Osiyo menejment uslubi - - turli “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, bunda firmalararo munosabatlar tegishli kelishuvlarni tuzish bilan rasmiy asosda emas, balki kompaniya rahbarlarining ishonchi, o’zaro tushunishi, qardoshlik va do’stona munosabatlar asosida olib boriladi;
- - menejerlarning yuqori ta’lim darajasi, ularning malakasini muntazam oshirish; bo’ysunuvchilarning rahbarlar bilan munosabatlarida g’amxo’rligi;
- - kompaniyalar strategik rejalarining muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi;
- - firmani rivojlantirish umumiy maqsadiga qo’shma hissa qo’shish muhimligini tushunish.
Osiyo menejment uslubi g’arbiy menejmentdan farq qiladi va quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada kompaniyalar kishilarga faqat bandlik va daromadni ta’minlab qolmay, balki o’zini namoyon etishga imkoniyat yaratadi, jamiyatda ma’lum o’rinni egallashga ko’maklashadi, ya’ni mehnatni motivlashtirishni o’zgartiradi. Yapon firmalarida iktidorli mutaxassisga uning g’oyalarini rivojlantirish va hayotga tadbiq etish uchun maxsus departament tashkil qilingan, firma esa muvofiq tarzda o’z faoliyat doirasini o’zgartirgan yoki kengaytirgan hollar ma’lum. Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do’stona va jipslashgan jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari rasmiy va norasmiy omillarini qo’shish, menejment ratsional usullarini shimoliy amerika tipidagi individualistik madaniyatdan farqli holda faqat rahbarlarning ishonchi va o’zaro tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo aloqalar bilan qo’shib uyg’unlashtirish yordamida tashkil qilinadi. - Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do’stona va jipslashgan jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari rasmiy va norasmiy omillarini qo’shish, menejment ratsional usullarini shimoliy amerika tipidagi individualistik madaniyatdan farqli holda faqat rahbarlarning ishonchi va o’zaro tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo aloqalar bilan qo’shib uyg’unlashtirish yordamida tashkil qilinadi.
Yapon menejmenti uslubining amerikanikidan tubdan farqlanishiga misol bo’lib, ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin yaqinlashib, muhokama qiluvchi yapon biznesmenlarining muzokaralar o’tkazish odatini keltirish mumkin. Ular avval sheriklar o’rtasida o’zaro tushunish va ishonchga erishishga, so’ngra asosiy muammolarni muhokama qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga munosib sheriklar o’rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |