TOPSHIRIQ.-3.TEST TUZISH
1. Boshqaruv jarayonining bosqichlarini ayting.
a) Rahbar va boshqaruv apparatining maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlari
b) Maqsadni aniqlash, tizim ahvolini aniqlash, boshqariluvchi tizimiga haqiqiy
ta’sirni koʻrsatish
c) Rahbarning axborotaviy tahliliy ishi
d) Rahbarning tashkiliy ishi
2. Boshqaruv funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
a) Boshqaruvning ma’lum vazifalarini yyechishga yoʻnaltirilgan bir xil turdagi
ishlar yigʻindisi
b) Bu boshqaruv apparati ishlarining mehnat jarayoni
c) Bu ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish
d) Bu ishlab chiqarishni tashkil etish
3. Boshqaruv jarayoni bosqichlarini aniqlang.
a) Axborotaviy ish, maqsadga muvofiqlik
b) Maqsad, hodisa, muammo echimini aniqlash
c) Axborot ishlari, harakat variantlarini tanlash
d) Tashkiliy va amaliy ish
4. Boshqarish davrlarini aniqlang.
a) Maqsadni, holatni, muammoni aniqlash
b) Tahliliy, axborotaviy va tashkiliy ishlar
c) Oldindan maqsadni anglash
d) Vaziyat, muammo, yechim
. Asosiy va aniq funksiyalarni koʻrsating.
a) Biznes-reja, marketing, motivatsiya
b) Mehnatni, mahsulot sifatini, xodimlarni boshqarish
cTartibga solish, ragʻbatlantirish, hisob va nazorat
d) Asosiy ishlab chiqarishni, yordamchi ishlab chiqarishni, xodimlarni
boshqarish
4.2.“MENEJMENT” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMGA DOIR
KEYSLAR
KEYS-1.KENNI ROJERS ROSTERS XITOY BOZORIDA
1999 yilning boshida Franshiz Investment Korporeyshn of Azia (FIKA)
tashkiloti Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi bilan franchayzing
shartnomasini imzoladi va uning kontseptsiyasini Xitoyning ikki yirik shaharlari –
Pekin va Shanxayda yoyish huquqiga ega boʻldi. Ushbu loyihani amalga oshirish
maqsadida FIKA tashkiloti prezidenti Toni Vang qiziqish bildirgan mahalliy
kompaniyalardan uchtasi bilan muzakaralar olib borishni boshladi.
Kelishuvning tarixi quyidagicha. 1964 yilda Kentukki Fraed Chiken (KFCh)
firmasining advokati boʻlmish 29 yoshli Djon Broun 60 yoshli Dek Massey bilan
birgalikda KFCh firmasini 74 yoshli Garland Sandersdan 2 mln. Dollar evaziga sotib
olishadi. Keyingi besh yil mobaynida sheriklar kompaniyaning mavjud restoranlari
349
qatoriga yana minglab yangilarini qoʻshishdi va oʻrtacha sotuv hajmini yiliga 96%ga
koʻtarishga erishdilar.
Kompaniya bu oʻsishga quyidagilar evaziga erishdi:
1.
Bozorga kirishning nisbatan kamxarajat yoʻli boʻlgan franchayzing
shartnomalarini mahalliy restoranlar bilan imzolashni yoʻlga qoʻydi.
2.
Kompaniya rahbari Broun eng perspektiv loyihalarni tanlash qobiliyatiga
ega edi.
1971 yilda KFCh Geblen Ink. kompaniyasiga 27 mln. dollar evaziga sotildi.
Natijada ikkala sherik juda boyib ketishdi.
70-yillarda Broun Kentukki shtatining gubernatori etib saylandi va birdaniga
uchta basketbol klubiga (shular qatorida Boston Seltiks) ega boʻldi. 80-yillarning
oxirlarida AQShda ekologik toza va sogʻlom taomlarga talabning keskin oshishi
natijasida koʻpgina restoran egalari sohlom taom menyularini taklif qiladigan yangi
tipdagi restoranlarga pullarini tika boshladilar. Ushbu yangi talabni hisobga olgan
holda, Broun asosiy taomi olovda tayyorlangan tovuq boʻlgan yangi kontseptsiyadagi
restoranlar zanjirini ochishni rejalashtirdi. Maqsadini amalga oshirish uchun u
oʻzining eski qadrdoni, oʻsha paytlarda Amerikada mashhur boʻlgan hofiz, 3 ta
Gremmi, 4 ta platina albom, ta multiplatina albom va bir qator oltin albomlar sohibi
Kenni Rodjersni taklif etadi.
Shunday qilib, Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi 1991 yil 17 yanvarda
Kentukki shtatining Luisvill shahrida birinchi restoranini, avgustda esa Florida shtati
Koral Geybls shahrida ikkinchi restoranini ochdi. Restoranning asosiy menyusi
ziravorlar va tsitrusda marinadlanib, kuchli olovda qovurilgan tovuq goʻshti hamda
bir necha xil garnirlardan (masalan, qaylali kartofel pyuresi, pishirilgan loviya, pasta-
salat) tashkil topdi. Kompaniya juda tez suratlarda oʻsa boshladi, xodimlar soni
kishidan 100 kishiga etdi. 199 yilning oxiriga kelib u oʻz qarorgohini Florida
shtatining Fort-Lauderdeyl shahriga koʻchirib, 310 ta restoranga egalik qila boshladi.
KRRning AQShning 3 ta shtatida, Kanadada oʻndan ortiq, Gretsiya, Kipr, Isroil,
Malayziya, Koreya, Filippin, Yaponiya, Singapur va Iordaniyada bittadan restoranlari
faoliyat olib borardi. 2002 yilgacha kompaniya oʻz restoranlari sonini AQShda 1200
tagacha, boshqa davlatlarda 240 tagacha etkazishni rejalashtirdi.
1999 yil holatiga kompaniya hali oʻz aktsiyalarini investorlar orasida uncha
keng taqsimlamagan edi. Firma mulki uning egalari tomonidan quyidagicha
taqsimlangan edi: 28% Brounga, 14,% Kenni Rojersga, 3% malayziyalik investorlar
guruhiga va qolgan 22,% Broun va Rojersning bir qator tanishlariga tegishli edi.
Brounnnig oʻzi kompaniyaning direktorlar kengashi raisi etib saylangan edi. Rojers
direktorlar kengashi a’zosi boʻlib, bevosita firma faoliyatida ishtirok etmasdi, lekin
kompaniya imijini ommalashtirishda faol ishtirok etardi. Kompaniyaning
boshqaruvchilar tarkibini shakllantirishda Broun ilgari oʻzi bilan KFChda ishlagan
odamlarni va Vendays, Burger King, Pitstsa Xat, Arbayz, Makdonalds kabi tezkor
xizmat koʻrsatish restoranlari zanjirlarida ishlaydigan tajribali mutaxassilarni taklif
qildi.
AQShda KRR restoranlari bir vaqtning oʻzida 180 tagacha mijozga xizmat
koʻrsatish imkoniyatiga ega edi. Restoranlar asosan kantri-vestern uslubida,
350
Rojersning ijodiga mos holda bezalardi. Ularda Rojers videolarini va reklama
roliklarini namoyish etadigan monitorla oʻrnatilgan edi.
Oʻtin yoqiladigan mangallar restooranning koʻzga tashlanadigan sohalariga
joylashtirilardi. Garnirlarning xilma-xil turini taklif etadigan bufet-ustun ham
oʻrnatilardi. KRR restoranlarida hamma taomlar joyida tayyorlanardi. Tovuq goʻshti
tuni bilan marinadlanardi va kuchli olovda tayyorlanardi. Ba’zi garnirlar kompaniya
qarorgohi yaqinidagi oʻquv markazida tayyorlanadigan yarimfabrikatlardan qilinardi.
Mehnat xarajatlari sotuvlarning 26-27% ini, xom-ashyo xarajatlari esa 30% ni tashkil
etardi.
Kompaniyaning umumiy daromadi 1993 yilda 68,7 mln., 1994 yilda 10 mln.,
1999 yilda 321 mln. dollarni tashkil etdi. 199 yilda oldinda buyurtma boʻyicha
sotuvlar umumiy sotuvlar hajmining 4-0% tashkil etdi va kompaniya bu koʻrsatichni
60% ga etkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Restoranning maxsus darchasi
orqali yoʻllarda sotuvlar hajmi haftasiga 1800 ta tovuqni, tushumlar esa yiliga 1 mln.
dollarni tashkil etdi.
1999 yiildan e’tiboran KRR kompaniyasining rivojlanishiga franchayzing
shartnomalarining imzolanishi katta turtki boʻldi. 310 restorandan 8% i bilan
franchayzing shartnomalari tuzildi. Kompaniyaning barcha xorijiy restoranlari aynan
shu sxema asosida ishlardi. Shartnomalarni imzolashda restoran biznesini sevadigan
va biladigan restoranlarga imtiyoz berilardi. Kompaniya franchayzing shartnomalari
va kontraktlarni oʻrtacha 20 yil muddatga imzolardi. Franchayzing shartnomalari
alohida restoranlar bilan imzolansa, kontrakt shartnomalari -10 talik restoranlar
guruhlari bilan tuzilardi.
KRR bilan franchayzing shartnomasini imzolashdagi birlamchi toʻlov 29, ming
dollarni, joriy toʻlovlar esa yiliga sotuv hajmidan 4,% ni tashkil etardi. Bundan
tashqari, Kompaniyalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqish fondiga 0,7%,
Milliy reklama fondiga 2% va Mahalliy reklama fondlariga kamida 3% dan toʻlovlar
amalga oshirilardi. Boshlangʻich toʻlov shartnoma imzolangunga qadar, qolganlari
esa oy sayin toʻlab borilardi. Rivojlanish kontraktlari boʻyicha toʻlovlar ham
yuqoridagilar kabi amalga oshirilardi. Boshlangʻich toʻlovdan tashqari, mijoz
guruhga qabul qilinadigan har bir qoʻshimcha restoran uchun 10 ming dollar
miqdorida toʻlovni amalga oshirardi. Bu toʻlov restoran qurilishi boshlanishi bilan
toʻlanardi.
Kompaniya tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, AQShdagi har
bir yangi restoran qurilishi 60 dan 672 ming dollargacha, mavjud restoranni
rekonstruktsiya qilish esa 40 dan 4 dollargacha boʻlgan mablagʻni talab qilar ekan.
Bu xarajatlarning tarkibiga ijara haqi, me’moriy va muhandislik ta’minoti xarajatlari,
sugʻurta, litsenziyalash, asbob-uskunalar, jihozlar, ma’muriy xarajatlar, birlamchi
xom-ashyolarga xarajatlar va boshqalar kiradi.
KRR kompaniyasi franchayzilar va restoranlar uchun xodimlarni tayyorlashga
muhim ahamiyat qaratdi. Uchta tayyorlov kurslaridan iborat tsikl KRR qarorgohi
qoshidagi tayyorlov va rivojlantirish markazida amalga oshirilardi. Hamma
xarajatlar, jumladan transport, istiqomat qilish bilan va hokazolar franchayzi
zimmasiga yuklatilardi. Birinchi kurs uch kun davom etadi va yangi franchayzilar va
351
sheriklar uchun moʻljallangan. Qolgan ikki kurs birinchisidan farqli oʻlaroq majburiy
hisoblanmaydi. Har bir franchayzi sertifikatsiyadan oʻtishi shart va kamida 2 ta
menejeri boʻlishi kerak. Barcha menejerlar uchun bitta kurs 4 haftalie intensiv dastur
asosida tashkil etiladi va restoran ochilishigacha 4-6 hafta oldin oʻtkaziladi (birinchi
daraja). KRR kompaniyasi mutaxassislar tayyorlashning oʻziga xos uslubidan
foydalanar, unga koʻra har bir menejer oʻzining ustozi bilan birga yashab, ulardan
kunlik operatsiyalarning barcha aspektlarini oʻrganishardi.
Ikkinchi daraja menejerlarni bosh direktor lavozimiga tavsiya etishganida talab
etiladi. Bu 6-kunlik dastur faqatgina operatsion amallarni oʻrganish bilan
chegaralanibgina qolmay, menejmentning nozik qirralariga, masalan personal va
mijozlar bilan munosabatlar, ayniqsa muammoli vaziyatlardagi holatlarga e’tiborni
qaratadi.
AQShda yangi restoranning ochilishi bilan 60-6 ish oʻrni yaratiladi va bu ish
oʻrinlarining taxminan 60% i faoliyatning ilk oylarida band etiladi. KRRning
tayyorlov va rivojlantirish markazi uskunalarni ishlatish va taom tayyorlash bilan
bogʻliq operatsiyalarni namoyish etadigan 12 qismdan iborat videodasturni ishlab
chiqdi. Bu videomaterial mahalliy xodimlar bilan bir qatorda xorijdagi xodimlarni
ham tayyorlashda ishlatiladi. Har bir mamlakat uchun alohida menyularni tuzish
jarayoni restoranlar faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. Masalan, pishirilgan
loviya bilan bekonga boʻlgan talab musulmon mamlakatlarida juda past. Bunday
holatlarda franchayzilar mamlakatda sertalab va shu bilan birga kompaniya
standartlariga javob beradigan taomlarni taklif qilishlari zarur. Bir xil taomni
tayyorlashda har bir mintaqaning mijozlarining didi va talablarini e’tiborga olish juda
zarur. Masalan, Tinch okeani mintaqasida taom tayyorlashda iloji boricha kamroq
shakar mahsulotlarini ishlatish tavsiya etiladi. Biroq, har bir menyu kompaniya
qarorgohi bilan kelishilgan holda tuzilishi lozim.
Menyuni ishlab chiqishda KRR oʻzining aksar mahsulotlari va uskunalariga
umumiy standartlarni joriy qildi. Oʻz-oʻzidan ma’lumki, kompaniya dunyoning har
bir mamlakatida tovuq goʻshti, non mahsulotlari, ziravorlar, marinadlar, qadoqlarni
etkazib beruvchilarni belgilab oladi. Aksariyat hollarda mahalliy tovuq goʻshti
352
yetkazib beruvchilarni topish qiyin emas. Ammo ba’zi maxsus mahsulotlar,
marinadlar va qadoqlar kompaniyaning amerikadagi etkazib beruvchisidan sotib
olinadi.
KRR qarorgohi va franchayzilar oʻrtasidagi aloqaning uzluksizligini ta’minlash
uchun har bir franchayzi oʻz restoranlarida kompyuter tizimini oʻrnatishi alab
qilinadi. Bunday tizim KRRga har bir restorandan sotuvlar toʻgʻrisidagi
ma’lumotlarni oʻz vaqtida olishga va franchayzini moliyaviy hisobot tayyorlash va
restoranni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur boʻlgan axborot bilan ta’minlash
imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kompaniya dunyoning har bir mamlakatida
zahiralarni boshqarish, daromad-yoʻqotishlar koʻrsatkichi nazoratining standart
shakllariga ega.
Keysning boshida aytilganidek, KRRning Xitoy bozoriga kirishida KFChning
sobiq xodimi, Uzoq Sharq mintaqasida katta ish tajribasiga ega boʻlgan Toni Vang
bosh figuraga aylangan edi. Toni Vang 1944 yilda Xitoyning Sichuan provintsiyasida
tugʻilib, Tayvanda ulgʻaydi va 60-yillarning oxirlarida AQShga koʻchib oʻtdi.
AQShda u avvaliga Kentukki shtati Luisvil shahridagi KFCh kompaniyasida menejer
boʻlib ishladi. Bir qator lavozimda koʻtarilishlardan soʻng u 1986 yilda
kompaniyaning Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidentiga aylandi.
Uning ofisi Singapurda joylashgan boʻlishiga qaramasdan, Vang asosiy e’tiborini
Xitoyga qaratdi (1,2 mlrd. aholi va ovqatlanish industriyasining sust rivojlanganligi
tufayli). 1987 yilda u Pekin shahrida birinchi gʻarb andozasidagi tez ovqatlanish
restoranini ochishda bevosita ishtirok etdi. Bu restoran KFChning dunyodagi eng
yirik restoraniga aylandi va Tyananmqn maydonida Mao maqbarasining roʻparasida
joylashdi.
Qushma korxona tuzishda sheriklarni tanlashda Vang restoran rivoji uchun
joylashish joyi maqbul boʻlganlariga xayrixohlik bildirardi. U restoranni ochishda va
uning keyingi faoliyati rivojida oʻziga tegishli rol oʻynaydigan uchta xitoylik sherikni
tanladi: Pekindagi hayvonlarni urchitish byurosi (qoʻshma korxonaning 10% ulushiga
ega) restoranni mahalliy tovuqlar bilan ta’minlashni oʻz boʻyniga oldi; Pekin turist
byurosi (ulushi 14%) joyni tanlashda, hukumatdan turli ruxsatlarni olishda, ijara va
personalni tanlashda yordam berardi; Xitoy banki (ulushi 2%) daromadni
konvertatsiyalashda yordam berardi. Tovuq narxining yuqori boʻlishiga qaramasdan
(AQShga nisbatan ikki barobar qimmat), loyiha oʻzini oqladi. Vang Xitoyda restoran
ochilishini quyidagicha baholadi: “Biz kommunistik davlatlardagi ilk gʻarbiy tez
xizmat koʻrsatuvchi restoran edik. Bu judayam hayajonli gʻoya edi. Ertalablari
restoran ochilishi oldidan uning eshiklari tagida katta navbat toʻplanardi va biz bu
navbatni tartibga solish uchun politsiyani chaqirishimiz odatiy holga aylangandi”.
1989 yilning sentyabr oyida Toni Vang KFCh kompaniyasidan SP Fuds Servises
Ko (bu firma Osiyoning eng yirik qishloq xoʻjalik kompaniyasi hisoblanmish
Charoen Pokfand Grupp tarkibiga kirardi) kompaniyasiga prezident boʻlib oʻtdi.
Yana ikki yildan soʻng Vang AQShga qaytdi va V.R.Greys end Ko ga tegishli Greys
Fud Servises kompaniyasiga prezident boʻldi. Bir yil oʻtib Vang aylanmasi 1,2 mlrd.
dollar boʻlgan Fudmeyker Interneshnl kompaniyasiga prezident etib tayinlandi.
353
Oʻzining 8 yillik faoliyati davomida Vang 800 ta yangi restoran ochdi, ularning
aksariyati Tinch Okeani mintaqasida edi.
1993 yilning yanvarida Sietl shahrida joylashgan Vang boshqaruvidagi Djak in
de Boks zanjiriga tegishli restoranlardan birida ifloslangan gamburgerlarning topilishi
ortidan kompaniya katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bosh aybdor kaliforniyalik
etkazib beruvchi boʻlishiga qaramasdan, Fudmeyker serxarajat sudlashish jarayonini
boshlashga majbur boʻldi. Yuzaga kelgan gʻala-gʻovur sotuvlar hajmi va moliyaviy
tushumlarning keskin kamayishiga olib keldi. Shu tufayli kompaniya xalqaro
bozordagi kengayishni orqaga surib turishga qaror qildi.
Toni Vang xalqaro miqyosda kengayishinig katta imkoniyatlarini sezgan holda
oʻzining shaxsiy mablagʻlarini jalb qila boshlaydi. Unin shaxsiy Kuik Servis Restoran
(KSR) kompaniyasi Fudmeyker bilan shartnoma tuzadi va Yaqin Sharq, Osiyo,
jumladan Xitoy va Yaponiyada Djak in de Boks kontseptsiyasini rivojlantirish va
franchayzing shartnomalarini tuzish huquqini oladi. Bu kelishuv 1994 yilning 1
yanvaridan e’tiboran keyingi 10 yil davomida KSR kompaniyasiga yuqorida
keltirilgan mintaqalarda biznesni rivojlantirish uchun mustaqil tarzda franchayzilarni
tanlash, ular bilan qoʻshma korxonalar tuzish, franchayzilardan olingan tushumlarni
Fudmeyker kompaniyasi bilan boʻlib olish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu vaziyatni
Vang qoʻyidagicha sharhladi: “Bu oʻzaro foydali kelishuv. Ular nou-xauga ega
boʻlgani bilan, pullari boʻlmasa, nima ham qila oladilar? Ularning yirik
kontseptsiyasi bor, lekin uni xalqaro miqyosda qoʻllay olishmaydi”.
Ovqatlanish industriyasiga qaytganidan soʻng Vang boshqa investitsion
loyihalarda ham ishtirok etadi. Masalan, 80-yillarning oxirlaridan boshlab u eng yirik
amerika sugʻurta kompaniyalaridan biri Ameriken Interneshnl Grup Ink. (AIG)
rahbariyati bilan aktiv muzokaralar olib bordi. 1990 yilda AIG franchayzing bozorida
faoliyat yuritishi koʻzda tutilgan FIKA kompaniyasini ta’sis etadi va unga prezident
sifatida Vangni taklif etadi. Biroq Vang bu gʻoyani hali erta deb hisoblaydi.
Vang bu taklifni 4 yil oʻtganidan keyingina qabul qildi va 1991 yil yanvaridan
e’tiboran FIKA prezidenti va mulkdoriga aylanib, qarorgohni Gonkongga koʻchirdi.
Kompaniya aktsiyalari qoʻyidagicha taqsimlandi: 60% - AIG, 40% - KSR.
FIKA kompaniyasi quyidagi vakolatlarga ega boʻldi:
1.
Osiyoda
franchayzing
kelishuvlarini
imzolash
va
kontseptsiyalarni
rivojlantirish;
2.
Mintaqada franchayzilar uchun konsultatsiyalar berish;
3.
Franchayzilarni xom-ashyo bilan ta’milab berish.
FIKA kompaniyasi oʻsha paytning oʻzida Filippin va Tayland bozorlarini
egallash uchun Tsirkl-K kompaniyasi bilan, Xitoy bozorini egallash uchun esa Karvel
Ays Krim kompaniyasi bilan franchayzing shartnomasini imzoladi. Keyinchalik
ularning hamkorligi Tinch Okeani mintaqasining boshqa bozorlariga ham tarqaldi.
1994 yilda FIKA KRRning Xitoy bozoridagi faoliyatini ushbu bozordagi oʻz
ekspansiyasini kengaytirish maqsadida oʻrganishni boshladi. 199 yilda FIKA
KRRdan Pekin va Shanxay shaharlarida tez xizmat koʻrsatish restoranlarini ochish
huquqini oladi.
354
Franshiza huquqi uchun toʻlovlardan tashqari Vang birinchi restoranni qurish
uchun mablagʻ topishi lozim edi. Restoran joyi tasdiqlanganidan soʻng (kerakli
xodimlar va menejerlarni topish osonligi tufayli bu shahar Pekin boʻlib chiqdi) Vang
mahalliy sherikni izlay boshladi. Xitoy uzoq vaqt mobaynida ochiq eshiklar siyosatini
olib borayotganligiga qaramasdan, investitsiyalar sohasiga bu narsa tegishli emas edi:
ovqatlantirish kompaniyasi 100% xorijiy egalik huquqiga ega boʻlishi mumkin emas
edi. Shu bilan bir qatorda, egalik huquqiga oid bir qator echilmagan muammolar
mavjud edi. Shundan kelib chiqib, Vang sherik tanlashda “tashkiliy kuch” taklif qila
oladigan va koʻnikmalarga ega boʻlgan kompaniyaga e’tiborini qaratdi.
Avvaliga Vang oʻzining KFChdagi eski tanishlari bilan aloqa oʻrnatdi. Keyin u
oʻz vaqtida hamkorlik qilgan Ist Siti Fud Servises end Distribyushn Ko
kompaniyasiga chiqdi. Bu kompaniya shahar hukumatiga tegishli boʻlib, Pekin va
uning atroflarida har xil tipdagi 30 ta xitoy restoranlariga va 100 dan ortiq sotuv
nuqtalariga egalik qilardi. Muzokaralar natijasi oʻlaroq, Vang kompaniya
rahbariyatidan kadrlar siyosati, marketing va ta’minot sohasida qoʻllab-quvvatlash
imkoniyatini oldi.
Vang muzokaralar olib borishni boshlagan ikkinchi kompaniya yirik xalqaro
savdo kompaniyasi boʻlmish Greyt Uoll Treyding Ko ning Pekindagi filiali edi. U
gʻarb ishbilarmon doiralarida keng aloqalarga ega boʻlib, boshqa xorijiy transmilliy
kompaniyalar kabi Pekinda investitsiyalarni amalga oshirishga qiziqish bildirardi.
Vangning uchinchi sherik kompaniyasi – koʻchmas mulk bilan shugʻullanuvchi
D end D Realti Ko boʻlib, yillik aylanmasi 1,8 mlrd. dollarni tashkil etardi va
qarorgohi Gonkongda joylashgan edi. 1993 yilda u Xitoy bozoriga kirishni boshladi
va 1994 yilda Pekinda oʻz ofisini ochadi. 1999 yilda u Pekin markazida joylashagan
va Gonkong investorlari puliga qurilgan yangi 14-qavatli biznes markaz ijarasi
boʻyicha agentga aylandi. Kompaniya ushbu binoning birinchi qavatida tegishli
restoran ochilishidan manfaatdor edi va shu tufayli FIKA bilan kelishuv imzoladi.
Keyinchalik u Vangga KRR restoranlari uchun butun Pekin boʻylab binolarni izlab
topishni va’da berdi.
1999 yilda Toni Vang FIKA prezidenti sifatida boshqa majburiyatlarga ega
boʻlishiga qaramasdan, KRR restoranlarining Pekinda tarqalishiga katta kuch sarflay
boshladi. Ammo KRR kontseptsiyasi bilan bogʻliq holat FIKAning boshqa savdo
kontseptsiyalarini Xitoy bozoriga yoyishga xalaqit bera boshladi. KRR
kontseptsiyasidagi restoranlarining intensiv rivojlanishiga Xitoy bozorining
toʻyinmaganligi ijobiy ta’sirini koʻrsatdi. 199 yilning oxirida Pekinda 17 ta
MakDonalds, 10 ta KFCh, Xard Rok Kafe, Pitstsa Xat va TDjAy Fraydis kabi
zanjirlarning restoranlari ham faoliyat yuritayotgan edi.
Gʻarb tez ovqatlanish restoranlarinnig va taomlarining mashhurligiga hamda
Xitoy bozorining ulkan potentsialiga qaramasdan, Xitoy ommaviy ovqatlanish
industriyasi juda sekin templarda rivojlanayotgandi va juda katta tavakkalchilikni
taqozo etardi. MakDonalds va KFCh kompaniyalari lizing boʻyicha faoliyat
yuritishardi. 199 yilning fevralida MakDonaldsning rahbariyati ularning dunyodagi
eng yirik va ilgʻor restorani ijara binosini tark etishi lozimligi toʻgʻrisida
ogohlantirildi. Gonkonglik milliarder Li Ka-Shing bu joyda yangi savdo va biznes
355
markazini qurishni rejalashtiradi. MakDonalds rahbariyati uzoq muddatli ijara
shartiga asoslanib, bu ogohlantirishlarni e’tiborga olmadi. Restoran oʻsha yilning kuz
mavsumigacha ishlagan boʻlsada, atrofda olib borilayotgan qurilish ishlari uning
faoliyatiga ta’sir koʻrsata boshladi. Pekinda ishlayotgan ishbilarmon doiralarda atayin
ijara shartnomasining mavjud emasligi toʻgʻrisida mish-mishlar tarqala boshladi. Boz
ustiga KFCh Tyananmin maydonidagi restoranning ijara shartnomasini ijara toʻlovi
oshirilganligi tufayli uzaytirish imkoniyatidan voz kyechishi toʻgʻrisidagi mish-
mishlar ham tarqala boshladi. Ammo Xitoyda biznes yuritish muammolari nafaqat
ijara muammoalari bilan, balki materiallar va uskunalar importiga yuqori bojlar (0-
100% atrofida) bilan ham bogʻliq edi. KRR mutaxassislari hisob-kitoblariga koʻra,
bitta restoran uchun uskunalarni import qilish kamida 10 ming dollarga tushar ekan.
Boshqa muammo personalni tanlash va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlib, sababi, 1 ta
yangi restoran uchun yaqin bir necha yil ichida minglab xodim zarur edi. Personalni
tayyorlash gurugʻlarida hech kim xitoy tilini bilmasdi, xitoy tilida uslubiy materiallar
ham mavjud emasdi.
Vang oxirgi paytda ish haqi tez suratlarda oʻsa boshlaganligini aniqladi. Xorijiy
transmilliy kompaniyalar ingliz tilini birmuncha biladigan xodimlariga oyiga 100
yuan, inglizchada erkin soʻzlasha oladigan top-menejerlarga esa 10 ming yuan maosh
berardi. Taqqoslash uchun: Xitoyda xodimlarning 9% idan koʻprogʻi davlat sektorida
band boʻlib, ularning oʻrtacha oylik maoshi 00-700 yuandan iborat edi. Pekinda
bunday maoshdan aqalli ijara haqini toʻlash ham qiyin hisoblanardi. Natijada
hukumat subsidiyalar hisobiga oylik yashash toʻlovini 80 yuangacha tushirishga
muvaffaq boʻldi. Subisidiyaga kirmaydigan yashash joylarining ijara haqi shu
paytning oʻzida kamida 1000 yuan boʻlib, ularning narxi joylashishi, qulaylik
darajasiga qarab oʻzgarardi.
199 yilning oktyabr oyigacha KRR qarorgohida mahalliy etkazib beruvchilar
borasida noaniqlik hukmron edi va bu oʻz navbatida menyuni shakllantirishda
qiyinchilik tugʻdirardi. Xitoy oshxonasida tovuq goʻshti doimo tanovul qilinishiga
qaramasdan, KRRning an’anaviy menyusi Pekinda hali sinovdan oʻtkazilmagandi.
Xitoyliklarning AQShda baralla reklama qilinayotgan sogʻlom ovqatga munosabati
ham qanaqa boʻlishi borasida noaniqliklar mavjud edi. Vang va uning hamkasblari
oldida qisqa vaqt mobaynida echilishi shart boʻlgan bir qator muammolar yuzaga
kelgandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |