1.4. Menejment maqsadlari va funktsiyalari.
Menejment maqsadlari. Maqsad – bu muddao, murod, biror niyatga erishish
uchun ko`zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini, o`z
orzularini ushalishiga yo`naltiradi.
Boshqaruv maqsadiga qo`yiladigan asosiy talablar:
1. Maqsad bir ma`noli va aniq bo`lishi lozim;
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo`lishi kerak;
3. Maqsad miqdoran o`lchovga ega bo`lishi zarur;
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo`lishi kerak;
5. Maqsad bo`limlar va mas`ullar bo`yicha detallashtirilgan bo`lishi kerak;
6. Maqsad ko`p qirrali bo`lishi lozim.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda
turkumlashni taqozo etadi (1.2-jadval).
1.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |