Menejmentga kirish



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

ustivorliklarni 
belgilashni
koʻzda tutadi. Bu har xil ishlar ahamiyati boʻyicha katta farqlanishlari 
bilan bogʻliqdir. 
Koʻpincha rahbarlar birdagina ishning judayam katta hajmini bajarishga 
harakat qiladilar yoki, aksincha, oʻz vaqtlari va kuchlarini alohida, koʻpincha 
muhim boʻlmagan, ammo zaruriy boʻlib koʻringan ishlarga sarflaydilar. Buning 
natijasida shiddatli ish kunining oxiriga kelib, koʻp narsa qilinganga oʻxshasa ham, 
muhim ishlar yo tugallanmay qoldilar, yoki joylaridan umuman siljimaydilar. 
Muvaffaqiyatli menejerlar ish kuni davomida koʻpgina muhim masalalarni hal 
qilishga ulgurush bilan, ma’lum vaqt davomida bitta yagona vazifani bajarish bilan 
band boʻlishlari bilan ajratib turadilar. Buning uchun muhim ishlarning birinchi 
navbatdaligi haqidagi bir ma’noli qarorni qabul qilinishi, ustivorlarning tegishli 
roʻyxatini tuzish va unga rioya qilish shart-sharoitlar boʻlib xizmat qiladi. 
Ustivorlarni belgilash, rejaga kiritilgan vazifalarni ularning navbatliligi bilan 
izchil va tizimli bajarish zarur, bu quydagilarga imkon beradi: 

e’tiborni faqat bitta vazifani bajarishga jamlash; 

ishga maqsadga intilgandek kirishish va ma’lum muddatlarga rioya qilish; 

berilgan holatlarda qoʻyilgan maqsadlarga erishish; 

boshqalar tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan ishlarni chiqarib tashlash; 

rejaviy davr (hafta, kun)ning oxiriga kelib juda boʻlmaganda eng muhim 
masalalarni hal qilish; 

nizolar va stressli yuklamalaridan qochish. 
Bunda italiyali iqtisodchi V.Pareto (1848-1923) tomonidan shakl-lantirilgan 
tomoyilni hisobga olish zarur, unga koʻra alohidagi kichik qismlar guruhida 
ularning bu guruh sonidagi salmoqqa koʻra ancha katta miqdor topiladi. 


185 
Pareto tomoyiligi koʻra “80:20 nisbati” belgilash mumkin. Bu ish jarayonida 
20%da sarflangan vaqt (xarajat)da 80% natijalar (ishlab chiqarish)ga erishilishini 
bildiradi. Vaqtning qolgan 80% umumiy yakunning faqat 20%ni beradi.
Demak, boshidan eng oson, shoʻ’baiqroq yoki vaqtni kamroq sarflanishi talab 
qiluvchi ishlarga kirishish kerak emas. Masalalarga ularning muhimliligiga 
muvofiq kirishish zarur: dastavval ozgina “hayotiy muhimlar”, keyin- koʻp sonli 
“ikkinchi darajalilar”ga. 
Agar barcha vazifalar ularning yakuniy natijalardagi ulushlariga muvofiq 
tahlil qilinsa va keyin ABV usuli boʻyicha tahlil qilish yordamida kategoriyalar 
boʻyicha taqsimlansa, Pareto tamoyili aniqlanib olinadi. Bunda tahlil shundan kelib 
chiqadiki, juda muhim va kamroq muhim ishlarning uning umumiy sonidaga 
foizlardagi ulushi umuman oʻzgarmasdan qoladi. 
Pareto tamoyiliga koʻra menejerning barcha ishlarini uchta guruhga boʻlish 
mumkin: 

eng muhim ishlar (A kategoriyasi) ishlarning umumiy sonidan 1% yaqinni 
tashkil qiladi, ularning ahamiyati esa (maqsadga erishishga qoʻshilgan ulush 
ma’nosida) 6% ga yaqinni tashkil qiladi; 

kamroq muhim boʻlgan ishlar (B-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 
20% ga yaqin, ularning ahamiyati 20% ni tashkil qiladi; 

muhim boʻlmagan ishlar (V-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 6%, 
ammo ularning ahamiyati ishlarning umumiy ahamiyatliligidan faqat 1% ga yaqin. 
Vazifani ABV usuli boʻyicha tahlil qilib chiqish tavsiya etiladi, buning uchun: 
1)
ma’lum vaqt (oʻn kunlik, kun va h.k.)da hal qilish kerak boʻlgan barcha 
vazifalarning roʻyxatini tuzish; 
2)
vazifalarning ularning ahamiyatliligiga muvofiq navbatliligini belgilash. 
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vazifalarning muhimligi ularning 
shoshilinchligi bilan hech qanday umumiylikka ega emas; 
3)
vazifaga tartib raqamlari berish; 
4)
vazifani A,B,V kategoriyalariga muvofiq baholash: 
-
faoliyatni amalga oshirish uchun qayta topshirib boʻlmaydigan eng muhim 
vazifalar ( barcha vazifalardan 1%- A-kategoriyasi); 
-
boshqa kishilarga ijro etish uchun topshirilishi mumkin boʻlgan muhim 
vazifalar ( barcha vazifalardan 20%- B-kategoriyasi); 
-
qayta topshirilishi mumkin boʻlgan kamroq muhim boʻlgan (barcha 
vazifalardan 6% - V-kategoriyasi); 
5)
oʻzining vaqtinchalik rejasini vazifalarining birinchi navbatdaligidan kelib 
chiqqan holda mavjud vaqtni vazifalarning miqdoriga qaytadan tekshirish: 

rejalashtirilgan vaqtning 6% (3soatga yaqini)– A-kategoriyasi vazifalari; 

rejalashtirilgan vaqtning 20% (1soatga yaqini)- B-kategoriyasi vazifalari; 

rejalashtirilgan vaqtning 1% (4daqiqaga yaqini)- V-kategoriyasi vazifalari; 
6) tegishli tuzatishlar kiritish. Oʻzining vaqtinchalik rejasini A kategoriyali 
vazifalarni hal qilishga qarata turib, B va V kategoriyalarining muhimsizroq 
vazifalarni hal qilishga ularning miqdoriga mos keladigan vaqtni ajratish kerak; 


186 
7) B va V kategoriyalari vazifalarini ularni boshqalarga topshirish 
imkoniyatlari nuqtai nazaridan baholash zarur. 
Shunga e’tiborni qaratish kerakki, V kategoriyasi vazifalari keraksiz 
boʻlmadalar, chunki A va V koregoriyasi vazifalari bilan bir qatorda bajarilishi 
kerak boʻlgan koʻpgina dastlabki ishlar va mashaqqatli qoʻl mehnati mavjud. 
Menejer tomonidan ustivorliklar haqidagi qarorlarni qabul qilinishi- shaxsiy, 
sub’ektiv jarayondir. Ammo uni hal qilinishi doimiy ma’lumotlarga asoslanishi 
kerak. 
A-kategoriyali vazifalarni rejalashtirish va aniqlashda menejer quyidagi 
savollarga javob berishi kerak: 
-qaysi vazifalarni bajarilishi tufayli u asosiy maqsadlarini 
baja- 
rilishiga 
koʻproq darajada yaqinlashadi; 
-u bitta yagona vazifani bajarish yoʻli bilan birdaniga bir necha boshqalarni 
bajarishi mumkin; 
-qaysi vazifalarni bajarilishi kattaroq foyda keltiradi; 
-kaysi vazifalarni bajarilmaganligi salbiy oqibatlarga ega boʻladi. 
Haqiqitan ham muhim ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt koʻpincha 
shoshilinch, ammo unchalik muhim boʻlmagan ishlarga sarflanadi. Juda koʻp 
hollarda shunday vaziyat vujudga keladiki, unda rahbar qaysi ishga afzallik berish 
haqidagi qarorni tezroq qabul qilishi kerak. D. Eyzenxauerning qoidalariga koʻra 
,ustivorliklar ishning shishilinchligi va muhimligi kabi mezonlar boʻyicha 
belgilanishi kerak. 
Shoshilinchlik va muhimlikka koʻra quyidagilar ajratiladi: 

shoshilinch- muhim ishlar. Ularga darhol kirishish va oʻzi bajarishi kerak: 

shoshilinch - muhim boʻlmagan ishlar. Bu holda shoshilinchning 
“hokimligi” ostiga tushib qolgan va natijada faqat bu vazifalarni ular shoshilinch 
boʻlganliri uchun bajarish xavfi mavjud. Ammo ular judayam muhim boʻlmasalar, 
unda boshqalarga topshirilishlari kerak, chunki ularni bajarish uchun qandaydir 
alohidagi kasbiy sifatlar talab qilinmaydi; 

shoshilinch boʻlmagan - muhim ishlar. Ular, qoidaga koʻra, kutib turishlari 
mumkin. Bu ishlar shoshilinchga aylangan va qisqa muddatlar ichida rahbar 
tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan vaqtda kiyinchiliklar vujudga keladi. Shuning 
uchun ularning muhimligini qaytadan tekshirish va ularni bajarishni toʻliqligicha 
yoki qisman xodimlarga topshirish tavsiya etiladi; 

shoshilinch boʻlmagan – muhim boʻlmagan ishlar. Qoidaga koʻra, bu 
ishlarga darhol kirishish yoki ularni qoʻl ostidagilarga topshirish shart emas. Shu 
ishlarning ba’zi birlarini arxivga yoki savatchaga joʻnatish zarur. 
Shunday qilib, boshqaruv ishining unimdorligi va natijaligini ancha oshirish 
uchun menejer oʻz qoʻli ostidagilarni mehnatga undashi, ularga nafaqat muhim 
boʻlmagan (qoʻlda mashaqqat bilan bajariladigan) ishlarni topshirib, balki oʻzining 
javobgarligi sohasiga jalb qilishi kerak. 
Qoʻl ostidagilarga vazifalarni hal qilish, oʻz vazifasi sohasidan ishlarni 
bajarishni topshirish menejerning muhim vazifasi boʻladi. Shu bilan bir vaqtda 


187 
topshirilgan ish uchun vakolatlar va javobgarlik ham topshirilishi kerak . Bunda 
rahbar topshirish mumkin boʻlmagan rahbarlik uchun javobgarlikka ega boʻladi. 
Vakolatlarni topshirish uzoq muddatga ( uzoq yoki bosh topshirish) yoki 
cheklangan bir martali topshiriqlar (bir martali topshirish) bilan amalga oshiriladi. 
Topshirishda xodimlarning oʻzlari oʻz ishini rejalashtirishlari, ustivorliklarni 
tanlab olishlari, uni bajarish usullarini belgilashlari, uning sifatini qachon va 
qanday tekshirishni hal qilishlari mumkin. Ular muammoning shaxsiy yechimlarini 
qidirib topganliklari yoki ular, rahbar- ning emas, balki guruhning boshqa a’zolari 
yordamida hal qilganliklari uchun ragʻbatlantiriladilar. 
Rahbarda rahbarlik vazifasi ( A – kategoriyasi vazifalari)ni bajarish uchun 
boʻsh vaqt hosil boʻladi, xodimlarga esa oʻz qobiliyatini ochish uchun imkoniyat 
(motivatsiya) beriladi, shuning uchun topshirish ham rahbar va qoʻl ostidagilar 
uchun bir xilda foydalidir. Qoidaga koʻra, qoʻl ostidagilar rahbarning uslubini, agar 
u koʻp narsalarni topshirsa, ijobiy baholaydilar. 
Xodimlarni topshirish jarayonida birgalikda ishtirok etishlari darajasi rahbarni 
oʻz vazifasini bajarishni bilishini aks ettiradi. Shu narsa ma’lumki, oʻz 
vakolatlarini muvaffaqiyatli topshiruvchi rahbar samarali menejmentni amaga 
oshiradi. Vakolatlarni topshirishni har kuni, iloji boricha koʻproq va ishchi vaziyat 
va xodimlar salohiyati qanchalik imkon bersa, hamda korxonani qayta tashkil 
qilinishi va tarkibiy qayta qurilishida, faoliyatning yangi sohalarini paydo 
boʻlishida,- buning ustiga nafaqat oʻzining qoʻli ostidagilarga emas, balki boshqa 
boʻlinmalar va servis xizmatlariga amalga oshirish tavsiya etiladi. 
Menejer aniq topshiriqlarni topshirishida oʻziga berishi kerak boʻlgan 
quyidagi oltita yordamchi savollar mavjud: 

Nima qilinishi kerak? 

Buni kim qilishi kerak? 

Nima uchun u qilishi kerak? 

U qanday qilishi kerak? 

Bu nimani yordamida qilishi kerak? 

Buni qachon qilish kerak? 
Vakolatlarni samarali topshirish mehnatni tegishli ravishda tashkil qilishni 
koʻzda tutadi: rahbar tomonidan vazifalarni topshirishni rejalashtirish va ularni 
bajarilishi va muddatlarga rioya qilinishi ustidan nazorat varaqalari yordamida 
nazorat qilish. 
Boshqaruv faoliyatining natijaliligi uchun vaqtini ratsional sarflanishi nuqtai 
nazaridan menejer mehnat jarayonini tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega. Bu 
narsa uning mehnatini shartli uch qismga boʻlishni taqazo qiladi. 
Bunga koʻra ish kunining tashkiliy tamoyillarini ham uchta guruhga boʻlish 
mumkin. Masalan, kunni boshlanishi qoidalari: 
1.
Kunni ijobiy kayfiyat bilan boshlang. Har kuni oʻzingizga quyidagi savolni 
bering: Qanday qilib bu kun meni oʻzimning maqsadlarimga etishtiradi? 
Yana quyidagi jahatlarni ham oʻylab koʻrish zarur: 

Bugun kim bilan uchrashish zarur? 


188 

Bugungi kun qanday qiyinchiliklar va muammolarni “tayyorlab qoʻyishi” 
mumkin, ularni qanday engib oʻtish mumkin? 
2. Ishni iloji boricha bir xil vaqtda boshlang. 
3. Kecha kechqurun tuzilgan oʻzingizning kunlik rejangizni, vazifalarning 
muhimligi va shishilinchligi darajasini baholab, qaytadan koʻrib chiqing va 
tuzatishlar kiriting. 
4. Ishni gazetalar va xatlarni oʻqiishga qadar va iloji boricha hamkasblar va 
qoʻl ostidagilar ish kunlarini boshlagunlaricha, kunning eng muhim vazifalarini 
bajarishdan boshlang, chunki kun davomida siz joriy ishlar va har xil chalgʻitishlar 
bilan shunchalik band boʻlasizqi, eng muhim masalalarni bajarishga etarlicha vaqt 
ajratishingiz dargumon. 
. Kunning rejasi, muddatlar va ustivorliklarni kotib bilan muvofiqlashtirib 
oling, u faoliyat uchun muvofiq sharoitlar yaratishda sizning sherigingiz boʻladi. 
Kunning asosiy qismlarining qoidalari: 
1. Ishga va rejalashtirishga tayyorlanish yoʻli bilan oʻzingizning shaxsiy ish 
vaqtingizni tejang. 
2. Vazifani bajarish uchun qulay muddatlarni belgilang, hamda muqobil 
variantlarni toping. 
3. Toʻsatdan paydo boʻlgan shoshilinch muammolarni hal qilishga 
chalgʻimang. Har bir tashkilotda koʻzda tutilmagan vaziyatlar vujudga keladi, 
ammo ularga chalgʻib ketish rejalashtirilgan muhim vazifalarni ba’zi bir vaqtga 
chetga surib qoʻyishga va buning oqibatida, vaqt va mablagʻlarni qoʻshimcha 
sarflanishiga olib keladi. 
4. Rejalashtirilmagan beixtiyor harakatlardan qoching. Agar siz ish vaqtida 
qandaydir boshqa narsani qilishni istab qolsangiz, masalan, kimgadir qoʻngʻiroq 
qilishni, bu narsa sizni joriy ishingizga halaqit beradimi yoki yoʻqmi, oʻylab 
koʻring. Agar vazifalarni bajarishda sizda shoʻ’baiqarli gʻoya yoki muhim axborot 
paydo boʻlsa, uni qisqacha yozib qoʻying va unga keyinroq murojaat qiling. 
. Muntazam ravishda (1 soat ishlagandan keyin) qisqacha (10 daqiqadan koʻp 
boʻlmagan) tanaffuslar kiling. Tanaffusga dam olish vaqtidagi energiyani toʻplash 
sifatida qarang. 
6. Kichikroq bir turli vazifalarni ishchi bloklariga birlashtiring. Jarayonning 
uzliksizligi tufayli vaqt tejaladi. 
7. Boshlangan ishni oxirigacha etkazishga harakat qiling. Asosiy ishdan 
chalgʻishga ancha vaqt sarflanadi, chunki unga qaytishda bir marta qilib 
boʻlganlarni yana takrorlashga toʻgʻri keladi. 
8. Kutishlar va “boʻsh yurishlar”dan tashkil boʻlgan vaqtning 
rejalashtirilmagan oraliqlari, hamda tushlik tanaffus va ish kuni oxiridan oldingi 
soʻnggi daqiqalardan tayyorgarlik, rejaviy yoki qoʻldagi mashaqqatli faoliyat 
uchun foydalaning. 
9. Davrga qarshi ishlang. Eng muhim rejalashtirilgan vazifalarni tinchroq 
tushlikkacha boʻlgan vaqtda, ya’ni boshqa xodimlarda faoliyat avjiga chiqqan va 
ishdagi keskinlik choʻqqiga etgan davrga qadar bajaring. Bunda “notinch” davrdan 
B-kotegoriyali vazifalarni bajarish uchun foydalaning.


189 
10. Muhim ishlarni bajarish uchun sizga hech kim halaqit bera olmaydigan bir 
tinch yoki aniq soatni zaxira qilib qoldiring. 
11. Oʻzingiz uchun vaqt (1 soat)ni belgilang, undan oʻzingizning kunlik
rejangizga kiritilgan va uzoq muddatli xarakterga ega muhim, ammo shoshilinch 
boʻlmagan ishlar, masalan malakani oshirish uchun foydalaning. 
12.Vaqt va rejalarni nazorat qiling, hamda oʻzingizning kunlik rejalaringizni 
ularni bajarilishi, yangi ustivorliklarni belgilanishi nuqtai nazaridan koʻp martalab 
qaytadan tekshiring.
Ish kuning yakunlash qoidalari :
1.
Ishning natijalarini nazorat qiling, ya’ni koʻplik rejada moʻljallanganni 
haqiqiy bajarilgan bilan qoʻyilgan maqsadlar va ulardan chetga chiqishlarni 
hisobga olish bilan solishtiring. 
2.
Keyingi kunga rejani vaqt kundaligidan foydalanish bilan oldingi kuni 
kechqurun tuzing. 
3.
Uyingizga yaxshi kayfiyat bilan joʻnang. Hayotning ijobiy tarzdagi 
ma’nosida har bir kun qanday sifat boylikka egaligini his qilish muhimdir. 
Bu qoidalar kunlik rejani tuzish uchun ishga undovchi boʻlib xizmat qilishlari 
kerak. 
Yana shuni hisobga olish kerakki, odamning ishlash qobiliyati ma’lum 
oʻzgarishlarga moyildir. Uning kun davomidagi oʻrtacha statistik oʻzgarishlarini
4-rasmda tasvirlangan egri chiziq koʻrinishida tassavvur qilish mumkin 
Rasmdan koʻrinishicha: 
Is
h
la
sh
q
o
b
il
iy
at

8 9 10 11 12 13 14 1 16 17 18 19
Sutkaning vaqtlari 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish