MODELLASHTIRISH - Model o‘zi nima? Menejment ilmi ishlatadigan ayrim modellarni kompyutersiz amalga oshirish murakkab bo‘lsa-da, modellashtirish konsepsiyasi oddiy. Shennonning ta’rifiga binoan: «Model - bu obyektning, tizimning yoki g‘oyaning butunlikning o'zidan farqli ma’ium bir shaklda taqdim etilishi». Masalan, tashkilot sxemasining o‘zi uning tuzilishini ifoda etadigan modeldir. Ushbu kitobda tavsiflangan hamma menejment nazariyalari tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o‘tmay modellarning boshqa sizga tanish bo'lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz.
- Modellashtirish - bizning muhokamada ko'p e’tibor berilgan konsepsiyadir. Ilmiy menejment maktabining eng ko'zga ko'rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab - oqibatli baholash uchun juda murakkab vaziyatlarda obyektiv qaror qabul qilishga imkoniyat beradigan muqobil modellarni ishlab chiqishdadir. Bunday modellarning ko‘pi shunchalik murakkab-ki, hamma rahbarlar ham ularni mustaqil ravishda ishlatishga qodir emaslar. Biroq, modellar haqida ishonarli tasavvurning yo‘qligi rahbarning sinash va hatolar usulini qo‘llashiga hamda tekshirilgan usullar qo'llashning o'rniga o'ylanmagan qarorlar qabul qilishiga olib keladi.
XULOSA - Menejment tarixi fani o‘zining maqsad, vazifa, funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa umumiqtisodiy, gumanitar, tabiiy, matematik fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Fanning uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, menejment, bozor nazariyasi fanlari belgilaydi. Bundan tashqari, sotsiologiya, psixologiya, personalni boshqarish, ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqadordir.
- Chunki menejment asosan kishilarni, jamiyatni boshqarish bo'lganligi uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi o'rinlarini, shart-sharoitlarini yaratish, belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan nazorat qilish, faoliyat natijalarini baholashda sam aradorlik ko'rsatkichlarini qo'llash, qolaversa, menejmentda rahbarning psixologiyasi, madaniyati o‘ziga xos uslubga ega bo'lishini taqozo etish va ularni o‘rganish menejment nazariyasi fanining yuqorida ta’kidlangan fanlar bilan bog'liqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos bo'ladi.
- Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash, rag'batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo‘jalik yuritishning barcha bo‘g ‘inlarida boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar majmuidan iborat. Menejment usullarini puxta egallagan, qo'llay biladigan rahbar nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta ’sir ko'rsatadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |