Менежмент. Маркетинг


-amaliy mashg‘ulot: Marketing tamoyillari, vazifalari. Funksiyalari va turlari



Download 8,34 Mb.
bet337/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

3-amaliy mashg‘ulot: Marketing tamoyillari, vazifalari. Funksiyalari va turlari.
1. Darsning maqsadi: Talabalarga bozor faoliyatini tahlil etish jarayonida marketing tamoyillari, vazifalari va funksiyalari haqida nazariy bilimlarni, boshqarish jarayonlari va marketing tadbirlarini ishlab chiqishni o‘rgatish.
2. Darsning rejasi:

  1. Marketingni asosiy tamoyillari, vazifalari va funksiyalari mazmuni.

  2. Tovar, narx taqsimoti, kommunikatsiya va siljitish siyosatlarni amalga oshirish.

  3. Talablarni holati va rivojlantirishiga ko‘ra marketingni turlari.

  4. O‘zbekistonda marketingni vujudga kelishi va rivojlanishi.

Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati–tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:



    • iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa, o‘shani ishlab chiqarish kerak;

    • bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarning muammolarini echish vositalari bilan ishlash;

    • tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish kerak;

    • firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;

    • marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;

    • tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash;

    • korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish;

    • tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;

    • tashkilot va tarmoklar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;

    • talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish;

    • tovar bozori yoki firma imidji(obruyi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat.

Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari 6 ta guruhga bo‘linadi:

      1. marketing tadqiqotlari funksiyasi,

      2. mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish funksiyasi,

      3. sotish va taqsimot funksiyasi,

      4. tovarni siljitish funksiyasi,

      5. narxni tashkil etish funksiyasi,

      6. marketing-menejment funksiyasi.

Marketing tadqiqotlari funksiyasida xalqaro bozorni taxlil etish; sotish bozorini tadqiq etish; iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; marketing operatsiyalarini urganish; axborot to‘plash va qayta ishlash; marketing-miks kompleksini tadqiq qilish; raqobatlarni urganish; benchmarketing; talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o‘rganiladi.

Taxliliy funksiyada tashki muxit omillari, bozor, uning elementlari va xolati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muxiti taxlil kilinadi. Bunda firma raxbariyati tomonidan nazorat kilinadigan omillar -texnologik jarayon, moliya axvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar xisobga olinadi.

Tashki muxit omillariga iste’molchilar, raqobat xukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustakil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat kilinmaydigan omillar kiradi.

Mahsulot yaratish funksiyasi orkali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish soxasia tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari xal etiladi.

Sotish funksiyasi orkali tovarni taqsimlash va sotish siyostaini ishlab chiqish, sado-taqsimot tarmogi orkali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga jaylashtirishni tashkil etish, tovar oborotini aniqlash, taqsimot tizimini fizik okimlarini nazorat qilish va sotishni taxlil etish urganiladi.

Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni ragbatlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni ragbatlantirishni samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish tugrisida mul’timedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini ragbatlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar tulik urganiladi.

Narxni tashkil etish funksiyasi orkali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni xar bir bozori uchun xar bir mahsulot uchun yashash davrini turli boskichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o`zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini taxlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar xal etiladi.

Marketing-menedjment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baxolash kabilarni urganadi.

Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya xisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.

Marketing funksiyasini firmani boshqa funksiyalaridan farki shundan iboratki, marketing funksiyasi firmalar, uning iste’molchilari, mijozlari urtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga karatilgandir. SHuning uchun xam marketing funksiyasi doimo uzgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi va yaratilishi, rivojlanishida javobgarlikka egadir.

Marketing maqsadi ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va atklifni muvozanatiga erishgan xolda uni tashkil etgan narx, tashkilotlarga yukori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muxim vazifalarni xal etishi lozim:


  • xaridorlar ehtiyojini urganish va aniqlash;

  • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • avvalo talab va taklif tugrisida olingan ma’lumotlar asosida bozorni urganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga kizikishini orttirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va taxlil qilish;

  • tovarni bozoga chiqarishdagi barcha xizmatlar tugrisida ma’lumotlar olish;

  • tuldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar tugrisida axborot yigish;

  • tovarlarga bulgan talabni istikbollash, ularni amlaga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baxolash va amalga oshirish xamda bozorda talab va taklifni muvofiklashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.

3. Darsning ta’minoti:

Adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan adabiyotlar asosida.



4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o‘tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg‘ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo‘shimcha topshiriqlar berish.

5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.

5.1. Test topshiriqlari.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish