Omadli odamlar shunday qilishadi
Barcha omadli odamlar juda sermahsul bo‘lishadi. Ular ko‘p ishlashadi va ko‘p narsaga ulgurishadi, bu esa sira bir-biriga mos narsa emas. Sermahsullik zaminida esa birinchi navbatda jarayon emas, natija yotadi. Agar siz o‘z mahsuldorligingizni oshirish niyatida bo‘lsangiz, bunga qat’iyan amal qiling. Odamlar o‘z vaqtlarini behuda o‘tkazadilar, chunki ular o‘z mahsuldorliklarini oshirish haqida o‘ylamaganlar. Va agar siz shunga qaror qilsangiz, unda ortga chekinmang va bu xislat toki tabiatingizga singib ketmagunicha barcha omadli kishilar nima qilishsa, shuni takrorlang.
SHaxsiy samaradorlikning asosiy siri vaqtni to‘g‘ri taqsimlashdadir. Taym-menejment shaxsiy biznes yoki kareraning og‘ir tutqunligidan qochishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |