Gorizontal mehnat taqsimoti. Tashkilotning muhim xususiyatlaridan biri
mehnat taqsimoti hisoblanadi. Hech bo`lmaganda, bir maqsadga erishish uchun
ikki kishi birga ishlasa ham, ular ishni o`zaro bo`lib olishlari kerak. Barcha ishni
tarkibiy komponentlarga taqsimlash odatda gorizontal mehnat taqsimoti deb
yuritiladi. Katta ish hajmini ko`p sonli kichik ixtisoslashtirilgan topshiriqlarga
bo`lish orqali, shu ishni har bir ishchi mustaqil bajarishiga nisbatan bir necha
baravar ko`p mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |