Менежмент. Маркетинг


-amaliy mashg‘ulot: Bozor kon’yunkturasi va uni bashorat qilish(4 soat)



Download 8,34 Mb.
bet353/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

8-amaliy mashg‘ulot: Bozor kon’yunkturasi va uni bashorat qilish(4 soat).

1. Darsning maqsadi: Bozor kon’yukturasini, kon’yuktura haqida va ularni xarakatlari to‘g‘risda, kon’yukturani shakllantiruvchi omillar ta’sirini tahlili, bozor kon’yukturasiinig namayon bo‘lishini asosiy shakllarini hamda bashorat qilish uslublari haqida talabalarga o‘rgatish.

2. Darsning rejasi:

  1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha.

  2. Bozor kon’yunkturasini shakllantiruvchi omillar.

  3. Kon’yunktura kuzatishlari mazmuni va vazifalari.

  4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari.

Kon’yunkturani urganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o‘rganish 20 yillarda tashkil etildi. «Kon’yunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisi, predmetlarining joylashishidir.

Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbatdir.

Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni taxlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli xamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular uzining faoliyat doirasida jaxon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va uzaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir kurinishdir. Bu ko`rsatilgan aniqlik uz ichida kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini uzida mujassamlashtiradi.

Kon’yunktura tadqiqotining 2ta ob’ektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura tushunchasidagi xo`jalik va tovar bozori, 2 mustakil tarkibiy qismga ajratiladi

1) umumxo`jalik kon’yunkturasi

2) tovar bozori kon’yunkturasi.

Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo`jalik qarorlarini kabul qilishda xatoga yul kuymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda kurol xisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, fakatgina ayirboshlash soxasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa boskichlari bilan uzaro aloqadorligining umumiy konunchiligini urganish bilan chegaralanib kolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan taxlil va bashorat qilishni amalga oshirishga karatilgan.

Kon’yunktura taxlili uz ichiga ishlab chiqarish va iste’molning xajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining urnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning o`zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining urganishni oladi. Bozor konyu’nkturasini muntazam ravishda urganib borish savdo faoliyatini muvaffakiyatli yakuniga imkon beradi. Xar davrda bozor kon’yunkturasi kaysi tovar chiqarishni kupaytirish, kaysi tovarga talabning kamayishi xakida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun xam savdo firmasi uchun xam zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko‘ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, kulay va nokulay bo‘lishi mumkin.

Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar mikyosiga va sotib oluvchilarning xarid kobiliyatiga bog`liqdir, narx- navoga, modaning o`zgarishiga qarab xar xil buladi. Bozorning kelajakdagi xolatini ishlab chiqarishning texnikaviy axvoli, unga sarflangan kushimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o`zgarishlar yunalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi urganiladi.

Investitsiya summasi va tuzilishiga, mexnat predmetiga bulgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yunalishiga qarab, shuningdek axoli xarid kobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini xisobga olib talab urganiladi.

Uzok muddatli usish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura taxlili bir -biri bilan bog`liq va u bir-birini tuldira boradi.

Sifatli taxlil qilish uchun tuplangan ma’lumotlarni 3 ta guruxga bo‘linadi:

-utgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;

-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;

-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.

Umumxo‘jalik kon’yunkturaning taxlilini izlanishni maqsadiga ko‘ra ikkita yul olib borish mumkin:



  1. Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendentsiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi quyilgan bulsa, u xolda kon’yunktura taxlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini urganish yuli bilan olib boriladi,

  2. Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura xolatini aniqlash masalasi quyilgan bulsa, u xolda iqtisodiy tsiklning fazasini va faza ichidagi misol tarikasidagi joyini aniqlash yuli bilan olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura taxlili va uzok tendentsiyalarning rivojlanishini aniqlash uzora bog`liq va bir - birini tuldiradi.

Kon’yunktura taxlili jamiyatning xo`jalik hayotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistik ma’lumotlarga yondoshib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi xodisalarning yig‘indisiga yondashish kerak. Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharxi va ma’lumotnomasidir.

Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi o‘lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi, iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o‘zgarishini aks ettiradi.

Ayrim tovar bozor kon’yunkturasini o‘rganishdan maqsad to‘g‘ri bashorat qilish va o‘zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt axvolining kelajagi xaqida, fikrlari va rejalarini ro‘yobga chiqarish yo‘llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o‘rganish va amaliy faoliyatida yullangan ob’ekti bo‘lib, jaraenlar, kurinishlar, xodisalar bo‘lishi mumkin.

Bashorat qilish bu - ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va xodisa bog‘lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir.

Iqtisodiy bashorat kon’yunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy xodisalarni rivojlanishi tugridan - tugri vaqt takozosi orkali aniqlanadi. Bashorat kiluvchining vazifasi xozirgi kunda ko‘z ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendentsiyalarini o‘rganib shu xodisalarni rivojlanishining kelajagini ko‘rsatib berishdir.

Bashoratning maqsadi va xizmati ratsional yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko‘ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol bo‘lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko‘ra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalarini o‘sishi va effektivligini aniqlash va radikal o‘zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.

Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo‘lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.

Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:

1. Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.

2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.

3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi.

4. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.

5. Bozor kon’yunkturasi istikboli uz vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi.

Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‘liqmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.

Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin.

1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda utgan davrda bo‘lib o‘tgan xaqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari uz navbatida 3 turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortik uzgaruvchan bashorat qilish ob’ektlarining uzaro aloqalarini tadqiq qilishda ko‘llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash ob’ektlarning rivojlanish konuniyatlari bo`yicha tadqiq qilishga asoslanadi.

2. ekspert uslublar u yoki bu soxadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va muloxazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baxolash uslubi intuitiv va analitik uslubni uz ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash xamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o`zgarishni baxolashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantikan taxlil qilishga asoslangan usullari kiradi.

Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baxolash uslublari, ayniksa, intuitiv uslublar keng kullaniladi.

3. ekstropolyatsiya uslubi. ekstropolyatsiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko`rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda kullaniladi. ekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi xolati konunlari, nazariyalari xamda tajribasini keng yoyishni takozo kiladi, ya’ni bu xolda ekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendentsiyalariga tayanadi.

4. ekonometrik modellar. ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan xolda bozor kon’yunkturasining turli ko`rsatkichlari urtasidagi uzaro aloqalar va proportsiyalarni mikdoriy bayon kiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orkali ifodalanadi. ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda keng kullaniladi.



3. Darsning ta’minoti:

Adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan adabiyotlar asosida.



4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o‘tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg‘ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo‘shimcha topshiriqlar berish.

5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish