Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub`yekti – bu bir guruh kishilar hamda
boshqaruv organlaridan iborat bo`lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar
yordamida boshqariluvchi ob`yektga ta`sir o`tkazadi. Boshqarish ob`yektlari
bo`lmasa, uning sub`yektlari ham bo`lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning
negizida boshqaruvchi kichik tizim yotadi.
Masalan, korxona bo`g’inida sub`yekt bo`lib, shu korxonaning direktori va
unga bo`ysunuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanadi. Ob`yekt bo`lib, shu
korxonadagi barcha tsexlar va uchastkalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |