M enejm ent fani yoki m iqdoriy yondashuv (1950-yil-
lardan hozirgi vaqtgacha).
Matematika, sistematika, muhandis-
lik fanlari va ular bilan bog'liq bo'lgan ilm sohalari menejment
nazariyasiga jiddiy hissa qo'shgan. Ularning ta’sirini ishni tahlil
qilishda Frederik U. Teylor tomonidan ilmiy usulning qo'llanishida
kuzatish mumkin. Biroq, Ikkinchi jahon urushigacha menejmentda
miqdoriy usullar yetarli darajada qo'llanilmagan. Inglizlar nemis-
laming havo hujumlari vaqtida yo‘q qilinishiga yo‘l qo'ymaslik uchun
o'zlarining cheklangan miqdordagi jangovar qiruvchi samolyotlari va
havo hujumiga qarshi mudofaa vositalaridan samarali ravishda foy-
dalanish usulini qidirib topishlari kerak edi. Keyinchalik, ittifoqchi-
lar desantini Yevropaga tushirishni ta’minlash bo'yicha harbiylar
yetkazib berishning samaradorligini maksimallashtirish usulini qidi-
rishga to‘g‘ri keldi. Operatsiyalar tadqiqoti umumiy nomi ostida
guruhlangan miqdoriy usullar shu muammoni va suvosti kemalari
urushi hamda yapon portlarini minalash kabi muammolarni yechish
uchun qo'llanilgan edi.
2.5. Operatsiyalar tadqiqoti va modellar
0 ‘zining mohiyati bo'yicha, operatsiyalar tadqiqoti - bu ilmiy
tadqiqot usullarini tashkilotning operatsiyalar bo'yicha muammo-
lariga qo'llashdir. Muammo qo'yilgandan so'ng, operatsiyalar tad
qiqoti bo'yicha mutaxassislar guruhi vaziyat modelini ishlab chiqa-
di. Model - bu voqelikni ko'rsatish shaklidir. Odatda, model voqe-
likni soddalashtiradi yoki uni abstrakt ravishda ko'rsatadi. Model
lar murakkab voqelikni tushinishni osonlashtiradi. Masalan, yo'l
kartasi joylarda fazoviy o'zaro nisbatlarni tushunishni yengillashti-
radi. Bu modelsiz kerakli joyga yetib borish ancha qiyin bo'lar edi.
Sinov va xatolar usuliga tayanishga to'g'ri kelardi. Xuddi shunday
operatsiyalar tadqiqotida ishlab chiqilgan modellar ham ko'rib chi-
qiladigan o'zgaruvchilar sonini boshqarishni imkoni bo'lgan miq-
dorgacha qisqartirib, murakkab muammolarni soddalashtiradi.
Modelni ishlab chiqqandan keyin o'zgaruvchilarga miqdoriy
qiymatlar beriladi. Bu har bir o'zgaruvchini va ular orasidagi nis-
batni obyektiv holatda taqqoslashga va ta’riflashga imkon beradi.
Menejment fanining muhim tavsifi - bu og'zaki mulohazalar va
ta’rifiy tahlillarni modellar va sonli qiymatlar bilan o'zgartirishdir.
Ehtimol, miqdoriy usullarning menejmentda qo'llanishiga kompyu-
terlarning rivojlanishi eng kuchli turtki bo'ldi. Kompyuter ope
ratsiyalar tadqiqotchilariga voqelikka juda ham yaqinlashadigan va
juda aniq bo'lgan yanada murakkablashib boradigan matematik
modellarni yaratishga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |