Tinchlik kelishuvi tuzilgan deb quyidagi holatlarda hisoblanadi:
Qarzdor qarzlarni yarmidan oz qismini to’lashni taklif etganda unga rozi bo’lib 2/3 dan kam bo’lmagan majlis kreditorlari o’rnida bo’lgan qatnashchilari ovoz bersa, agar ularning talablari 2/3 dan kam bo’lmagan imtiyozsiz qiymat talablarni tashkil qilsa;
Qarzdor qarzlarini yarmidan kam qismini to’lashni taklif qilsa, agar bunga barcha qatnashmayotgan kreditorlarning 3/4 qismi rozi bo’lib ovoz bersa, agar ularning talablari 3/4 qismidan kam bo’lmasa.
Tinchlik kelishuvi ta’sir qilish muxlati kreditorlarning umumiy majlisida qarzdorning taklifi asosida belgilanadi. Xo’jalik sudi boshqaruvchining yoki kreditorning taklifi bilan tinchlik kelishuvini quyidagi hollarda tugatadi, agar: qarzdor atayin yoki qalbaki bankrotliknia malga oshirsa; qarzdor tinchlik kelishuvida ko’zda tutilgan majburiyatlarinib ajarmasa; tinchlik kelishuvining ta’sir qilish mudatining yarmidan kam bo’lmagan qismi o’tgandan keyin qarzdor tinchlik kelishuvini shartini bajara olmasa. Agar tinchlik kelishuvi tugatilsa, unda bankrotlik ishini ko’rish yana tiklanadi.
Xulosaq iliba ytganda, bankrotlik bu bozor iqtisodidagi oddiy holat, raqobat kurashidagi tabiy jarayondir. Unda nochor tadbirkor tarkibi o’zining xo’jalik faoliyatini to’xtadi. Kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq. Shuning uchun biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi.
Tayanchiboralar Bankrot, bankrotlik, “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonun, moliyaviy qashshoqlik, sanatsiya, tinchlik kelishuvi.
Nazorat va muloxaza uchun savollar. Bankrotlik mohiyatini tushuntiring.
Bankrot qanday shaxs?
Kichik biznesning korxonalari inqirozga uchrashi asosiy sabablarini keltiring.
Bankrotlik” haqidagi qonun davlat xududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bilan birgalikda ularning mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy munosabatlariga ta’sir ko’rsatadimi ?
Tinchlik kelishuvini mohiyatini tushuntiring.
Sanatsiya nima?
Sanatsiyani korxona faoliyatidagi ahamiyati qanday?
“ Kichik va o’rta korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlash tartibi” qanday?
Respublikamiz amaliyotida iqtisodiy nochor korxonalarning axvoli qanday yaxshilanayapti?
Respublikada faoliyat korsatayotgan xo’jalik sudining faoliyati xaqida nimalar bilasiz?