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
tadqiqot metodologiyasi – tadqiqot maqsadlari, yondashuvlari, prinsiplari,
mo‘ljallari, ustuvorliklari, vositalari va usullarining yig‘indisi;
tadqiqotni tashkillashtirish – reglamentlar, me’yorlar va yo‘riqnomalarda
mustahkamlangan funksiyalar va javobgarliklarning taqsimlanishiga asoslangan
o‘tkazish tartibi;
tadqiqot resurslari – tadqiqotni muvaffaqiyatli o‘tkazish va uning
natijalariga erishishni ta’minlaydigan vositalar va imkoniyatlar (axborot,
iqtisodiy, inson va h.k.) majmuasi;
tadqiqotning ob’ekti (ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sinfiga kiritilgan
boshqaruv tizimi) va predmeti (uning hal qilinishi tadqiqot o‘tkazishni talab
qiluvchi aniq vaziyat);
barcha tavsiflarning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi tadqiqot turi;
tadqiq etish ehtiyoji – muammoning keskinlik darajasi, uni hal qilishga
yondashishda kasb mahorati darajasi, boshqaruv uslubi;
15
tadqiqot natijalari – muammoni muvaffaqiyatli hal etishga, uning
mazmunini, manbalari va oqibatlarini tushunishga ko‘maklashuvchi tavsiyalar,
model, formula, metodika;
tadqiqot samaradorligi – tadqiqot o‘tkazishga sarflangan resurslar va
olingan natijalarning mutanosibligi.
Boshqaruv, samarali bo‘lishi uchun, ishlab chiqarish va jamiyat,
innovatsiyalar, texnologiya va inson o‘zining zamonaviy rivojlanish xususiyatlari
va sharoitlarini hisobga olmasligi mumkin emas, u tobora ko‘proq darajada
tadqiqotchilik yondashuviga muhtojlik sezmoqda. U boshqaruvning dinamik va
istiqbolli bo‘lishini, qarorlar qabul qilishda innovatsion salohiyatning o‘sishini va
kasbiy bilimdonlikning oshishini, boshqaruvning ilmiyligini, va pirovardida
tashkilot raqobatbardoshligini oshishini aniqlaydi.
Ma’lumki, boshqaruvning mazmuni uning asosiy funksiyalarini: oldindan
ko‘rish (rejalashtirish), tashkil qilish, nazorat, tartibga solish, muvofiqlashtirish,
motivatsiyalash funksiyalarini ochib beradi.
Boshqaruvni rivojlantirish jarayonlarida yangi voqeliklar va yangi ehtiyojlar
vujudga keladiki, ular ma’lum tarzda boshqaruv mazmunida o‘z aksini topadi.
Hozirgi vaqtda tadqiqot ham boshqaruvning asosiy funksiyalaridan biriga
aylanmoqda.
U
boshqaruvning
o‘sib
borayotgan
dinamikligi
va
diversifikatsiyalashuvining
oqibati,
boshqaruvning,
boshqaruvda
kasbiy
bilimdonlik o‘rni va ahamiyati oshishining muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Boshqaruv jarayonida nafaqat boshqaruv ob’ektlarini, balki boshqaruvni
o‘zining faoliyat yuritish va rivojlanish jarayonlarini, tadqiq etilayotgan vaziyat
xarakteri, ularni o‘rganish usullari va natijalardan foydalanishning o‘ziga
xosligini hisobga olgan holda tadqiq etish zarur.
Boshqaruvni tadqiq qilishda turli muammolarni ajratib olishga imkon
beradigan har xil vaziyatlar o‘rganish predmeti bo‘lishi mumkin. Tahlil qilish
jarayonida turli muammolarning birikmasi vujudga kelishi mumkin.
16
Boshqaruv vaziyatini tavsiflash, ham o‘zining, ham xodimlarning diqqat-
e’tiborini unga qaratish – boshqarish san’ati bo‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy menejer ilmiy xodim bo‘lishi shart emas, biroq u tadqiqotchilik
faoliyatining asosiy yo‘llarini egallagan va yangi boshqaruv samaradorligini
oshirish omillarini qidirish maqsadida uni tashkil qila olishi kerak.
Shunday qilib, bugungi kunda tadqiqot –boshqaruv qarorlarining yuqori
sifatini ta’minlaydigan asosiy boshqaruv funksiyalaridan biri, hamda boshqaruvni
takomillashtirish vositasidir (kasbiy bilimdonlik, innovatsionlik, motivatsiyalash
va h.k).
Zamonaviy boshqaruv formulasi – “takomillashib va takomillashtirib borgan
holda boshqarish”. Faqat boshqaruv tadqiqotigina, vaziyatni muntazam ravishda
kuzatib borishni talab qiluvchi ushbu formulani amalga oshirishga yordam beradi.
Boshqaruv tadqiqoti kasbiy tafakkur rivojlanishining ijobiy tendensiyasini
aks ettiradi. Ijodkorliksiz kasb mahorati; tadqiqotsiz ijodkorlik; tadqiqotning o‘zi
esa, uning yo‘llari, usullari va yondashuvlarini o‘zlashtirishsiz bo‘lishi mumkin
emas.
Boshqaruv
rivojlanishining
zamonaviy
tendensiyalari
menejerga
qo‘yiladigan yangi talablarni ham vujudga keltirmoqda. O‘tmishda menejerning
faoliyati, agar u aniq ijrochilikka intilsa, yuqori turuvchi tashkilotlarning
farmoyishlari yoki yo‘riqnomalarni, normativlarni bajarishni bilsa, samarali deb
hisoblanar edi.
Zamonaviy boshqaruvda menejer ish vaqti yoki kuchining tobora ko‘proq
qismini tadqiqotlar egallashi kerak. U tadqiqotning ilmiy aparatidan foydalangan
holda o‘z faoliyatining muvaffaqiyatli (yoki muvaffaqiyatsiz) bo‘lish sabablarini
va uni mustahkamlash yo‘llarini tushunishi zarur.
Kelgusida tadqiqotchilik faoliyatining ulushi, taxminimizcha, o‘sib boradi.
Bu boshqaruv rivojlanishining ko‘zga ko‘rinarli tendensiyalaridan biri. Hozirgi
vaqtda boshqaruvda, odatda, oddiy qarorlar mavjud emas, boshqaruv sharoitlari
qiyinlashib, insonning ijtimoiy-psixologik tavsiflari murakkablashib bormoqda.
17
Bugun faqat tajriba va ichki sezgilarga, sog‘lom fikr yoki rasman o‘zlashtirilgan
bilimlarga tayangan holda qarorlar qabul qilish imkonsiz – inson faoliyati
samaradorligi vaziyatlari, muammolari, sharoitlari, omillarini tadqiq qilish zarur,
echim variantlarining tobora ortib borayotgan xilma-xilligi va soni orasidan
ularni asoslangan tarzda tanlash zarur.
Har bir firma doimiy rivojlanishda bo‘lib, bu bir-birining ketidan keluvchi
va o‘z vaqtida hal qilishni talab qiluvchi ko‘plab muammolarning vujudga
kelishini nazarda tutadi. Ko‘pchilik vaziyatlar va muammolar to‘satdan, keskin
paydo bo‘ladi va o‘ylab o‘ttirishga vaqt qoldirmaydi. Ularni o‘z vaqtida hal
qilmaslik yoki pisand qilmaslik inqirozga, balki hatto halokatga ham olib kelishi
mumkin. Zamonaviy boshqaruvda oldindan ko‘ra bilish, bashorat qilish tobora
ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda joriy hodisalarning kelajagini
faqat intuitsiyaga yoki oddiy ekstrapolyasiyaga asoslanib bashorat qilish umuman
aqlga sig‘maydi. Tadqiqot boshqaruv funksiyasi sifatida, inqirozlarni, to‘satdan
ro‘y beruvchi o‘zgarishlarni bashorat qilish, kelajak paradokslariga tayyor turish,
muvaffaqiyat imkoniyatlarini baholash uchun zarurki, uni ko‘rish, baholash,
amalga oshirish lozim.
Kelajakni, faqat hozirgi zamonning barcha, kichik va katta tendensiyalarini
yaxshi his etish va chuqur tushunishga tayangan holda ko‘ra olish mumkin.
Tadqiqotsiz omadli va ishonchli bashoratlarga erishib bo‘lmaydi.
Boshqaruvni tadqiq etish boshqaruvning o‘ziga tadqiqotchilik ruhini beradi
va demak, uni samarali, barqaror, yashashga qodir, istalgan o‘zgarishlarga
moslashuvchan bo‘lishiga ham olib keladi.
Tadqiqot – bu nafaqat zamonaviy menejmentning funksiyasi, balki butun
boshqaruv
tizimining
faoliyat
yuritish
uslubi,
xodimlar
faoliyatini
tashkillashtirishning muayyan turkumidir (talablar, javobgarlik, motivatsiyalash,
me’yorlar).
18
Menejer faoliyatida tadqiqotlar boshqaruvning ilmiyligi va san’atini
anglatib, ularni ijodkorliksiz tushunib bo‘lmaydi, ijodkorlikni esa “tadqiqot”
tushunchasidan ajratib bo‘lmaydi
Mustaqillik ham turlicha – bajarishda, maqsadga yo‘nalgan rivojlanishda,
tashabbuskorlik ko‘rsatishda namoyon bo‘lishi mumkin; ishbilarmonlik xulqining
muayyan konsepsiyasi bilan cheklangan mustaqillik, tajribaning mustaqilligi,
qidiruvning mustaqilligi bo‘ladi.
Hozirgi kunda “tadqiqotchilik turdagi menejer”, yoki “kreativ menejer”
tushunchasi paydo bo‘lmoqda.
Har bir menejer o‘z ishida individuallik belgilarini namoyon qiladi. Biroq
har doim qandaydir umumiy narsa mavjudki, u faoliyat va amalga oshirilayotgan
sharoitlarning xususiyatlari bilan aniqlanadi. Zamonaviy boshqaruv tadqiqotlarga
ehtiyoj sezadi. Ushbu ehtiyoj turli-tuman ko‘rinishlarda – boshqaruvni tashkil
qilishda, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish metodologiyasida, firmani qayta
tuzishda, inson kapitalini shakllantirishda va h.k.da amalga oshiriladi.
“Tadqiqotchilik turkumiga mansub menejer”, yoki “kreativ menejer”
tushunchasining paydo bo‘lishi ushbu ehtiyojni amalga oshirish oqibatlaridan biri
hisoblanadi. Ularning xususiyati – tashqi va ichki vaziyatlarni baholashda,
muammolarni hal qilishda, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda tadqiqotchilik
yondashuviga kuchaytirilgan e’tibordir.
Tadqiqotchilik turkumidagi menejerning quyidagi sifatlarini ajratish
mumkin:
dunyoni muammoli his etish, muammolarni, ular go‘yoki mavjud emas deb
tuyulayotgan joylarda aniqlash;
muammolarni oldini olish (ya’ni, ular qaytadan paydo bo‘layotganida)
qobiliyatini shakllantirish;
voqelikni, boshqarilayotgan ob’ektning faoliyat yuritish va rivojlanish
jarayonlarini tizimli va keng qamrovli idrok qilish;
19
antinomlik – o‘z nuqtai nazaridan farqli va hatto unga zid bo‘lgan
qarashlarni qabul qilish, tushunish va ulardan foydalanish qobiliyati;
ekspressivlik – axborot tanqis bo‘lganda to‘g‘ri xulosalarni chiqarish
qobiliyati;
muammolarga munosabatni va ularning bahosini belgilaydigan rivojlangan
psixologik o‘z-o‘zini boshqarish;
jamoa turli a’zolari funksiyalarini o‘xshatib takrorlash qobiliyati;
insonlar tabiatini aniqlash imkonini beradigan psixologik o‘tkirlik.
Ziyraklik psixodiagnostika yordamida qoplanadi;
fikrlashning innovatsionligi va inersiyasizligi, rasmiy, odatiy, tekshirilgan,
an’anaviy narsalar chegarasidan tashqariga chiqish qobiliyati;
jozibadorlik – moddiy yoki ma’muriy majburlash vositalarini qo‘llamagan
holda kishilarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish qobiliyati;
faoliyat sharoitlari o‘zgarganda yoki butunlay yangi masalalarni hal
qilishga o‘tganda psixologik jihatdan tez qaytadan shaylanish qobiliyati;
nafaqat hokimiyat va mas’uliyatni, balki o‘zining liderlik obro‘sini ham
boshqalarga o‘tkazish qobiliyati;
kishilarni faoliyatga rasmiy subordinatsiya asosida emas, balki “soyaga
o‘tish” yo‘li bilan jalb qilishni nazarda tutadigan latent (yashirin) rahbarlik qilish
qobiliyati, maslahat va yordam olish uchun murojaat qila olish qobiliyati.
Barcha ushbu sifatlar ajralgan holda emas, balki jamlangan holda mavjud
bo‘ladi. Aynan shu tadqiqotchilik turkumidagi menejerning xususiyatlarini
tavsiflaydi.
Vaziyatni yozish va tadqiq qilish jarayonining o‘zi tadqiqotchilik turdagi
menejerning shakllanishiga yordam beradi. Turli manbalardan axborot to‘plash
muammolarni
chuqurroq
ko‘rish,
tashkilotlarda
insonlarning
o‘zaro
munosabatlarining murakkabligi va ko‘p ko‘rinishli ekanligini boshqalardan ertaroq
anglash imkonini beradi; vaziyatni yozma shaklda tavsiflash voqelikni tizimli idrok
20
qilishga, turli nuqtai nazarlarni tushunishga ko‘maklashadi; vaziyat tahlili
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi, boshqaruv faoliyatiga qiziqishni
shakllantiradi, mansab bo‘yicha ko‘tarilishni motivatsiya qiladi, xulosa va
tavsiyalarni ifodalash tahliliy, umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantiradi va h.k.
Tafakkur (fikrlash) – bu faol, voqelikni inson ongida aks ettirish jarayoni
bo‘lib, u bilimlar, intuitsiya (ichki sezgi), odatlar va ko‘nikmalarga tayanadi
hamda aniq vaziyatda inson xulqini belgilaydi.
Tafakkur hayotiy faoliyat – tajriba to‘plash, ta’lim olish, kasbiy faoliyatni
amalga oshirish jarayonida shakllanadi, o‘zgaradi va rivojlanadi. U muayyan
darajada shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liq, lekin ta’lim jarayonlari,
iroda kuchi, maxsus mashqlar, keskin vaziyatlar, salomatlik ahvoli ta’siri ostida
hamda ko‘p darajada atrofda sodir bo‘layotgan jarayonlarni chuqurroq tushunib
olish va olingan bilimlardan amaliyotda tashkilotni rivojlantirish maqsadlarida
ham, shaxsiy maqsadlarda ham foydalanish istagiga bog‘liq ravishda ancha keng
miqyosda o‘zgarishi mumkin.
Tafakkur jiddiy darajada inson faoliyati muvaffaqiyatini oldindan belgilaydi.
Masalan, menejerning faoliyati asosan insonlar bilan ishlash, ularning faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirish va moslashtirish, unga bo‘ysunuvchi xodimlar
tomonidan bajariladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘langan.
Qarorlarning sifati, ularni amalga oshirish ko‘p jihatdan fikrlash xarakteri va
turiga bog‘liq. Menejerning asosli va real maqsadlarni ilgari surgan holda
kishilarni jipslashtirish, birlashtira olishi uning o‘ziga bo‘ysunuvchilarga o‘z
obro‘sining kuchi, kasbga oid bilimlari bilan ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |