Miqdoriy yondashuvning tasiri. Menejment fanining yoki miqdoriy yondashuvning tasiri bixevioristik yondashuv tasiridan ancha kamroq edi, chunki, qisman, rahbarlarning ko‘pchiligi har kuni operasiyalar tadqiqoti predmeti bo‘lgan muammolarga qaraganda inson axloqi va insoniy munosabatlar muammolariga ko‘proq duch keladi. Bundan tashqari, 60-chi yillargacha ozgina raxbarlarning murakkab miqdoriy usullarni tushinish va ularni qo‘llash uchunetarli talimi bo‘lgan. Ammo, xozirgi vaqtda bu vaziyat tez o‘zgarayapti, chunki ko‘pdan-ko‘p biznes maktablari miqdoriy usullar va kompyuterlarni qo‘llash kurslarini taklif etishayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |