KIRISH
O‗zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‗jalik tizimiga chambarchas
bog‗lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tayotganligi
natijasida xalq xo‗jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar,
kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan
boshqarishning mazmunan yangi turi bo‗lgan menejmentni o‗rganishga bo‗lgan
ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek
«Ma‘mur — menejerlarni tayyorlashni yo‗lga qo‗yish, yangi sharoitlarda, yangi
zamonaviy texnologiyada ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni
yo‗lga qo‗yish lozim» degan o‗gitlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega
bo‗lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng
rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‗ronlarsiz olib chiqishi mumkin.
Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar har bir jamoa, guruh, shaxs uchun, ularning faoliyat ko‘rsatishning
barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda, jiddiy havf-xatar
ham tug‘diradi, amalda kutilmagan holatlar, noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda
qarorni qabul qilish alohida ahamiyatga egadir, chunki rahbar yoki rahbariyat
tomonidan qabul qilinayotgan har bir qaror nafaqat korxona faoliyatining
natijasiga, balki butun jamiyat sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatishi
mumkin.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan murakkab va shu bilan bir qatorda
tarixiy isloxatlar davomida iqtisodiy va siyosiy va ijtimoiy hayotimizda ma'lum bir
muammalarga duch kelmoqdamiz. Shulardan biri - ro‘y beradigan o‘zgarishlar va
imkoniyatlarni oldindan ko‘ra olish hamda xo‘jalik siyosati va strategiyasini ishlab
chiqishdir. Korxonalar va ularning rahbarlari atrofdagi o‘zgarishlarga oddiy e'tibor
beribgina qolmasdan, ilmiy asoslangan usullar asosida bu o‘zgarishlarni oldindan
ko‘ra bilish, muvofiqlashtirish, korxona maqsadlariga va tashqi sharoitlarga
moslashtirishni boshqarishlari zarurdir.
Xo‘jalik siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda ―Strategik menejment‖ga
murojat qilamiz. ―Strategik menejment‖ nafaqat menejmentning bir qismi, balki
alohida fan hamdir. Be‘jizga bu fanni oliy o‘quv yurtlarida ―menejment‖ fanidan
yana alohida o‘rganilmaydi. Har bir menejerga boshqaruvning strategik yo‘llarini
bilish muhimdirki, unga alohida to‘xtalib o‘tiladi.
«Strategiya» so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib «jang maydonida joylashtirish
san'ati» degan ma'noni anglatadi. Ammo bu xarbiy termin oxirgi 20 yil mobaynida
mutaxasislar faoliyatiga, menejmentning nazariyasi va amaliyotiga keng ko‘lamda
kirib keldi va quyidagi ma'noni kasb etdi. Strategiya - bu boshqarish yechimlarini
qabul qilishda korxona foydalanadigan tartib va qoidalar yig‘indisidir. Bundan
tashqari uni yana quyidagicha izoxlash mumkin. Strategiya - bu korxona
missiyasini amalga oshirish va xo‘jalik maqsadlariga oshirishni ta'minlovchi
umumiy majmuiy rejadir.
Strategik menejment korxona ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish,
mehnat jarayonini tashkil etish, korxona kelajagini belgilab, unga yetib borish
chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, firmaning iqtisodiy
salohiyatini boshqarish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Strategik menejment boshqarishning ustivor qonuniyatlari, jixatlari bilan bir
qatorda korxona faoliyatining yuqori samaradorligini ta'minlash, maxsulot
raqobatbardoshligini oshirish va uning bozordagi barqarorligini mustahkamlashda
qat'iy qarorlarni qabul qilishni o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: