Tabiat muxiti.
AQSHda birinchi marta yer sayyorasi kuni (1970 yili) o‘tkazilganda, ko‘pchilik biznesmenlar ularga xuddi ekstremistlarga bo‘lgan qarashdek munosabatda bo‘lishdi, faqatgina ba’zi menejerlar ularga quloq solishdi. Bugungi kunda dunyo keskin o‘zgargan. Tabiat muxofazasi muammolari kompaniyalarning raxbarlari tomonidan doimo muxokama qilinmoqda; barcha tarmoqlar tashkilotlarining menejerlari “yashil xarakat”dan ortda qolmaslikka xarakat qilmoqdalar. Atrof-muxitning ifloslanishi bilan kurashish ko‘pgina kompaniyalar strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Agar avvallari korporatsiyalar va “yashillar” bir-biri bilan dushmanlik qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular o‘rtasida tobora ko‘proq xamkorlik munosabatlari paydo bo‘lmoqda. Ekologik jixatdan mas’uliyatli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha Koalitsiyaning tavsiyanomalarini ko‘ngilli ravishda 48 tashkilot qabul qildi, shu jumladan, Ford Motor, Bristol-Mers Squibb, Proster & Gamble, General Motors va Royal Dutch/SHell. Gigant korporatsiyalar iqlimning global isishi bilan kurashda kuchlarini birlashtirmoqdalar: ular xavoga issiqxona effektini keltirib chiqaruvchi zararli gazlar chiqarilishini xisobini olib borib, ularni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqdalar. United Technologiyes Sorporation tarkibiga kiruvchi Pratt & Whitney aviatsiya dvigatellari sinovini real namunalarda emas, kompyuter modellarida o‘tkazmoqda. VR Amoso PLS kompaniyasining menejerlari faoliyati nafaqat moliyaviy natijalar, balki ularning bo‘linmalarida xavoga zararli chiqindilar chiqarish xajmining pasayishi bo‘yicha xam baxolanmoqda.
Ford Motor kompaniyasi 5 yil ichida xozirda ommabop bo‘lgan sport-utilitar avtomobillarining yoqilg‘i sarfini 25% ga kamaytirishga va’da bergan. Kompaniya raxbariyati - o‘zining xoxshi bilan aytdi-ki, Ford ning zavodlari va avtomobillari yiliga atmosferani ifloslantirayotgan is gazi butun dunyo xajmining 1,7 foizini chiqarar ekan, xamda 10 yildan so‘ng ekologik muammolarni xal etish ko‘rsatkichini tashkilot samaradorligining asosiy me’zoni qilib belgilashga va’da berdi. SHuningdek, 2002 yilning yanvarida AQSH xukumati amerikalik bir qator avtomobil firmalari bilan sherikchilik korxonasining yaratilishi xaqida e’lon qildi, uning maqsadi vodorodli yoqilg‘i elementlari asosidagi avtomobilni yaratishdir. GM kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori Rik Vagoner aytishicha: “Agar o‘xshab qolsa, bu avliyo Graal bo‘ladi, xaqiqiy yorib o‘tish bo‘ladi”3.
Modellardan birida tabiat muxiti oldidagi kompaniyaning mas’uliyati “yashil rangning darajalarida” baxolanadi4, ularning xar birining ortida ekologik muammolarni yechishga bo‘lgan ma’lum bir yondashuv yotadi (5.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |