Boshqarish uslubi – ijtimoiy tabaqa, bu boshqaruvdagi murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy ishlab chiqarish, ijtimoiy-texnologik munosabatlarni ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshirish shaklining namoyon bo`lishidir. Bu jihatdan uslub
natijasi ijtimoiy-texnologik ahamiyatga ega, chunki rahbar qo`llagan uslubning
tavsifi sezilarli darajada boshqaruv apparatining samarali ishiga bog’liq.
Boshqaruv jarayonida ko`pgina turli xil usullar, yondashuvlar va uslublar
qo`llaniladi. Ular menejment funktsiyalarini, qaror qabul qilish uchun zarur
bo`lgan bosqichlar, protseduralar va operatsiyalarni bajarishni tartibga solish,
maqsadga yo’naltirish va samarali tashkil qilish imkoniyatlarini beradilar. Ularning
hammasini menejment uslublari deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |