Menejment nazariyasi


III. KEYSOLOGNING JAVOB VARIANTI



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

III. KEYSOLOGNING JAVOB VARIANTI
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ 
boshqaruv tamoyillari shuni belgilab beradiki, kompaniyalar direk- 
torlar kengashi (kuzatuv kengashi) bir qator asosiy funksiyalarni 
bajarishi, shu jumladan, korporativ strategiyani, harakatlarning 
asosiy rejalarini, xatarlarni boshqarish siyosatini, yillik budjetlarni 
va biznes rejalarni qayta ko'rib chiqishi hamda yo'naltirishi, faoliyat 
maqsadini rejalashtirishi, rejalarning bajarilishi va kompaniya faoli­
yatini nazorat qilishi lozim.
Bizningcha, mamlakatimizning ko'plab korporatsiyalari va xol- 
dinglari uchun maqbul keladigan strategiyani ishlab chiqish va amal­
ga oshirishning quyidagi tartibini tavsiya etish mumkin: Kuzatuv 
Kengashi kompaniyaning biznes maqsadlarini muhokama etishi va 
ma’qullashi, strategiyani ishlab chiqish jarayoniga obyektiv baho 
berilishini ta’minlashi, yakuniy strategik rejani tasdiqlashi zarur. 
Tasdiqlangan strategiyadan kelib chiqqan holda Kuzatuv Kengashi 
kom paniya ish in ing yillik biznes rejasini ko'rib chiqishi va 
ma’qullashi lozim.
S tr a te g iy a n i ishlab c h iq is h n in g d as tla b k i bosq ichida, 
shuningdek, strategiya yoki biznes-rejalarning ilgari tasdiqlangan 
maqsadlari o'zgargan hollarda, bizningcha, kuzatuv kengashi ishining 
yirik aksiyadorlar, ekspertlar va boshqa manfaatdor shaxslarni taklif 
etgan holda strategik masalalar bo'yicha uzoq muhokamalar 
ko'rinishidagi tashkiliy shaklni taklif etish mumkin.


M a ’lumki, har qanday aksiyadorlik kompaniyasi domiy ravish­
da xatarlar qurshovida faoliyat ko'rsatishi asosiy muammolardan 
biri hisoblanadi. Pirovardida, kuzatuv kengashining xatarlarni 
boshqarish funktsiyalari quyidagilardan iborat bo'lishi lozim:
- xatarlarni boshqarish tizimining barpo etilishini nazorat qilish 
hamda uning omillarini belgilash;
- Kuzatuv Kengashining xatarlarni boshqarishda bevosita ish- 
tiroki tadbirlarini belgilash;
- Kuzatuv Kengashi va menejmentning muhim voqealar haqida- 
gi axborotni oshkor etish uchun javobgarligini belgilash;
- Kuzatuv Keiigashini axborot bilar ta’minlash tadbirini belgilash.
- har qanday vaziyatda Kuzatuv Kengashi ishlarning haqiqiy 
ahvoli to'g'risida obyektiv ahborot olish imkoniyatini o'zi uchun 
ta’minlashi juda muhim.
Xolding kompaniyasida xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar 
faoliyatini optimal nazorat qilish darajasini qanday ailib aniqlash, 
korporativ boshqaruvning samarali tizimini qanday qilib qurish 
bilan bog'liq ko'plab masaslalar yuzaga keladi.
Xolding kompaniyasida sho'ba va tobe aksiyadorlik jamiyat- 
larini korporativ boshqarish mexanizmlari xolding bosh kompani- 
yasining boshqaruv nazorat organlari vakillari orqali o'zining sho'ba 
va tobe korxonalarni boshqarishdagi ishtiroki bilan chegaralanishi 
lozim.
X o ld in g n i boshqarish o rg a n larin in g ishi qulay bo 'lishi, 
shuningdek, boshqaruvning umumiy xarajatlarini pasaytirish uchun 
korporativ boshqaruvning quyidagidan iborat yagona andozalarini 
qabul qilish talab etiladi:
- sho’ba va tobe korxonalarni korporativ boshqarishning yago­
na axborot-uslubiy bazasini shakllantirish;
- xoldingning barcha korxonalarida biznes-rejalashtirish va 
budjet jarayonini tashkil etishning yagona andozalarini joriy etish;
- sho'ba va tobe korxonalar kuzatuv kengashlari hamda taftish 
komissiyalari a’zolari kasb faoliyatining yagona andozalarini joriy 
etish;
- butun xolding uchun yagona bo'lgan hisobot va nazorat tizi­
mini joriy etish.


Xolding kompaniyasi iqtisodiy rivojlanishining hozirgi sharoit- 
lari hamda mamlakatdagi iqtisodiy holatni hisobga olgan holda 
korporativ boshqaruv tamoyillari haqidagi Kodekslarni ishlab chi- 
qishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, ushbu kodeksda quyi- 
dagilar belgilab olinishi kerak:
- mulkdorlar (aksiyadorlar), kuzatuv kengashi va boshqaruvchi- 
lar (ijroiya organising funksiyalari, vakolatlari va javobgarligi;
- ma’lum qarorlarni qabul qilish oldidan muhokama etilishi shart 
bo'lgan masalalar ro'yxati;
- kuzatuv kengashi va boshqaruvchilar majlislarining davriyli- 
gi hamda ularda muhokama etiladigan masalalar;
- boshqaruvchilar tomonidan aksiyadorlar, kuzatuv kengashi 
oldida hisobot beriladigan nazorat ko'rsatkichlarining ro‘yxati va 
bunday hisobotlarning davriyligi;
- boshqaruvchilarni mukofotlashning umumiy tartibi.
Kodeksni tuzishda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi, kuzatuv
kengashi va ijroiya organi o'rtasidagi funksiyalarning taqsimlani- 
shiga e’tibor qaratish zarur.
Kodeksda taftish komissiyasi tomonidan tekshiruv o'tkazilishi 
tartibi ham belgilanishi, u kompaniya moliya-xo'jalik faoliyati usti- 
dan nazorat qilishning samaradorligini ta’minlashi lozim.
Korporativ moliyaviy rejalashtirishning ahamiyati quyidagi- 
lardan iborat:
- korporatsiya ko'zlagan strategik maqsadlar moliviy-iqtisodiy 
ko'rsatkichlar: sotuvlar hajmi, sotilgan tovarlarning tannarxi, foy­
da, investitsiyalar, pud oqimlari va shu kabi shakllarda namoyon 
bo'ladi;
- moliyaviy rejalar va ularning bajarilishi haqidagi hisobotlar 
shaklida moliyaviy axborotning kelib tushishi uchun andozalar belgi- 
lanadi;
- korporatsiyaning istiqbolli va joriy rejalarini amalga oshirish 
uchun zarur bo'lgan moliviy resurslarning maqbul chegaralari aniq- 
lanadi;
- joriy va tezkor moliyaviy rejalar tovarlar, pul va sarmoya 
bozorida korporativ moliyaviy strategiyani ishlab chiqish uchun 
foydali axborotni beradi.


Metodologik nuqtai nazardan moliyaviy rejalashtirish uchta 
asosiy tarkibni o'z ichiga oladi:
- moliyaviy faoliyatni bashorat qilish;
- moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish;
- moliyaviy faoliyatni tezkor rejalashtirish.
Moliyaviy strategiya kompaniyani iqtisodiy rivojlantirish umu­
miy strategiyasining bir qismi hisoblanadi va unga bo'ysunadi, 
shuning uchun kompaniyaning maqsadlari va yo'nalishlari bilan 
uyg'unlashishi lozim. Kompaniyaning moliyaviy strategiyasini ish­
lab chiqish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
- moliyaviy strategini shakllantirishning umumiy davrini aniq­
lash;
- tashqi moliyaviy muhit va moliyaviy bozor konyukturasi omil- 
larini tahlil qilish;
- moliyaviy faoliyatning strategik maqsadlarini shakllantirish;
- moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo'yicha moliyaviy 
siyosatni ishlab chiqish;
- moliyaviy faoliyat sohasida qabul qilingan boshqaruv qaror- 
larining amalga oshirilishini samarali nazorat qilish;
- ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyani baholash.
M oliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo'yicha strategik
me’yorlar sifatida quyidagilarni taklif qilish mumkin:
- ichki manbalardan shakllanadigan moliyaviy resurslarning 
o'rtacha yillik o'sish sur’atlari;
- foydalaniladigan sarmoyaning umumiy hajmida o'z sarmo- 
yasining eng kam ulushi;
- o'z sarmoyasining rentabellik koeffitsienti;
- kompaniyaning aylanma va aylanmadan tashqari aktivlari- 
ning o'zaro nisbati;
- korxonaning joriy to'lov qobiliyatini ta’minlovchi pul aktiv- 
larining eng past darajasi;
- investitsiyalar, o'zini-o'zi moliyalashning eng past darajasi;
- xo'jalik faoliyatining asosiy yo'nalishlari doirasida moliyaviy 
xatarlarning chegara darajasi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, moliyaviy faoliyatning eng 
muhim jihatlari bo'yicha moliyaviy strategiya va moliyaviy siyo-


satni ishlab chiqish kompaniyani moliyaviy rivojlantirish bilan 
bog'liq qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshi­
rish imkonini beradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish