Menejmentning g‘arbiy yevropa modeli reja: Sifatni boshqarishning xorij tajribasi


Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi



Download 37,62 Kb.
bet4/5
Sana26.05.2022
Hajmi37,62 Kb.
#610140
1   2   3   4   5
Bog'liq
MENEJMENT

Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi. Agar AQSH va Yaponiyada ko‘p yillardan beri sifatni oshirish dasturlari amalga oshirilayotgan, sifat masalalari bo‘yicha faol siyosat olib borilayotgan, sifatni uzoq muddatli rejalashtirish bajarilayotgan bo‘lsa, Yevropada kamdan kam istisnoli holatlarda sifatni boshqarish sifatni nazorat qilishdan ortda qolishda davom etgan.
1980-yillarda butun Yevropa bo‘ylab mahsulotlar va xizmatlaming sifatini yaxshilashga intilish kuzatildi. ISO — 9000 seriyasidagi standartlar asosida sifat tizimlari keng tatbiq qilindi. Bu sifat masalalarini yanada muhim o‘ringa olib chiqdi, yanada ishonchliroq ta'minotlar va umuman sifatning yanada barqaror darajasiga erishishni ta'minladi.
G‘arbiy Yevropa davlatlari mahsulotlar va ish kuchining samarali ayirboshlanishini ta'minlovchi yagona talablar va tartiblami ishlab chiqdilar, yagona Yevropa bozorini yaratishga tayyorgarlik ko'rdilar.
Mintaqa miqyosida muvofiqlashtiruvchi maxsus birlashmalar yoki tashkilotlar bunday faoliyatda muhim o‘rin egallaydi. 1993-yil 1-yanvarda e’tirof etilgan ochiq umum Yevropa bozoriga tayyorgarlik jarayonida yagona standartlar, texnologik ko'rsatmalarga yagona yondashuvlar ishlab chiqilgan, ISO — 9000 seriyasidagi standartlar asosida yaratilgan sifat tizimlariga tayanilib milliy standartlar tuzilgan, ulaming Yevropa analoglari — 29000 seriyasidagi EN lar amaliyotga tatbiq qilingan. Bu standartlarga mos ravishda sifat tizimlarini sertifikatlash, EN 45000 seriyasidagi standartlarning talablariga muvofiqlikda sertifikatlashtirish bo‘yicha nufuzli Yevropa organini tuzishga alohida e'tibor berilmoqda. Keltirilgan standartlar yuqori sifatning kafolatlariga aylanishi, millionlab iste’molchilarni past navli mahsulotlardan himoyalashi, ishlab chiqaruvchilami sifat sohasidagi yangi yutuqlarga rag'batlantirishi kerak.
Yevropa bozorining me'yorda faoliyat yuritishi uchun yetkazib berilayotgan mahsulot mustaqil tashkilot tomonidan sertifikatlangan bo‘lishi kerak. Mahsulotni sertifikatlashtirishdan tashqari uning sifatini nazorat qiluvchi va baholovchi sinov laboratoriyalari va ishchilar ham akkreditatsiyalanadi. Ular faoliyatining asosiy omili — iste’molchi talablarining qondirilishini nazorat qilish va mahsulotning ishlab chiqaruvchilari va ta’minotchilari o'rtasidagi nizolarni hal qilish.
Firmalar mahsulotning sifatini oshirish sohasida yanada intensiv siyosat olib boradilar, jarayonlar esa yanada qattiqroq nazoratga olinadi.
Sifat Yevropa davlatlarining raqobatbardoshligini ta'minlash omiliga aylangan. Bunday strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilar talab qilingan:

  1. Yagona qonunchilik talablari (ko'rsatmalar).

  2. Yagona standartlar.

  3. Firmaning bozor talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yagona tekshirish jarayonlari.

1985-yilda standartlami muvofiqlashtirishning yangi g‘oyasi qabul qilindi, xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ayni paytda yagona talablarni bajarishda ISO — 9000 va EN 29000 standartlariga asoslaniladi. Mahsulotlarni SE belgisi bilan tamg‘alash joriy qilingan.
Sinovlar va sertifikatlashtirish bo'yicha Yevropa muvofiqlashtirish kengashi va sifat tizimlarini baholash hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevropa qo'mitasi tashkil qilingan. Buyuk Britaniya, Shvetsariya, GFR, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Gollandiya, Belgiya, Finlandiya, Norvegiya, Irlandiya va Italiyaning sertifikatlashtirish bo‘yicha tashkilotlari ushbu qo'mitaga a’zo bo‘lgan.
Olib borilayotgan ishdan asosiy maqsad — kam xarajatlar bilan yagona Yevropa bozorining millionlab iste’molchilarining so‘rovlarini to‘liq qondirish.
Yevropa bozori o‘ziga a’zo bo'lishni ko'zlagan boshqa mamlakatlarning firmalariga jiddiy vazifalar yuklaydi.
Raqobat kurashiga bardosh berish uchun Yevropaning yirik firmalari mahsulot sifatini boshqarishning ilg‘or shakllari va usullarini tanlash uchun birlashadilar, ulami mahsulotning barqaror sifatini kafolatlash bilan bog'laydilar. U barqaror texnologiya, nazoratning metrologik vositalari va mahsulotni sinovdan o‘tkazish, kadrlar tayyorlashning samarali tizimini o‘z ichiga oladi.
1988-yilning sentabrida G‘arbiy Yevropaning 14 yirik firmasi prezidentlari sifatni boshqarishning Yevropa fondi (SBEF)ni tuzish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.
SBEF ning faoliyat sohasi:

  1. Umumiy raqobatda ustunlikka erishish uchun sifatni yaratish jarayonini tezlashtirishda G'arbiy Yevropa kompaniyalarining rahbariyatlarini qo‘llabquwatlash.

  2. Sifatni yaxshilash va Yevropaning sifat madaniyatini mustahkamlash faoliyatida qatnashishda G‘arbiy Yevropa hamjamiyatining barcha segmentlarini rag'batlantirsh va ularga ko‘maklashish.

SBEF sifat bo'yicha Yevropa tashkiloti (SET) bilan hamkorlikda sifat bo‘yicha Yevropa mukofotini ta'sis qildi. Bu mukofot eng yaxshi firmalarga 1992-yildan boshlab taqdim etib kelinmoqda.
Sifat masalalarini hal qilishga Yevropa yondashuvining o'ziga xos xususiyatlari:

  • sifatni baholash va tasdiqlash bilan bog'liq barcha ishlarni olib borish uchun qonunchilik asosi;

  • milliy standartlarning talablari, qoidalar va sertifikatlash tartiblarini o'zaro muvofiqlashtirish;

  • mahsulot va sifat tizimlarini sertifikatlash ishlarini olib borishga vakolatli milliy tashkilotlar infratuzilmasi va tarmog‘ini yaratish, laboratoriyalarni akkreditatsiyalash, sifat bo'yicha mutaxassislarni ro‘yxatga olish va h.k.

Sifatga g‘arbiy (AQSH va Yevropa) va sharqiy (Yaponiya) yondashuvlami taqqoslash 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
Sifatga yondashuvlarni taqqoslash


Download 37,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish