1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati.
Menejment - bu ingilizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan tarifga binoat u:
boshqaruv hokimiyati va san’ati:
resurslarni boshqarish buyicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment – bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, maqul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |