61
sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan
nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar kiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub`yekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport
xizmatlari (xom ashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan tsexga keltirish va tayyor mahsulotni
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga egа bo’lgan
xizmatlarga tegishli bo’ladi.
5. Tabiiy xom ashyo (yer rekul'tivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekul'tivatsiya qilish ishlariga
haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari
tomonidan suv xo’jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan
ortiqcha olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari
uchun – yog’och-taxtа materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan)
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-
muhitni tiklash xarajatlari.
6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha
turlari, xo’jalik yurituvchi sub`yektlarning transporti tomonidan bajariladigan
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari.
7. Xo’jalik yurituvchi sub`yektning texnologik, transport va boshqa ishlab
chiqarish hamda xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid
qilinadigan energiya.
8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari
doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9. Xo’jalik yurituvchi sub`yektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy
resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham
shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga
kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi,
moddiy xarajatlar va boshqalar).
10. Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
11. Mahsulot
tannarxiga
kiritiladigan
moddiy
resurslar
xarajatlaridan
qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va urash-joylash materiallari qiymati
ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi
bo’yicha chiqarib tashlanadi.
12. “Moddiy xarajatlar” elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar
qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qoshimcha narx
(ustama)dan, ta`minot, tashki iqtisodiy tashkilotlar tomonidan tulanadigan
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan,
brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig’imlardan, transportda tashishga haq
to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va
yetkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: