Menejmentning tadqiqot usullari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana18.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#451043
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
fayl 1795 20210913 (1)

To‘liq induksiya
 
– 
bu, predmet, aloqalar, hodisalar, jarayonlar sinfi miqdor 
jihatdan cheklangan va to‘la-to‘kis tadqiq qilishga yon bosgan taqdirda xulosa 
chiqarish shakli (axborot sinfni to‘liq: narsalar, hodisalar, predmetlarni qamrab 
oladi). 
Katta bo‘lmagan hudud, firma, tashkilot bo‘linmasini va hokazolarni. tadqiq 
etishda to‘liq induksiya to‘g‘risida gapirish mumkin. Tadqiqot ob’ekti miqdor 
jihatdan cheklangan va uning barcha ko‘rinishlarida ko‘rib chiqiladi. Bunday 
tadqiqotdan olingan xulosalar isbotlanuvchi hisoblanadi va boshqa noma’lum, lekin 
o‘rganilgan ob’ekt bilan ahamiyatli o‘xshash alomatlarga ega ob’ektni baholash 
uchun asos bo‘la oladi. 
Xulosa chiqarish ushbu shaklining kamchiligi shundaki, u sinfning barcha 
predmetlari to‘g‘risida bilishni talab qiladi, bu esa ko‘pincha imkonsiz, chunki 
vaziyatni tavsiflash doim cheklangan xususiyatga ega. 
Ommabop induksiya
 
– 
bu, alomatlarni oddiy sanab o‘tishga asoslangan 
xususiydan umumiyga xulosa chiqarish shakli. Zid alomatning yo‘qligi va 
qaytariluvchanligi asosida ko‘rib chiqilayotgan alomatning ushbu sinfning barcha 
predmetlariga tegishliligi haqidagi xulosa chiqariladi. Lekin, zid alomatlarning 
yo‘qligidan, ularning bo‘lishi mumkin emasligi yoki mavjud emasligi kelib 
chiqmaydi. Shu sababli xulosalar bu erda ehtimolga ega. Bu faraz, taxmin 
(“imkoniyat mavjud”, “bo‘lishi mumkin”) olish usuli. Amaliyotda ba’zan ko‘p 


67 
takrorlanadigan vaziyatlar shakllanadi va ular qay darajada turkumga mos, ularni 
alohida sinfga, masalan “Standart vaziyatlar” sinfiga ajratish mumkinmi degan 
masalalarni aniqlash muhim. 
Ilmiy induksiya
 
– 
bu tasodifiy umumlashtirishlarni istisno qiluvchi tanlab olish 
yo‘li bilan xulosa chiqarish shaklidir. U birorta (tabiat, texnika, ijtimoiy tizim va h.k.) 
tasniflashning rivojlanish qonunlarini bilishga asoslanadiki, ularga tayanib, bosh 
to‘plamga nisbatan eng o‘xshash tanlanma to‘plam shakllantiriladi. Ushbu induksiya 
shakli boshqaruv tizimlarining sotsiologik tadqiqotlarida eng keng tarqalgan. 
Deduktiv usul
 
– 
bu bilimni bilvosita ifodalash bo‘lib, unda katta umumiylikka 
ega bilimdan kamroq umumiylikka ega bo‘lgan bilimga o‘tish amalga oshiriladi. 
Deduktiv usul qoidasiga muvofiq hodisalar va jarayonlarning sabablarga 
asoslangan qonuniy aloqalari tufayli umumiy bilimdan yagona (xususiy) bilimni 
olish mumkin. 
Bilishning deduktiv shakli
sillogizmlar 
– bilvosita xulosa chiqarishlar orqali 
amalga oshiriladiki, unda umumiy o‘rta atama bilan bog‘langan ikkita qat’iy 
mulohazalardan uchinchi mulohaza chiqariladi. 
Oddiy qat’iy sillogizmga misol: 
Birinchi mulohaza: har bir broker malakaviy imtihon topshiradi; 
Ikkinchi mulohaza: ayrim talabalar – brokerlar; xulosa: ayrim talabalar 
malakaviy (brokerlik) imtihonini topshirgan. 
Sillogizmning bosh qoidasi, yoki aksiomasi bo‘lib quyidagi mulohaza 
hisoblanadi: «Har bir predmetga nisbatan tasdiqlanayotgan (inkor etilayotgan) barcha 
narsa predmetning istalgan qismiga nisbatan ham tasdiqlanadi». 
Sillogizm ushbu bilimni berishi uchun dalil bo‘la oladigan hukmlar haqiqiy 
bo‘lishi zarur. Faqat quyidagi qator lokal sillogizm qoidalariga so‘zsiz amal 
qilinganda haqiqiy dalil bo‘la oladigan hukmlardan haqiqiy xulosani olish mumkin: 

faqat uchta atama bo‘lishi kerak, chunki chiqarilayotgan bilim ikkita chekka 
atamalarning o‘rtadagiga bo‘lgan munosabatiga asoslangan; 


68 

dalil bo‘la oladigan hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi umumiy mulohaza 
bo‘lishi kerak (ikkita xususiy dalil bo‘la oladigan hukmlardan zarurat bilan xulosa 
kelib chiqmaydi); 

dalil bo‘la oladigan hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi tasdiqlovchi bo‘lishi 
kerak; 

agar dalil bo‘la oladigan hukmlardan bittasi xususiy bo‘lsa, xulosa ham 
xususiy bo‘lishi kerak; 

agar dalil bo‘la oladigan hukmlardan bittasi inkor etuvchi bo‘lsa, xulosa ham 
inkor etuvchi bo‘lishi kerak. 
Deduktiv usul boshqaruv vaziyatlariga nisbatan qo‘llanganda sodir bo‘layotgan 
voqealarning mohiyati yuzasidan asoslangan xulosalarga kelish imkonini beradi, agar 
haqiqiy vaziyatni qandaydir turkum vaziyatlarga kiritish mumkin bo‘lsa. Bundan 
o‘qitish jarayonida boshqaruv tajribasini egallash uchun foydalanish mumkin. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish