Menejmentga kirish


 Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

7.4. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar 
 
29
Iqtidorli tushunchadan farqli o‘laroq iste’dod tushunchasi ham bor. Iste’dod - bu har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli 
va takrorlanmas qobiliyadir. Qobiliyat, iqtidorni tinimsiz mehnat tufayli tarbiyalash mumkin. Ammo iste’dod iborasi ajdodida 
buyuk siymolar o‘tgan avlod farzandlari orasida biror iste’dod egasi bo‘y ko‘rsatib qolganda tilga olinadi. 


162 
Tayanch soʻzlar: boshqaruv mehnati, mehnat faoliyatini tashkiliy 
ta’minlash tamoyillari, mehnat xususiyatlari, mehnat turlarining guruh belgilari 
boʻyicha tasnifi, boshqaruv mehnatini tashkil qilishda 101 xilma xillik, 
boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish, Evristik mehnat, Ma’muriy mehnat, 
Operator mehnati, oʻzini oʻzi boshqarishi doirasi, axborot bilan ishlash, taym 
menejmenti, Ish joylarini almashtirish. 
 
7.1. Boshqaruv mehnati: ta’rifi, xususiyatlari, turlari. 
Ijtimoiy hayot maroqli, ayni paytda murakkabdir. Inson jamiyatda yashar ekan 
oʻziga xos va mos turmush tarzini yaratadi. U hayot kechirish uchun oziq-ovqat topishi, 
uy-joy qurishga, kiyim-bosh tikib olishi va atrof muhitning noqulay ta’sirlaridan 
himoyalanishi kerak, buning uchun oʻziga zarur boʻltan barcha narsalarni tabiatdan 
qidiradi va topgan materiallaridan foydalanadi. Ayni bir paytda tabiatdan topgan 
materiallar ham insonga yashash uchun ancha qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini 
beradi. Inson tabiatdan topgan mazkur materiallarni oʻz foydasi yoʻlida oʻzgartiradi. 
Bunday jarayon davomida inson tomonidai jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur 
boʻladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi “mehnat” deb ataladigan 
maqsadga muvofiq faoliyat amalga oshiriladi. 
Binobarin, mehnat mavjud tabiiy, moddiy, aqliy zaxiralarni shaxsiy va ijtimoiy 
ehtiyojlar uchun kerakgti mahsulotga aytantirishda faqat insongagina xos faoliyatdir. 
Mehnat tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda bu — organizmda 
yigʻilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir boʻladigan asab va mushaklar harakati 
hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir. 
Ayni vaqtda mehnat - bu murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon boʻlib, u 
kishilarning yashashi uchun shart boʻlgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat inson 
bilan tabiat oʻrtasida sodir boʻladigan shunday jarayonki, unda inson oʻzining faoliyati 
bilan oʻzi va tabiat oʻrtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga 
soladi va nazorat qiladi. 
Mehnat - bu insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatidir. Dastlab 
inson oʻz harakatlarining maqsadini aniqlaydi. Maqsadning mavjud boʻlishi ongli 
mavjudot boʻlgan insonning mehnatini, masalan, ot yoki mashina bajaradigan ish 
tushunchasidan ajratib turadi. Maqsadga ega boʻlgan inson tabiat in’omi — bugʻdoy 
yoki javdar, yogʻoch yoki loy, paxta tolasi, jun yoki teridan foydalanib, yangi 
mahsulot yaratadi, ya’ni oʻz organizmining jismoniy va aqliy quvvatidan foydalanib, 
mehnat harakatlarini ongli ravishda va izchillik bilan bajaradi. 
Inson oʻz mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday 
mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni 
qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish 
kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim 
masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida 
— ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan — ijtimoiy foydali faoliyat 
sifatida namoyon boʻladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish 
tushunchasidan ham keng foydalaniladi. 


163 
Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob’ektiv 
natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma’lum bir qarshilikni engish uchun 
sarflanayotgan energiya miqdori bilan oʻlchanadi. 
Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt — energiya bilan oʻlchansada, ularni 
bir-biri bilan toʻgʻridan toʻgʻri tenglashtirish mumkin emas. 
Mehnat insonning aqliy-fiznologik faoliyati boʻlib, unga toʻgʻri keladigan ish bu 
jarayonning ob’ektiv natijasi hisoblanadn. Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun 
sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil oʻlchovda, ya’ni kilogrammometrda 
aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina, yoki aniqroq qilib 
ayotganda 20 — 30 % ini, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil 
etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a’zolari tomonidan mehnatning 
sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil oʻlchovda oʻlchash ham notoʻgʻri
boʻladi. Faoliyag jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta hajmdagi ish mikdori 
bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining mahsuli boʻlganligi uchun 
mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir. Mehnat va ish tushunchasi bir-biri 
bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois 
uning son va sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish mumkin. 
Hatto mehnat va ish soʻzlari ingliz tilida ham oʻz mazmuni bilan har xil ma’noni 
bildiradi. Masalan, ish soʻzi (inglizcha “work”) kishining intilishi va harakati ma’nosini 
emas, balki muayyan natija sifatida tushuniladi. Mehnat deyilganda esa (inglizcha 
“Job”) konkret natijadan qatiy nazar insonning xarakati, intilishi va energiya sarflashi 
kabi faoliyatlari tushuniladi. 
Inson kuch-quvvatining sarflanish darajasi faoliyat turiga va ishlatiladigan mehnat 
vositalariga bogʻliq boʻladi. Shunday qilib, agar mehnat jarayonini tasvirlaydigan
boʻlsak, u uchta asosiy tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi: 
-
xomashyo materiali (mehnat predmetlari); 
-
mehnat vositalari; 
-
jonli mehnat sarflari. 
Ana shu uchta tarkibiy qismning oʻzaro ta’sir koʻrsatish natijasi mehnat mahsuloti 
- tabiatning yangi mahsuloti boʻlib, u inson ehtiyojlariga moslashgan boʻladi. Bular: 
yigʻib-terib olingan paxta hosili, parvarish qilingan chorva mollari, barpo etilgan uy 
yoki koʻprik, tikilgan kiyim yoki poyafzallardan tashkil topishi mumkin. Mehnat 
predmetlari (xomashyo va materiallar) va mehnat vositalari (ishlab chiqarish vositalari) 
jonli mehnat jarayoniga qoʻshilmasa, ular oʻz-oʻzidan faoliyat koʻrsatavermaydi. Jonli 
mehnat sarfi oʻz navbatida faqat kishilarning tabiatga munosabatidan iborat boʻlibgina 
qolmay, balki amalga oshirilayotgan jarayon qatnashchilari oʻrtasidagi munosabatdan 
ham iboratdir. Binobarin, mehnat faoliyati jonli mehnatning moddiy shart-sharoitlarini 
hosil qiluvchi ishlab chiqarish vositalarisiz mavjud boʻlishi mumkin emas. Shuning 
uchun ham mehnat jarayoni uning uchta asosiy jihatini mexanik ravishda 
birlashtirishdan iborat boʻlmay, balki ularning uzviy birligidan iboratdir, uning hal 
qiluvchi omillari esa insonning oʻzi va uning mehnat faoliyatidir. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish