Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet55/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

Asosiy tushunchalar.
muvofiqlashtirish, integratsiya, sinxronizatsiya. faollar namoyondasi, ilmiy-amaliy boshqarish, ijtimoiy, mehnat faolligi dinamikasi, psixik holat dinamikasi, samaradorlik, biznes. Boshqaruv madaniyati, tashkilotchi va uning ijtimoiy mavqei, insoniy mavqei, ma`sulyatli, maqsadlar va ideallari, siyosiy mavqei, tashkilotchilik uslublari, ularni korrektsiyasi, aniq topshiriqlar.
Mavzuning ta`lim maqsadi.
Talabalar xotirasida ilmga va amaliy ahamiyatta ega bo’lgan rahbarning muvofiqlashtirish faoliyati haqidagi bilim, tushuncha, boshqaruv madaniyati haqida xulosalar berish va bu axborotni ular xotirasida aks ettirish.
Mavzuning tarbiyaviy maqsadi.
Talabalarning muvofiqlashtirish malakasi va ko’nikmalarini, bo’lajak rahbar xodimlarni boshqaruv madaniyati bilan tanishtirish va ularda boshqaruv madaniyatiga ijobiy munosabatni o’stirish, talabalarni bu faoliyatda o’z-o’zini mustaqil tayyorlashini ta`minlash.
Koordinatsiya nima ?
Har bir rahbar tashkilotchilik faoliyatining mohiyati shundaki u ijodiy mehnat bilan shug’ullanib tashkilotdagi tizimning har bir tuzilma, guruh a`zolarining kuch, qudrati, harakatini integratsiya (bir yo’nalishga yo’naltirish) va sinxronlashtiradi. Bu faoliyat rahbarning muvofiqlashtirishga doir bilim, malakalarga ega bo’lishini talab etadi.
Tashkilot - bu murakkab tizim. Bu tizim faoliyatini optimal tashkil etish, samaradorligini oshirish rahbar shaxsining koordinatsion tayyorgarligi bilan bog’liq.
Tashkilotdagi tizim funktsiyasini optimal bajarish uchun kordinatsiya xizmati mavjud. Bugungi kunda boshqaruv faoliyati ko’p qirralligi, raqobatbardoshligi, mas`uliyatdorligi sababli, faoliyatdagi tashkilot tizimining tiplari hilma-hilligi tufayli doim ularni maqsad sari birlashtirish lozim. Tashkilotdagi boshqaruv mehnati boshqaruv apparati xodimlarini, ishchi-xodimlarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish, tartibga solish va muvofiqlashtirib turishga qaratilgan rejali va maqsadli faoliyatdir. Boshqaruvchining muvofiqlashtirish faoliyati, ishlab chiqarishning samarali natijasi bilan belgilanadi.
Rahbarlarning kelishib harakat qilishi turli bo’linmalar tarmoqlar, xizmatlar ishidagi muvofiqlik tanishi tashkilot tizimi funktsiyasini optimal bajarishni ta`minlaydi. Rahbar - tashkilotchi va bilvosita ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’ladi. U butun ishlab chiqarish tizimiga mutaxassislarning mehnatini tashkil qilishda, ish tizimi mehnat qurollari bilan ta`minlashda o’z tashkiloti faoliyati boshqa tashkilot faoliyati bilan bog’lashda rejalashtirish, iqtisodiy sohalarni ilmiy asosda tashkil etishda jamoa guruhlardagi mehnatga doir funktsiyalarni takomillashtirishda mehnat to’g’risidagi qonunlarni amalga oshirishda ishchi-xodimlar, mehnatkashlarning sotsial-psixologik masalalarini to’g’ri boshqarishda yangi bozor iqtisodiyoti va mustaqillik sharoitida tashkilot ishlab chiqarish natijalarini raqobatbardoshligi va qadriyatliligini ta`minlashga bevosita tasir etadi. Ishlab chiqarishning o’zi bilan stanok oldida ishlash, tashkilotni kerakli mahsulot bilan ta`minlash, mahsulot sifatini nazorat etish, guruh, jamoadagi o’zaro munosabatlarini to’g’ri tashkil etish, axborot tarqatuv vositalari yordamida mashg’ulot bo’ladi. Bu faoliyatni ijtimoiylashtirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, insonlar potentsial imkoniyatlaridan foydalanish, ular orasidagi ijobiy psixologik muhitni yaratish, chiqargan mahsulotni imidjini to’g’ri yaratish, bu hamma ishlarni asosiy maqsadga yo’naltirish rahbar tashkilotchidan boshqaruvning asoslaridan biri bo’lmish muvofiqlashtirish bo’yicha bilimlar va malakalar tizimini talab etadi. Orkestrga dirijyor kerak bo’lganidek birgalashib ishlayottan kishilarga ham uning harakatlarini muvofiqlashtirib turishi uchun rahbar zarurdir.
Istiqlol, bozor iqtisodiyoti va demokratiyalash sharoitida rahbar tashkilotchilar mehnatining roli cheksiz oshib boradi. Ijtimoiy va shaxsiy mulk insonlarning yagona muvofiqlangan harakatlarining asosidir. YAngi sharoitda davlat, jamoa va xususiy mulk ishlab chiqarishni muvofiqlash va boshqarish imkonini hammaga yaratadi. Ham xususiy, ham davlat ham xususiy davlat korxonalarida xodimlar mehnati tashkil etilgan va maqsadli rejalashtirilgan bo’ladi, vaqti-vaqti bilan aniqlanib turadi.
Ijtimoiy va shaxsiy mulk qaror topishi bilan rahbarlarning boshqaruv mehnatining chegaralari, miqyoslari kengayibgina qolmasdan, balki shu bilan birga uning mazmuni ham tubdan o’zgaradi. SHaxsiy va ijtimoiy mulk barcha kishilar manfaatlarining, shu jumladan rahbarlar bilan oddiy xodimlar manfaatlarining birligini vujudga keltiradi. Istiqlol va bozor iktisodiyoti sharoitlari ular o’rtasidagi ontogenizm bo’lishini istisno etadi. Ularning maqsadlari o’ziga xos bo’lsada, manfaat jihatdan ham ijtimoiy ham shaxsiy tashkilotlar jamiyatdagi, davlatdagi muammolarning hal etishga qaratilgan. Rahbarlar barcha xodimlarning tashabbusi, ijodiy faolligini mamlakat oldida turgan vazifalarni hal etishga qaratadilar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda rahbarlar roli ular mehnatini harakteri bilan belgilanadi. Bu mehnat boshqaruv mehnatidir. SHuning uchun rahbarlar mehnatining ahamiyati tashkilotchilik va boshqarishning ishlab chiqarishning rivojlantirishda o’ynaydigan roli bilan harakterlanadi.
Har bir yo’nalishdagi ishlab chikarishning rivojlanishi barcha oddiy xodimlar mehnatining sifatida ham rahbarlik saviyasiga bog’liq. SHuni qayd qilib o’tish lozimki, tashkilot faoliyatining yakunlariga har bir ishchi va xodimning ishga bo’lgan munosabatlari real ta`sir o’tkazadi. Rahbarlik ishi, u qilgan mehnatning sifati esa butun jamoa mehnati sifatida to’ppa-to’g’ri va bevosita ta`sir o’tkazadi. Har bir xodim, ishchi o’ziga topshirilgan ishni yaxshi, vijdonan, sifatli bajarishi kerak. Agarda u yoki bu ishni bajarish muddatlari va usullari assosiz belgilangan bo’lsa agar bir biri bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni o’tkazishda kelishib olinmagan bo’lsa agar ish yomon tashkil etilgan bo’lsa u holda muvofiqlashtirish haqida gap ham bo’lmasligi mumkin va mehnatning umumiy natijasi pasayib ketadi. Agarda rahbar tashkilotchi va mutaxassislar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni ishning ko’zini bilib, malakali va ishbilarmonlik bilan hal etsalar, bu o’zlari rahbarlik qilayotgan guruh va jamoa azolari ishining umumiy samaradorligini ancha oshiradi, ular mehnatini yana ham unumliroq qiladi.
Bugungi sharoitda rahbar har qanday xo’jalik masalasini xal qilishda nuqul ishlab chiqarish aspektlaridan, ya`ni iqtisodiy aspektlaridan boshqa aspekt, faktor mezonlarini ham hisobga olmog’i shart. Rahbarning siyosiy etukligi har qanday konkret masalani hal etishga uning davlat va xalq konstitutsiya nuqtai nazaridan yondoshishligi, jamiyat, davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishda o’z jamoasi o’rnini tushunishini bildiradi. Bo’linma rahbarlari va mutaxassisliklarning vazifasi davlat siyosatini maqsadi, vazifasi va yo’nalishini o’z xodimlariga tushuntirib berishdan, ularning chuqur tushunib olishlariga yordam berishdangina iborat emas. Bu bo’linmalar rahbarlari shuningdek davlat siyosatini o’z jamoasi ishiga tadbiqan amalga oshirish yuzasidan konkret tadbirlar ishlab chiqadi va o’zi rahbarlik qilayottan jamoaning bu tadbirlarini amalga oshirishga safarbar etadi.
Rahbar tashkilotchining boshqaruvga umumiy tayyorgarligi tarkibida uning siyosiy etukligi, ishchanligi, puxta bilimdonligi o’z gapini chuqur har tomonlama bilishi tashkilot bo’limlarni rivojlantirishning istiqboliga ko’ra bilish qobiliyati o’zaro bog’langan va rivojlangan bo’lishi shartdir. Rahbarning tashkilotchilik faoliyatining samaradorligi uning kordinatsion qobiliyati, qiziqishi, iste`dodi, bilim va malakalari bilan uzviy bog’liq. Faqat shu taqdirdagina u jamoa faoliyatini integratsiya va sinxronlashtira oladi. Bu bilim va malakalar butun tashkilot faoliyatini ilmiy asoslashga amaliy yo’naltirishga imkon yaratadi.
Rahbarlikda vorislikning ta`minlash keksa tajribali xodimlarni avaylash, yosh serg’ayrat rahbarlarni dadillik bilan yuqori lavozimlarga ko’tarish kadrlar tanlashning muhim demokratik printsipidir. Bu tamoyilni tashkilot tizimi faoliyatida singdirish, rahbar muvofiqlashtirish ishning mazmunini ham tashkil etadi. Rahbarning boshqaruv ishlarida tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirishda jamoadagi tashkil etilgan faollar "komandasi" katta rol o’ynaydi.
Hayotdagi, ijtimoiyotdagi hal qilishi zarur bo’lgan muammolar tashkilotlar oldidagi ko’pdan-ko’p vazifalar qo’yadi. Bu vazifalarni vaqtida payqash, ularga diqqatni yo’naltirish va tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqib, tashkilot tizimi maqsadini korrektsiyalash, to’g’ri, real, qadriyatni qo’ya bilishi har bir tashkilotda ishchi guruxlar “komandalar” tuzishni talab etadi. Ishchi guruh tarkibida rahbar, mutaxassislar ijodiy tafakkur va xayotga ega, ixtirochilar bilan shug’ullanadigan faol mehnat qilayotgan tashkilot ishlari uchun jonkuyar bo’ladigan shaxslar kiradilar. Bularning asosiy vazifasi tashkilot tizimi faoliyatini optimallashtirish uchun kerak bo’lgan yangi axborot informatsiyani operativlik bilan o’zlashtirib, keraklari asosida tashkilotning yangi boshkaruv va tashkiliy vositalari bilan ta`minlashdir. Ishchi guruh tashkilotdagi qo’tarilgan maqsadni hayotga tadbiq etish uchun uchraydigan qarama-qarshiliklar, muammolar, psixologik-texnik informatsion qiyinchiliklarni, jamoaning kuchi, quvvati, irodasi, imkoniyatlari asosida engishning tadbir choralarini ishlab chiqaradi. Ishchi guruh tarkibi 15-20 kishidan tarkib topib bir oyda bir marotaba majlis, bahs, munozara o’tkazib muayyan bir muammoni xal etishga butun kuch qudratini ishlatadi.
Ishchi guruh “komandasi” chiqargan xulosalar tashkilotning boshqaruv organiga yuboriladi. Rahbar tashkilotchi bu jamoaviy xulosalar asosida o’z tashkiloti faoliyati tizimida o’zgarishlar kiritadi. Hozirgi vaqtda tashkilotchilik "komandasi" oldiga juda mas`uliyatli vazifalar ko’yiladi. Masalan, bir-biriga o’xshash tashkilotlarning butun boshqaruv va tashkilotchilik faoliyati bilan tanishish, samaradorligi baland bo’lgan tashkilotning ish yuritish tajribasidan oqilona foydalanish - ishchi guruxlar oldida qo’yilgan maqsadlardan biridir.
Tashkilot faoliyatida yangi texnalogiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, guruh, jamoaning ichki psixologik imkoniyatlaridan oqilona foydalanish mehnatkash insonlarni har tomonlama hurmatlash, ularga kerakli iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar yaratib berish muammolarini hal etishda ishchi guruh tashkilotlar, "komandasi" faoliyati zarurdir.
Boshqarish madaniyati-boshqaruv sub`ekti, boshqarish faoliyatining sifat ko’rsatgichi harakteristikasini ifodalaydi. U boshqaruvga doir chiqarilgan qarorlarning samaradorligini ta`minlovchi asosiy faktor hisoblanadi. Boshqarish madaniyati tarixiy rivojlanishi jarayonida taraqqiy etgan inson tarmoqlari, ijtimoiy munosabatlarini boshqarish haqidagi tajribaning maqsadga yo’nalganligidir.
Boshqaruv madaniyati boshqarish sohalarini xususiyatlariga qarab ko’p tarmoqlarga bo’linadi. Fanda siyosiy boshqarish madaniyati, ishlab chiqarishning boshqarish madaniyati, qishloq xo’jaligi tashkilotini boshqarish madaniyati, armiya, kichik va katta guruhlarni boshqarish madaniyati va boshqalar mavjud.
Boshqaruv madaniyati har bir rahbarning umumiy madaniyatinini tirik uzviy qismidir. Bu madaniyat uning faoliyatini samaradorligini ta`minlashga imkon yaratadi.
Boshqaruv madaniyati, boshqarish faoliyatining sub`ektiv aspektini tashkil etadi. Bu sifat, xislat boshqaruv sub`ektining asosini va shartlarini tashkil etib rahbarning faoliyatida o’zining rivojini topadi. Rahbarning boshqarish madaniyatini rivojlantirish darajasi uning boshqarishda qaror, buyruq chiqarishiga, boshqaruv jarayonining real murakkabligiga, boshqarish vazifalari va mas`uliyatli qarorlar chiqarish sohasining mazmunliligiga, maqsadga yo’nalganligi va samaradorligini oshirish malakalari bilan belgilanadi. Boshqaruv madaniyati rahbar faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga puxta zamin yaratadi. Boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish - bu har bir xodimning boshqaruv funktsiyalariga oid mehnatni ratsional taqsimlash va koperatsiyalash asosida boshqaruv printsiplari, vositalari va formalarini aniq bilishi va mohirlik bilan qo’llanilishidir. Boshqaruv madaniyati tashkilotchining boshqarishga yaroqliligini ta`minlaydi. Tashkilotchi boshqaruvga tegishli axborot o’rnatishga, uni tahlil etish, diagnostikalash prognozlar chiqarish, gipotezalar tanlash, qaror chiqarish tizim faoliyatining dinamikasini kuzatish, xatolarni vaqtida to’g’rilash bilimlari va malakalariga ega bo’lmog’i zarur.
Tashkilotchining boshqaruv madaniyatini asoslaridan biri uning ijtimoiy, insoniy va siyosiy mavqei, mehnat uslublari tashkil etadi shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi. SHaxsning ijtimoiy, siyosiy yo’nalganligi tipi tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi;

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish