keyinchalik unda mustahkamlanib qolish maqsadida bosib o‘tish strategiyasidir.
Bu strategiya barcha umumiy strategiyalar o‘lchamida bozorni rivojlantirish va
diversifikatsiyalashda ishlatilishi mumkin.
Yangi bozorda ishlayotgan kompaniyaga ega bo‘lish – vaqtni yoqotish nuqtai
nazaridan ancha tejamli usul, lekin u moliyaviy masalada ancha qimmat.
Kirib borish strategiyasi, kompaniyaning bozorda ishlashi bo‘yicha mavjud
tajribasi bilan kerakli texnologiyani rivojlantirishning taqqoslanishiga bog‘liq
holda shakllantiriladi.
3. Vertikal integratsiya.
Vertikal integratsiya ta‘minotchi – ishlab chiqaruvchi – iste‘molchi zanjirida,
mahsulot ishlab chiqaruvchining u yoki bu shaklda ishlab chiqarishni xom ashyo
va materiallar ta‘minotchilarining birortasi bilan yoki o‘z mahsulotlari
iste‘molchilarining biri bilan birlashtirish holatida vujudga keladi. Bu usulni ham
o‘z ustunliklari va kamchiliklari bor. Vertikal integratsiya strategiyasining
qo‘llanishi, kompaniyaning singib ketish yoki qo‘shilish muammosini keltirib
chiqaradi.
4. Qo’shilish va singib ketish.
Zamonaviy biznesda qo‘shilish va singib ketish o‘lchamlari kata. Faqat 1994-
yilning uchinchi choragida 5800 ta shunga o‘xshash operatsiyalar sodir etilgan.
Diversifikatsiya strategiyasi ayrim hollarda qo‘shilish yo‘li bilan amalga oshirilishi
mumkin.
Qo‘shilish jarayoni nafaqat ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. U moliya
sohasida ham keng yoyilgan. Masalan, yirik Niderlandiya moliya guruhi 1991-yili
―Национале Нидерланден‖ sug‘urta kompaniyasining ―НМБ - Постбанк‖ bilan
qo‘shilishi natijasida vujudga keldi.
Biznes amaliyotida qo‘shilish va singib ketish quyidagi turlarga ajratiladi:
Vertikal – bunda ta‘minotchi yoki iste‘molchi singib ketadi;
Gorizontal – bunda raqib singib ketadi;
Mahsulotni rivojlantirish maqsadi – bunda firma yagona butun
mahsulot yaratish maqsadida singib ketadi;
Bozorni kengaytirish maqsadi – bunda boshqa bozorlarda faoliyat
ko‘rsatayotgan bir xil firmalar singdiriladi;
Konglomertlar yaratishga yo‘naltirish yoki o‘zaro strategik maqsadlar
bilan bog‘liq bo‘lmagan kombinatsiyalar ishlatiladi.
Qo‘shilish ikkita kompaniyaning o‘zaro kelishuvlariga binoan amalga
oshirilishi mumkin. Biroq boshqa holat ham bo‘lishi mumkin – kompaniyani
maqsadlariga zid holda egallab olish va qo‘shilib oluvchi kompaniyaning qarori
bilan birlashtirish.
5. Qo’shma korxonalar.
Qoshma korxonalar tuzish – strategik alyanslarning bir shaklidir. Uning
tuzilishi kompaniya darajasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu strategiyaga
kompaniya strategiyasi sifatida qaraladi. Qo‘shma korxonalar bu mustaqil
korxonalar bo‘lgan ikki yoki undan ortiq korxonalardir. Sheriklar qo‘shma
korxonaga kapitalni pul, material aktivlar, sotish tugunlari yoki intelektual
ko‘rinishda kiritadi.
Ko‘pchilik hollarda qo‘shma korxonalar, yirik korxona biznesining qandaydir
qismi bo‘yicha kichik kompaniyaning tashkil etilishiga qiziqib qolganda tashkil
etiladi.
6. Global strategiyalar.
Bugun global raqobat, samolyotsozlik, elektronika, nusxa ko‘chirish texnikasi,
avtomobilsozlik, soat ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda o‘rin olgan. Global
strategiyani ishlab chiqish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri global bozordagi barqaror raqobat
ustunligiga erishish uchun ikkita asosiy usul mavjud. Birinchi – global bozorga
yaxshi xizmat ko‘rsatish maqsadida, turli xil faoliyat turlarini turli mamlakatlarga
qulay joylshtirish. Ikkinchi – kompaniyaning jahon bo‘ylab tarqalib ketgan
tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish qobiliyati.
7. Ayrim xavfli strategiyalar.
Strategiyani ishlab chiqishda, turli kompaniyalarda afzal bo‘lgan o‘ziga xos
xato va xavflarning mavjudligini yodga olish lozimdir. Quyida ushbu xato va
xavflarning asosiylarining qisqa ro‘yxati keltirilgan:
1. Yetakchi imitatsiya. Xavf kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari
farqiga yetarli e‘tibor bermasligidan iborat. Lider – kompaniya uning faoliyati
yuzaki, tahlilda ko‘rinmaydigan yoki qiyinchilik bilan nusxa olishga yo‘l
qo‘yadigan strategik qobilyatga ega bo‘lishi mumkin.
2. Birinchi o‘tuvchi sifatida bir bor yutib, ushbu jarayonni davom ettirish va
yana yangi nimadir izlab topish yo‘nalishi vujudga keladi. Natijada egallangan
bozordagi ustunlikni ham yoqotish mumkin.
3. Qandaydir kompaniya bilan raqobat kurashiga chiqib, bozor ulushlarini
ko‘paytira borib sekin yutish mumkin. Bunda, qo‘shimcha xarajatlar (reklama va
boshqalar) qo‘shimcha foydaga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin.
4. Katta imkoniyatlarning mavjudligida – barcha ishlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: