5-MAVZU TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH
Reja
5.1.Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi. Tashkiliy tuzilmalarning turlari. 5.2.Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi.
5.3.Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar.
5.4.Tashkilotlarni strategik boshqarish.
5.5. Menejment va tashkilotlar.
5.1.Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi.
Tashkiliy tuzilmalarning turlari.
Menejmentning ishini samarali tashkil qilish uchun, menejer faoliyatini amalga oshiradigan tashkilot mavjud bo‘lishi kerak.
Tashkilot tushunchasi vaqt o‘tishi bilan bir necha marta o‘zgardi. Boshlang‘ich bosqichda tashkilot har qanday tizimning strukturasi sifatida tasavvur qilingan. «Menejment» bilimning mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chiqqandan so‘ng, «tashkilot» so‘zi ongli talqin qilingan, (korxonada (firmada) qabul qilingan), rollarning berilgan strukturasi, funksiyasi huquq va burchlar bilan fikr bog‘liqligini anglatadi. Ya’ni «tashkilot» so‘zini korxona, firma, ishlab chiqarish guruhi yoki mehnat
tuzilmasi deb tushunmoq kerak. «Tashkilot» tushunchasini ko‘pdan ko‘p ta’rifidan quyidagilarni ajratish
mumkin.
Tashkilot — bu umumiy maqsad yoki maqsadga erishish uchun ongli ravishdagi faoliyatning muvofiqlashtirilgan kishilar guruhidir.
Tashkilotning hayot sikli
Tashkilot «hayoti» inson hayotiga o‘xshash bo‘lib har qanday mehnat predmeti va xizmatining yashash davriga ega. Uni o‘zining fazalari va rivojlanish xususiyati mavjud.
Tashkilotni 3 darajada ko‘rib chiqamiz:
Tashkilot turlari;
tashkilotning asosiy shakllari;
Funksiyalarni rejalashtirish;
Tashkilotchilar Berns va Stalkertashkiliy modelning 2 ko‘rinishini ajratishadi : mexaniq va organiq struktura.
5.1- chizma. Tashkilot shakllari.
Tashkilotning hayot sikli konsepsiyasiga muvofiq uning barcha faoliyati u tug‘ilishidan boshlab hayotini to‘xtash yoki tubdan modernizatsiyalash (takomillash) gacha qator bosqichlarni bosib o‘tadi. Ularning har biri ma’lum maqsadlar, belgilar, boshqarish uslubi vazifasi va mehnatni tashkil qilish kabi 5 fazadan iborat.
1-faza. Tashkilotning tug‘ilishi. Unda yashab qolishdan iborat bosh maqsadni belgilash; boshqarish uslubi inqirozi; asosiy vazifa, bozorga chiqish, mehnatni
2-faza. Bolalik va yoshlik. Asosiy xususiyatlar: bosh maqsad — qisqa muddatli foyda va tez o‘sish; qattiq rahbarlik hisobiga yashash; asosiy vazifa mustahkamlanish va bozorning ma’lum qismini egallash; mehnatni tashkil qilish,
foydani rejalashtirish, xizmat va maoshni oshirish.
3-faza. Yetuklik. Bosh maqsad tizimli muvozanatli o‘sish va shaxsiy shakllanish; vakolatlarni berish orqali rahbarlik samaradorligi; asosiy vazifa —turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish; bozorni egallash, turli manfaatlarni hisobga olish, mehnatni tashkil qilish— taqsimot va kooperatsiya, shaxsiy natija uchun mukofot.
5.2.- chizma. Tashkilotning tarkibiy qismlari
4-faza. Tashkilotning qarishi. Mohiyati bo‘yicha yetuklikning eng yuqori darajasi. Tashkilotning rivojlanishida bosh maqsad — erishilgan natijalarni saqlash, boshqarish sohasida samarali harakatlarni moslash orqali erishiladi; asosiy vazifa- barqarorlikni ta’minlash, mehnatni erkin rejimda tashkil etish, foydada qatnashish.
5-faza. Tashkilotning tiklanishi (qayta tug‘ilishi). Bosh maqsad — barcha funksiyalar bo‘yicha jonlanishni ta’minlash: jamoatchilik hisobiga o‘sish; bosh vazifa— yosharish; mehnatni tashkil qilish sohasida — ITTKI (ilmiy tajriba tadqiqot konstruktorlik ishlari) ni tatbiq qilish, jamoaviy mukofotlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |