Menejment nazariyasi



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

Menejment  bo‘g‘inlari 
-  bu  bitta  yoki  bir-qancha  vazifalarni 
bajaruvchi  mustaqil  tarkibiy  unsurlar,  tuzilm a  elementlari,  ularning 
bo'linm alari  va  boshqaruv  apparatida  ishlovchilardir.
Menejment  bosqichlari 
-  bu  boshqaruvning  biror  darajasida- 
gi  m a ’lum  bo‘g ‘inlar  yig'indisi.  Shu  belgisiga  ko'ra  m enejm entning 
tashkiliy  tuzilm alari 
-  ko'p  bosqichli  (ko'p  bo'g'inli),  uch,  ikki 
bosqichli  (b o 'g 'in li)  bo'ladi.  Bosqichlar  va  b o'g 'in lar  o'rtasidagi 
aloqa  vertikal  va  gorizontal  bo'lishi  m um kin.  Vertikal  bo'g'inlar 
rahbarlar  va  ularga  bo'ysunuvchilar  o'rtasidagi  m unosabatlarni, 
gorizontal  aloqalar  m enejm entning  teng  huquqli  bo‘g ‘in  va  unsur- 
lari  o'rtasidagi  m unosabatlarni  bildiradi.
Iqtisodiyot  boshqaruv  tashkilotlari  yuqori,  quyi,  teng  huquqli 
tashkilotlarga  bo'linadi.  Yuqori  tashkilotlar  respublika  va  tarmoq 
boshqaruv  tashkilotlariga  ajratiladi.
U m u m d a v la t  boshqaruv  tashkilotlari  ishlab  ch iq a rish n in g  tur- 
li  tarm o q larin i  birlashtiradi.  U m u m d a v la t  boshqaruv  tashkilot- 
lari  R espublika  K onstitusiyasiga  asoslangan  holda  faoliyat  yuri- 
tadi.
M illiy  xo'jalikni  boshqarishning um um davlat  tashkilotlari  qonun 
chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  tashkilotlariga  bo'linadi. 
Qonun 
chiqaruuchi  oliy  tashkilot  -
  O'zbekiston  Respublikasi  O liy  Majli- 
sidir.  U   xo'jalik  faoliyatini  tartibga  soluvchi  qonun,  qonuniy  aktlar- 
ni tasdiqlaydi.  Davlat  rejalari va budjetining bajarilishi haqida hisobot-


ni  muhokama  qilib  tasdiqlaydi,  iqtisodiyotni  boshqarishning  ijroiya 
tashkilotlarini  shakllantiradi.
M illiy   xo'jalikni  boshqarishning  ijroiya  tashkilotlariga  umu- 
miy,  tarmoq  va  maxsus  vakolatga  ega  tashkilotlar  kiradi.  U m um iy 
vakolatga  ega  ijroiya  tashkilotlariga  0 ‘zbekiston  Respublikasi Vazir- 
lar  M ahkam asi,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Vaziriar  Kengashi 
va  hokimliklar  kiradi.  M axsus  vakolatli  tashkilotlar  tarmoqlararo 
xususiyatga  ega  vazifalarni  bajaradilar.  Ular  qatoriga  vazirliklar  va 
Davlat  qo‘mitalarini  kiritish  m um kin.
U m um davlat  boshqaruv  tashkilotlarining  asosiy  vazifalari:  fan- 
texnika  taraqqiyotining asosiy  yo'nalishlarini  belgilash,  tabiiy muhit- 
ni  muhofaza  qilish,  pul  va  kredit  tizim iga  rahbarlik  qilish,  soliq  va 
daromadlarni  belgilash,  hisob  va  statistikani  tashkil  etish,  narx, 
ta’riflar  belgilash,  milliy  xo'jalik  tarmoqlariga  rahbarlik  qilish.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vaziriar  M ahkam asining  doimiy  ish 
yurituvchi  tashkilotlari  faoliyati  tarmoqlararo  ilmiy-texnikaviy  ish- 
larga  rahbarlik  qilish,  fan-texnika  sohasida  tanlov,  ko‘ngilli  asosda 
ishlarni  tashkil  etish  kabi  vazifalarni  bajaradi.
Respublika  tovar  birjalarining  asosiy  vazifasi  korxonalar  bilan 
hamkorlikda  m intaqada  moddiy-texnikaviy  ta’m in otn in g  barqaror 
va  samarali  tizim ini  tashkil  etish,  iste’molli  va  ishlab  chiqaruvchi- 
lar  o'rtasida  barqaror  m intaqaviy  aloqalarni  o'rnatish,  m ahsulot 
y etkazib  berishni  nazorat  qilish,  korxonalarga  ularni  moddiy- 
texnikaviy  t a ’m in lash d a  k o 'm ak   berishdan  ib oratdir.  Moddiy- 
texnikaviy  ta ’m in o t  tashkilotlari  x o 'jalik  hisobi  asosida  ishlab 
chiqarish  vositalarini  sotishning  ko‘p  tarmoqli  savdosini  ta ’minlash 
va  moddiy  resurslardan  maqbul  foydalanishga  rahbarlik  qiladi.
Moliya  vazirligi  va  uning  joylardagi  tashkilotlari  davlat  va  kor­
xonalar  m anfaatlarini  himoya  etishga  asoslangan  butunlay  yangi 
moliyaviy  siyosatni  amalga  oshiradi,  xo'jalik  yuritish  samarador- 
ligini  so'm  bilan  nazorat  etishni  ta’minlaydi,  shirkat  va  individual 
mehnat  faoliyatini  moliya-kredit  vositasida  tartibga  solish  bo'yicha 
choralarni  belgilaydi,  aholi  daromadlaridan  soliq  olish,  bozor  iqti- 
sodiyotiga  mos  ish  usullari  va  shakllarini  joriy  etadi,  budjet  tashkilotlari 
faoliyatini  moliyalashtirish  tizimini  o'zgartiradi,  uni  iqtisodiy  m e’yor 
va  normativlar  asosida  tashkil  etadi,  ish  sifatini  oshirishni  iqtisodiy


rag'batlantirish  va  ajratilgan  mablag'lardan  maqbul  ravishda  foydalanish- 
ni  iqtisodiy  rag'batlantirish  usullarini  keng  qo'llashni  ta’minlaydi.
Respublika  M arkaziy   banki  iqtisodiyotdagi  barcha  kredit  va 
hisob  kitob  m unosabatlarini  tashkil  etuvchi  va  tartibga  soluvchi 
bosh  bankdir.
Tijorat  banklari  tizim i  faoliyati  to'liq  xo'jalik  hisobi  va  o‘z- 
o'zini  moliya  bilan  ta’minlash  asosiga  o'tkaziladi.
M e h n a t  va  ijtim o iy   m asalalar  bilan  sh u g 'u lla n u v ch i  davlat 
tashkilotlari  va  ularning  joylardagi  bo'linm alari  to'liq  bandlikni, 
band  b o'lm agan   m ehnat  resurslarini  qayta  tayyorlash  va  kasb 
o'rgatish,  kadrlarga  bo'lgan  talabni  qondirishni  ta ’minlaydilar.
R e s p u b lik a   v a z irlik la ri  re sp ub lika  h u d u d id a g i  konse rn lar, 
tarm oqlarni  boshqarishni  am alga  oshiradi.  T arm oqni  boshqarish 
tizim iga  yakka  rahbarlik  asosida  ish  yurituvchi  vazir  boshchilik 
qiladi.  U  qo'l  ostidagi vazirlik va  unga qarashli  korxonalar faoliyatiga 
shaxsan  javobgardir.
H ar  bir  vazirlikda  tarm oqni  boshqarishning  m u h im   masala- 
larini  kollegial  ravishda  ko'rib  chiqish  va  amalga  oshirishga  imkon 
beruvchi  maslahat  tashkilotlari  tashkil  etiladi.  Bosh  maslahat  beruv- 
chi  tashkilot  -  kollegiya  bo'lib,  unin g  tarkibiga  vazir  o'rinbosarlari, 
boshqarma  boshliqlari,  korxonalar  rahbarlari  kiradi.
M illiy  xo'jalik  tarmog'i  tarkibida  ham  davlat,  ham  xususiy  korxo­
na,  firma,  aksiyadorlik  jam iyatlari  faoliyat  yuritadi.  Korxona,  fir- 
ma,  aksiyadorlik  jam iyatlari  fan-texnika  salohiyatidan  samarali  foy­
dalanish,  ishlab  chiqarishni  kooperatsiyalash  va  uyg'unlashtirish 
asosida  m ahsulot  ishlab  chiqarish  maqsadida  tashkil  etiladi.  Ular 
xo'jalik  hisobi  asosida  sanoat,  qurilish,  transport,  savdo  va  boshqa 
sohalarda  faoliyat  yurituvchi  tarkibiy  qism lardan  tashkil  topadi. 
Tarkibiy  qism  bankda  alohida  balans  va  hisob  raqamiga  ega  bo'lishi 
va  ijara  pudrati  bo'yicha,  xususiy  sohada  ish  yuritishi  m um kin.
Korxona,  firma,  aksiyadorlik  jam iyati  tarkibiy  birlikka  qarashli 
asosiy  fond  va  m ablag'larni  biriktiradi,  ichki  xo'jalik  m unosabat­
larini  am alga  oshirish,  tarkibiy  birliklar  o'rtasidagi  m unozaralarni 
hal  etish,  shuningdek,  ularning  o'z  m ajburiyatlari  bo'yicha  javob- 
garlik  ta rtib in i  belgilaydi.  T arkibiy  birlik  q o nund a  b e lg ila n g an  
huquq  doirasida  unga  biriktirilgan  m ulkni  tasarruf  etadi,  firma,


aksiyadorlik  jam iyatlari  nom idan  boshqa  tashkilotlar  bilan  shart- 
nomalar  tuzadi.  Korxona,  firma,  aksiyadorlarlik  jam iyatlari  tarkibiy 
birlikka  o ‘z  nom idan  shartnoma  tuzish  va  bu  shartnoma  bo'yicha 
javobgar  bo'lish  huquqini  beradi.
Korxonani  boshqarish  korxona  t o ‘g‘risidagi  qonunga  asosan 
am alga  oshiriladi.  Bu  qonunda  ko'zda  tutilgan  tam oyillardan  biri 
butun  jam oaning  hamda  uning  tashkilotlari  m uhim   qarorlarni  qabul 
qilish  va  uni  bajarishni  nazorat  qilishda  ishtirok  etish  yo'li  bilan 
amalga  oshiriladigan  o‘z-o‘zini  boshqarish  tamoyilidir.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish