3.2. Me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan aylanma fondlar.
Shakllanish manbaiga ko`ra, aylanma mablag’lar xususiy va qarzga olingan
turlarga bo`linadi. Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo`lib,
xususiy resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy
aylanma mablag’lari qatoriga ish haqi bo`yicha qarzlar, ta`minotchilar yoki
hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to`lagan
pullari kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag’lar xususiy mablag’larga
tenglashtirilgan mablag’lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |