Tashkil etish – bu funktsiya boshqaruv ob`ekti doirasida barcha
boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta`minlaydi. SHu
nuqtai-nazardan tashkil etish ichki va tashqi shart-sharoitlarning o`zgarib turishiga
qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir.
Mazkur funktsiya joriy va strategik rejalarning ijrosini ta`minlash bo`yicha birinchi
qadamdir.
Muvofiqlashtirish
–
harakatlarning
uzluksizligini
ta`minlovchi
menejmentning
muhim
funktsiyasidir.
Muvofiqlashtirishning
maqsadi
–
tashkilotning hamma pog’onalari o`rtasida optimal aloqalarni o`rnatish vositasida
hamma bo`limlarning muvofiq ishlashini ta`minlash. Bunda interv’yu, hisobotlar,
majlislar, komp’yuter aloqalari, radio va televidenie vositalari keng miqyosda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |