Menejmentda ekspertli hukmronlik Menejmentda xarizma hukmroligi Boshqaruv turlar



Download 20,17 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi20,17 Kb.
#840338
Bog'liq
Ekspertli hukmronlik va namuna


Ekspertli hukmronlik va namuna (xarizma) hukmronligi.
REJA:

  1. Menejmentda ekspertli hukmronlik

  2. Menejmentda xarizma hukmroligi

  3. Boshqaruv turlar

  4. i

Menejment (inglizcha «management» - boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) — bu: — ishlab chiqarishni, tijoratni boshqarish bo‘yicha ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi amaliy faoliyat; — boshqaruv nazariyasi fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; — mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.
«Menejment» tushunchasi hayotimizga mustahkam kirib kelgan va o‘zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo‘lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish joizki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustuvorliklarning yangi tizimlari amalda boladi. Shu munosabat bilan «menejment» atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to‘xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o‘zbekcha «boshqaruv» so‘zi va inglizcha «menejment»ni sinonimlar deb hisoblaydilar.
Haqiqatda esa ularning mazmuni birmuncha farqlanadi. «Menejment» atamasini qollab turib biz xalqaro amaliyotda o‘rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko‘ra uning ostida hodisa va jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko‘zda tutiladi. Aslida esa «boshqaruv» atamasi «menejment» atamasining qanoatlantiruvchi o‘rinbosari bolmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasi va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan holda tashkil etish asosida amalga oshirilgan xo‘jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo‘ladi. Shunday qilib, «menejment» atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qollaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: «government admiristration» — davlat boshqaruvi va «rublik admiristration» — ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi.
Bizning sharoitlarda buning uchun «tashkil etish», «tartibga solish», «boshqarish» va «ma’muriy boshqarish» atamalarini qo‘llash kerak. Shunga qaramay davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o‘z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur. Yuqorida bayon qilinganlarni hisobga olish bilan ushbu ishda «boshqaruv» atamasi shartlilikning ma’lum darajasi bilan «menejment» ma’nosida ham qollaniladi.
Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba’zi bir holatlarni, avvallo maqsadli mazmunni aniqlab olish darkor. Masalan, boshqaruv tizimini barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali faoliyat yuritishni ta’minlovchi boshqaruv nazariyasi, ilmiy yondashuvlar, jarayonlar, tamoyillar va usullarni ishlab chiqish menejmentning fan sifatidagi maqsadi boladi. Shu bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini oqilona tashkil etish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yoli bilan erishishdan iboratdir.
Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tyorat kolamlari o‘sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilgan vazifalar va moljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iqtisodiy-matematik usullar ishlab chiqilishi vazifalarning ko‘pgina sifat yechim larini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan toldirishga hamda almashtirishga imkon beradi, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko‘maklashadi.
Hisoblashlarning ko‘p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yol qo‘yiladigan kolamlarda hal qilinishi mumkin bolmagan ko‘pgina masalalar kundalik haqiqat bolib qoladi. Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning turli usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta’minlanishi va boshqalar. 0 ‘zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muhandislik hisoblashlarning iqtisodiy-matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan. Axborotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruv samaradorligi nafaqat vazifalarni hal qilish usullariga, balki ko‘proq xo‘jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bogliqdir. Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko‘pgina (strategik va operativ) modellarini 0 ‘zbekistonda hamma vaqt ham samarali qollash mumkin emas, bu narsa bozor munosabatlari pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi. Menejment usullariga tashkilotlarni boshqarishning makroiqtisodiy nuqtayi nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg‘or usullari amalda bolgan va o‘zgarib borayotgan xo‘jalik mexanizmi doirasida faolroq tatbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o‘zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur.
Hozircha tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalarni, ya’ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy-texnik ta’minot va h.k. vazifalarni hal qiladi. Xo‘jalik faoliyatining tahlili va fuksional-qiymat tahlili ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o‘tkazila dl, ammo bunda iste’molchilar hali yetarli darajada hisobga olinmaydi. Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday tuyiladi va amalda faoliyatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo menejment va tashkil etishning o‘zaro hamkorlikning butun turli-tumanligida faoliyatning menejment mazmunini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash hamda uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti — ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalarni qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlarni sotish va firma xizmatini ko‘rsatish masalalarini oladi.
Moliyaviy menejment — moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga moliyaviy ko‘rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi. Innovatsion menejment — mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli.
U o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi. Savdo menejmenti - savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat boladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari b o ‘y ic h a oqilona boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Umumiy ko‘rinishda boshqaruv ikki obyektning maqsadga qaratilgan o‘zaro hamkorligidan iborat bolib, bunda ulardan biri boshqaruv subyekti o‘rnida, boshqasi esa boshqaruv obyekti o‘rnida boladi.
Bu o‘zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir:
• boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatish impulslari (boshqaruv buyruqlari)ni jo‘natadi, ular boshqaruv obyekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega boladilar;
• boshqaruv obyekti ushbu impulslar (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi Boshqaruv subyekti sifatida firmalar bolimlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bolinma, yakka shaxs va boshqalarni 37 ko‘rib chiqish mumkin.
Boshqaruv obyekti sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.k. bo‘ladi. Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv subyekti, ishchilar esa — boshqaruv obyektlari bo‘ladi. Tashkilotning tijorat direktori bolinmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv subyekti, ko‘rsatilgan bolinmalar — boshqaruv obyektlari boladi.
Boshqaruvning boshqa ta’riflari ham mavjud. Masalan, ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchi P.Druker (AQSH) hisoblaydiki, boshqaruv bu tashkil qilinmagan to‘dani samarali maqsadga yo‘naltiruvchi va ishlab chiqarish guruhiga aylantiruvchi faoliyatning asosiy turidir. Amerikalik olim K.Killen boshqaruvni «ishni boshqalarning qoli bilan bajarish» sifatida belgilaydi. Ta’kidlash kerakki, boshqaruvni ko‘pincha subyektning obyektga ta’siri sifatida belgilaydilar, ya’ni boshqaruv subyektining faoliyatiga tenglashtiradilar. Bunda boshqaruvga subyektning obyektga bir tomonlama ta’siri sifatida qaraladi, bu boshqaruvning mohiyati haqidagi noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Dialektik o‘zaro aloqa, obyekt va subyektning birligini ularning subordinatsion joylashuvi bilan almashtirish natijasida boshqaruvning harakatlanuvchi boshlanishi subyekt va obyekt o‘rtasidagi ziddiyat nazaridan tashqarida qoladi. Shuning uchun boshqaruv obyektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi qanchalik toliq hisobga olinmasin, agar ular faqat samaraliroq boshqaruv ta’sirlarini qidirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqilsa, boshqaruv imkoniyatlarini baholash boshqaruvni amalga oshirishning haqiqiy imkoniyatlariga adekvat bolmaydi. Demak, boshqaruvni faqat boshqaruv subyekti holatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Subyektning boshqaruv obyekti bilan o'zaro hamkorligi uchun ular o'rtasida majmuaviy xarakterga ega munosabatlar mavjud bolishi zarur. Bunda boshqaruvning ayrim darajalaridagi munosabatlarning u yoki bu turlari ustunlik qiladi. Iqtisodiy munosabatlarga asoslangan boshqaruv munosabatlari keng tarqalgandir.
Munosabatlarning quyidagi ikki turi boshqaruv uchun prinsipial bo‘ladi: assotsiatsiyalangan mulk egalarining birgalikdagi faoliyati jarayonida mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalashuvida vujudga keluvchi munosabatlar va mulk egalari hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchilar o‘rtasida vujudga kelgan yollash munosabatlari (tolov munosabatlari). Agar bir tomondan boshqaruv subyektida boshqarishga ehtiyoj va imkoniyat, boshqa tomondan esa — boshqaruv obyekti boshqaruv buyruqlarini bajarishga ehtiyoji va imkoniyati bo‘lsa, boshqaruv haqiqiy bo‘ladi. Subyektning boshqaruvchi faoliyati bunda u qanday maqsadlarni ko‘zlashiga ko‘ra ma’lum yo'nalishni oladi. Agar boshqaruv maqsadlari subyektning boshqaruv faoliyati jarayonida ko‘zlangan maqsadiga mos kelsa, u samarali boshqarishga qaratilgan boladi.
Boshqaruv subyektining boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan tashkiliy-texnik jihatlar bilan xodimlarda aloqa va axborotlarni uzatishning kerakli kanallari, boshqaruvning talab qilishidagi texnikasi va h.k. mavjudligi bilan, ikkinchidan, boshqaruv subyektida boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishning, uning yordamida buyruqlarni bajarishga undovchi dastaklarning mavjudligi bilan, ya’ni boshqaruv obyektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi. Masalan, agar boshqaruv obyekti ishlab chiqarish vositalarining mulk egasi bolmasa, unda uning boshqaruv buyruqlarini bajarishga tayyorligi uning ehtiyoji natijasida qanchalik qanoatlanishiga bogliq boladi, buyruqni bajarish imkoniyati esa uning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan boglangan. Bu holda boshqaruv obyekti va subyekti o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish uchun rag'batlantirish mexanizmini ishlab chiqish zarurdir. Agar boshqaruv obyekti mulk egasi bolsa, unda boshqarish imkoniyati boshqaruv obyektining ham mulk egasi, ham ijrochi sifatidagi bir vaqtdagi manfaatlarini biriktirish mexanizmi bilan beriladi, bunda mulk egasining manfaatlari ustunlik qiladi. Boshqaruvni faqat tashkilotning tarkibiy qismi bo‘lgan haqiqiy harakat qiluvchi tizim mavjud bolgandagina amalga oshirish mumkin, u tizimli boshqaruv deb ataladi. Eslash kerakki, tizim bu bir-birlari bilan munosabatda va aloqada bolgan, ma’lum birlikni tashkil qiladigan elementlarning yig‘indisidir.
Asosiy tizimli tamoyillar quyidagilardir:
1) tizim xususiyatlarining uni tashkil qiluvchi elementlar xususiyatlari summasiga nisbatan yaxlitligi;
2) tarkibiylik (bolinishlik);
3) tuzilish va muhitning o‘zaro bogliqligi;
4) iyerarxiyalik;
5) har bir tizim ta’riflning ko‘pligi. Boshqaruv tizimiga qayta turib shuni ta’kidlash kerakki, u o‘zining o‘zaro boglangan va o‘zaro hamkorlik qiluvchi tashkil etuvchi elementlari ma’lum majmuasidan iborat boladi va tizimning manfaatlari yolida boshqaruv faoliyatini amalga oshirishga qaratilgandir. Bunda emerdjmentlar deb ataluvchi yangi yaxlit xususiyatlar vujudga keladi. Zamonaviy tashkilotni boshqarish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak: — yuqori egiluvchanlikka ega bolish; — ishlab chiqarishning mehnatni nazorat qilish, tashkil etish va taqsimlashning tegishli shakllarini talab qiluvchi texnologiyasiga o‘xshash bolish; — korxonaning tashqi va ichki muhiti, bozor holatining omillari o‘zgarishlariga operativ javob qaytarish; — tashkilotni boshqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash; — tashkilotning rivojlanishiga ko‘maklashish; — fan va ilg‘or amaliyot yutuqlarini tatbiq etilishini ta’minlash; — o‘zini o‘zi tartibga solish xususiyatiga ega bolish. Aloqa boshqaruvning har qanday tizimini muqarrar elementi boladi. Aloqalar to‘g‘ridan to‘g‘ri, teskari, vertikal, gorizontal va diagonalli va h.k. bolishi mumkin. To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa - boshqaruv subyektining obyektga boshqaruv buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va har qanday ko‘ri40 nishdagi ta’siridir. Teskari aloqa - boshqaruv obyektidan boshqaruv subyektiga chiquvchi axborotdir.
Keltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqalar vertikalga kiradilar. Ulardan tashqari rasmiy va norasmiy munosabatlarni amalga oshishiga imkon beruvchi, bilimlar va ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashuvchi, boshqaruv tizimining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish bo‘yicha bitta darajadagi subyektlarning harakatlari muvofiqlashuvini ta’minlovchi gorizontal aloqalar ham mavjud. Diagonal aloqa, masalan, bitta bolimning mutaxassisi va boshqa bolimning boshlig‘i o‘rtasida mavjud bo‘ladi.
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar - boshqaruvchi (boshqaruv subyekti) va boshqariluvchi (boshqaruv obyekti) hamda ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqani tashkil qiluvchilarni elementar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. O.S.Vixanskiy va A.I.Naumov boshqaruv tizimida uchta tizimchani belgilaydilar. Birinchi tizim boshqaruv tizimi sifatida avvalroq qabul qilingan. Bu o‘zlarining oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajaruvchi boshqaruv idoralari, bolinmalar va ijrochilar majmuasi, ular yordamida boshqaruv amalga oshiriladigan usullar yig‘indisidir. Ushbu tizimchani tashkilot, texnologiya va boshqaruv usullarining birligi deb belgilash mumkin. U tarkibiy-vazifaviy deb ataladi va boshqaruv tizimining «negizi» sifatida boladi. Ikkinchi tizimcha - axborotli-axloqiy. Quyidagilar uning asosiy bloklaridir: — boshqaruv g‘oyasi va boshqaruv tizimini qiymatga yo‘naltirish; — boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining manfaatlari va axloqiy me’yorlari; — boshqaruv tizimidagi axborot va kommunikatsiyalar. Ushbu bloklar yiglndisi asosan butun ko‘rib chiqilayotgan tizimchani qamrab oladi, ammo boshqaruvning alohida tizimlarida qo‘shimcha bloklar, masalan: milliy manfaatlar, milliy boshqaruv steorotiplari va har qanday bolishi mumkin.
Download 20,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish