Menejmentga kirish


qarorlarga  boʻlgan talabalarni



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

qarorlarga 
boʻlgan talabalarni
xisobga olish, aniq qaror qabul qilish maqsadini butun xalq
xoʻjaligini maqsadiga muvofiqlashtirish mexnat jamoasi manfaatlarining jamiyat 
manfaatlari bilan mos kelishini oldindan belgilash, mexnat va moddiy resurslardan 
tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va sotsial rivojlanish tendentsiyalarini 
xisobga olish zarur. 
Qayd qilinganlarni umumiylashtirib aytganda boshqaruv qarorlari quyilagi 
talablarga javob berishi kerak: 
Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar 
Boshqaruv qarorlari: 
Ilmiy asoslangan boʻlishi 
lozim. 
*boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish xolatini 
taxlil qilishdan kelib chiqib, iqtisodiy, texnikaviy va 
boshqa sotsial qonunlarning amal qilishini xisobga
olib, Hozirgi zamon fan- texnika yutuqlari negizida 
qabul qilishi kerak. Oʻz mazmuniga koʻra u loʻnda, 


105 
chuqur boʻlishi lozim. 
Bir-biri bilan aloqa-dor 
va yakdil boʻlishi kerak 
*Muayyan vazifani xal etishda koʻpincha asosiy 
maqsadlardan kelib chiqadigan bir qancha qoʻshimcha 
vazifalarni xal etishga toʻgʻri keladi. Bu vazifalar qaror 
qabul qilinayotgan bosh vazifaga boʻysindirilishi lozim. 
Barcha qarorlar, koʻrsatmalar, nizomlar bir-biri bilan 
bogʻlanadi. 
Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va 
amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi. 
Xuquq va javobgarlik 
doirasida boʻlishi lozim 
* Raxbar qarorni oʻziga berilgan xuquqlar doirasidagina 
qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning 
barcha boʻgʻinlarida xuquq va javobgarlik koʻlami va 
nisbati toʻgʻrisida borayapti. Xuquqlar katta boʻlib, 
mas’uliyat kam boʻlsa ma’muriy oʻzboshimchalikka, 
oʻylamasdan qaror qabul qilishga yoʻl ochiladi. 
Xuquqlar ozu mas’uliyat katta boʻlsa, bu xam xech 
qanday naf keltirmaydi. 
Aniq 
va 
toʻgʻri
yoʻnalishga ega boʻlishi 
kerak 
*Xar qaysi qaror aniq adresga ega boʻlishi va 
bajaruvchiga tushunarli boʻlishi lozim. Qarordan bir 
necha ma’no kelib chiqishi va uni turlicha talqin yoki
tushunishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. 
Vaqt 
boʻyicha 
qisqa 
boʻlishi kerak 
*Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida 
qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim. 
Vaqt boʻyicha aniq 
boʻlishi lozim 
*Raxbar oʻz qaoʻl ostidagilarga topshiriqning bajariish
muddatini aniq koʻrsatmasdan berishi mumkin emas. 
Aks xolda u topshiriqning bajarilishini ob’ektiv
ravishda nazorat qilsh imkoniyatiga ega boʻlmaydi. 
Tezkor boʻlishi kerak 
* Bunday qarorlar oʻz vaqtida, oʻsha zamonoq, ya’ni 
ishlab chiqarishda vaziyat shuni talab qilgan vaqtning 
oʻzidagina qabul qilish zarur. Kechikib yoki 
shoshqaloqlik bilan qabul qilingan xar ikkisi xam 
zararlidir. 
Samarali boʻlishi lozim 
*Qabul 
qilingan 
qarorning 
samaraligi 
deganda
qoʻyilgan maqsadning eng kam xarajat bilan erishishi 
tushuniladi. 
Ma’lum, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi xolatning boʻlishi 
lozim boʻlgan xolatga mos tushmasligi natijasida sodio boʻladi. Ana shu erning 
oʻzida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob 
berish talab qilinadi: 
*nima qilish kerak (masalan, ist’molchilarning yana qanday yangi 
extiyojlarini qondirish kerak, yoki eski extiyojni qanday sifat koʻrsatkichlari bilan 
yaxshilash lozim). 
* qaysi vositalarni qoʻllash kerak (qanday texnologiyani qoʻllash lozim). 


106 
*ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada boʻlishi kerak; 
*qanday miqdorda, boʻlishi kerak; 
*kim javobgar boʻlishi kerak; 
*kimga va qaysi baxoda sotish lozim; 
*bu ishlab chiqarish xizmat investorga va damiyatga nima beradi; 
*qaysi muddatlarda bajarilishi kerak. 
Boshqaruv unsurlari tarkibida raxbarlarning vakolati va javobgarligi muxim 
axamiyatga ega. Ma’lumki xar bir raxbar qabul qiladigan qarorlar doirasi xar xil 
boʻladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor xarakterdagi kundalik masalalarga 
doir, tsex boshligʻi xuddi shu tezkor masalalar yuazasidan tsex va uchastkalarning 
ishini muvofiqlashtirishga, oʻzaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. 
Dirketor )rais) asosan prespektiv (istiqboldagi) masalalar boʻyicha qaror qabul 
qilish kerak. 
Raxbarlar bunday qarorlarni qabul qilishda turlicha yondashuvda boʻladilar. 
Ulardan ayrimlari oʻzlari qarorlar qabul qiladilar, olingan natijalar toʻgʻrisida 
yuqori raxbarlarni ogox qiladilar. Boshqa birovlar yuqori boshliq bilan 
maslaxatlashib, kelishib olmagungacha biron qaror xam qabul qilmaydilar. 
Shunday raxbarlar xam boʻladiki, faqat yuqori tashkilotlar buyrugʻiga qarab 
turadilar, oʻzlari mustaqil ish qilmaydilar, ularda ishonch boʻlmaydi, turli 
baxonalarni roʻkach qilaveradilar. 
Shu sababli xar bir boshqaruvchining xuquq via burchlari, mas’uliyati va 
javobgarligining aniq belgilanib qoʻyilgani boshqaruv jarayoni uchun oʻta
zarurdir. Qaror qabul qilishda buning uchun kim javob burishi mutloq aniq boʻlishi 
kerak. Xuddi shuningdek, qaror oʻz vaqtida qabul qilinmaganligi yoki muddatidan 
oʻtkazib yuborilganligi uchun kim javob berishi xam aniq boʻlishi lozim. 
Koʻpichilik masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qilishga 
erishmoq kerak. Boshqaruvning xar bir boʻgʻini oʻz ishini bajarishi kerak, yuqori 
organlarga xadeb murojat qilaverilsa, ular yirik muammolar bilan shugʻulanishga 
etarli vaqt topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar oʻz xuquqlari dorasidagi 
masalalarni tezkor xal qilishlari mumkin. 
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil 
moxiyatga va mazmunga ega boʻlgan minglab qarorlar qibal qilinadi. Ularni
quyidagi belgilar boʻyicha guruxlarga boʻlish mumkin. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish