Menejmentga kirish


-rasm. Ishlash qobiliyatining oʻrtacha statistik oʻzgarishlari



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

4-rasm. Ishlash qobiliyatining oʻrtacha statistik oʻzgarishlari 

yuqori faollik pallalariga ikki soatlik tanaffus tutashib turadi, uning vaqtida 
inson organizmi “ayovchi” rejimda ishlaydi; 

ishlash qobiliyatini avj olishi, kunning birinchi yarimiga toʻgʻri keladi, 
shuning uchun A-kategoriyasi vazifalarini kunni boshlanishida bajarish kerak 


190 

tushlikdan keyin, umumdorlikni ma’lum pasayishi payti keladi, bu davrdan 
ijtimoiy uchrashuvlar va mashaqqatli qoʻl faoliyati (V –kategoriyasi vazifalari) 
uchun foydalanish zarur, keyin esa B-kategoriyasi vazifalariga kirishish kerak. 
Tabiiy kunlik ritmni hisobga olish bilan ishlash tavsiya etiladi. Bunda shuni 
nazarda tutish kerakka, 4-rasmda tasvirlangan egri chiziqli ishlash qobiliyatining 
oʻzgarishlari, ehtimol, sizning shaxsiy ishlash qobiliyatingizdan bir oz farqlansa 
kerak, chunki har bir kishida me’yordan ba’zi bir chetga chiqishlar kuzatiladi. 
Shuning munosabati bilan oʻzining shaxsiy kunlik ritmni belgilash va muntazam 
kuzatishlar asosida oʻzining egri chiziqli ishlash qobiliyatini qurish kerak. Bundan 
tashqari, sizning
ishchi kuni tartibingizni ishlash qobiliyati grafigi bilan solishtirish va uni , 
ya’ni muhim ishlarni bajarish vaqtini sizning ishlash kobiliyatingiz bilan qanday 
qilib yaxshiroq solishtirish kerakligini hal qilish kerak. 
Yana ishlash qobiliyatining oʻzgarishlariga muvofiq keskin, ma’suliyatli 
faoliyatni muhimsizroq va keskin boʻlmagan bilan almashtirib turish tavsiya 
etiladi. 
Yana organizm bioritmlari tabiiy pallalarini ham hisobga olish kerak. 
Bioritmlar haqidagi ta’lim shunga asoslanadiki, har bir odamning jismoniy, ruhiy 
va aqliy holati davraviy oʻzgarishlarga moyildir, ya’ni faollik va boʻshashishning 
muntazam pallalari mavjud. Sutka davomida bioritmlar har ikki soatda (kuniga 10-
12 marta) sekinlashadilar: organizm davriy ravishda dam oladi. Harakatsizlik (dam 
olish) davri- bu ishchi rejimni almashishidir, u organizmni moʻtadil faoliyat 
yuritishiga yordam beradi. Agar bu narsa hisobga olinmasa, unda ortiqcha 
yuklanishlar muqarrardir. 
Ishning birinchi navbatda odam xarakterining xususiyatlari, uning 
moyilliklari va odatlari bilan belgilanuvchi usullari muvaffaqiyatning muhim omili 
boʻladi. Oʻz ish usullarini yaxshilash uchun, birinchidan, oʻz ish usullarining 
kuchli va zaif tomonlarini aniqlab olish, ikkinchidan, kuchli tomonlarini 
mustahkamlashga ragʻbatga ega boʻlish, uchinchidan, shaxsiy kamchiliklarni 
bartaraf qilishga harakat qilish kerak. 
Eng muhim va ahamiyatliga e’tiborni qaratish muvaffaqiyatli ishlashning 
muhim shart-sharoitlaridan boʻladi. Agar oʻzining barcha vazifalarini avvaldan ish 
kuni davomidagi keraksiz ishlardan qochishga yordam beruvchi savollar ostiga 
qoʻyilsa, ishni ancha yaxshilash mumkin. 
Hammadan avval oʻziga quyidagi savollarni berish kerak: 
-
Umuman nimaga buni qilish kerak? Bu ba’zi bir ishlarni haqiqatdan ham 
keraksiz ekanligi yoki faqat “umumiy tarzda” bajarish mumkinligini aniqlashga 
imkon beradi. 
-
Nima uchun men? Bu savol ishlarni oʻzi qilishi kerakligi yoki yoʻqligi 
nuqtai nazaridan tanqidiy qarashga arzimaydigan ishlarni bajarishdan saqlab 
qoladi. Oʻz xodimlaringizga ishoning va ularga topshirish imkoniyatlaridan 
koʻproq darajada foydalaning. Hozirgi vaqtda vujudga kelgan maqsadlar, 
ma’suliyatlar va huquq doiralarini oʻzingiz va xodimlar oʻrtasida taqsimlanishi 
qaytadan oʻylab koʻring?


191 
-
Nima uchun endi? Bu savol sizni ishni ijro etishni notoʻgʻri tanlangan 
muddati tufayli koʻp vaqt yoʻqotmaslikdan saqlab qoladi. Muddatlarni belgilab 
turib, ularni aniq qayd eting va aniqlab oling. “Ertaga, tushdan keyin, kun 
davomida” kabi muddatlarni belgilamang. Hamma ishlarni ham albatta “endi” yoki 
“darhol” qilish, hal qilish yoki muhokama qilish shart emas. 
-
Nima uchun bunday shaklda? Hamma vaqt ham oʻzingizning oddiy 
silliqlashtirilgan ish uslubingizni shubha ostiga oling va oʻz ishlaringizni ijro 
etishning yangi, ijodiy va ratsional usullarini qidirib toping. 
Koʻrsatib oʻtilgan tashkiliy tomoyillar va usullarga muvofiq namunaviy ish 
kunini tuzing, bunday “ideal kunni” boʻlish ehtimoli kam boʻlsa ham. Shunga 
qaramasdan undan kunlik rejani tuzish va amalga oshirishda moʻljal sifatida 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun namunaviy rejani vaqtning 
kundaligiga koʻchirish kerak, yana haftalik namunaviy rejani tuzish ham tavsiya 
etiladi. Bunda oʻzingizning “ideal kuningiz” va “ideal haftangizga” yana oila, sport 
bilan shugʻulanish, dam olish, doʻstlar bilan mulohatda boʻlish va h.k. ga tegishli 
boʻlgan shaxsiy ishlaringiz va maqsadlaringizni qoʻshish kerak.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish